AJINGA QARShI KURAShIShNING ZAMONAVIY USULLARI

AJINGA QARShI   Foydali

AJINGA QARShI KURAShIShNING ZAMONAVIY USULLARI

Air gent nima ?
Ushbu minimal travmatik ultrazamonaviy texnologiya barcha yoshdagilar uchun mos keladi. U teri strukturasi va hajmi tiklanishiga yordam berib, ko’rinib qolgan qon tomirlari, chandiqlar, ko’z va lab atrofidagi ajinlarni yo’qotadi.

Air gent yordamida teri yoshligini saqlaydigan mahsulotlar ko’magi bilan 2-3 marta terini to’ldirish, mustahkamlash mumkin. Plastik jarrohlik terini tortadi, ammo unga elastiklik xususiyatini qaytara olmaydi. Teri tarangligini saqlaydigan muhim, hal qiluvchi masalliq gialuron kislotasi shunday xususiyatga ega. Air gent esa elastiklikni saqlab, terini tortadigan ilk kosmetologik muolaja apparatidir.

Tarkibida gialuron kislotasi molekulalari bo’lgan preparat qabul qilinganda teri o’z-o’zini tiklay boshlaydi. Ilon qanday po’st tashlasa, yosharish ham xuddi shunday amalga oshadi. Ushbu noyob usulni terining nozik qismlari, ya’ni qovoqlar, bo’yin, ko’krak va qo’l uchlarida ham amalga oshirish mumkin. Teridagi qizarish bir haftadan so’ng o’tib ketadi.

Kollagen terapiya

Kollagen-induktsion terapiya(KIT) hujayra miqyosida teri tuzilishini qayta tiklash usulidir. Muolaja yosh bilan bog’liq teridagi o’zgarishlar pro- filaktikasi uchun qo’llaniladi. Tsellyulit, pigment dog’lar paydo bo’lishining oldini oladi.

Yuqori natijaga erishish uchun 10 kun farqi bilan 5~8 martalik muolaja talab etiladi. Og’riqsizlantiruvchi kremdan foydalanilishiga qaramay, bu usul ancha og’riqli kechadi.

Asorat qoldirmaydigan aralashmadan so’ng, shifokor suyuq kollagenni mikroignali maxsus rollerda yuz bo’ylab harakatlantiradi. Muammoli joylar (burunlab) uchun uzunroq mikroignalar olinadi. Tabiiy kollagen muolajani nihoyasiga etkazadi.

Shundan so’ng 15 daqiqa mobaynida teri tinchlanadi. Shishlar kamayib, yuz zo’riqish holatidan chiqishi uchun muolajani dam olish kunlaridan oldin bajargan ma’qul.

Ultratovushli piling

Ultratovushli piling — muvaffaqiyatli samara beradigan yoshartiruvchi muolaja. U faol quyoshli vannalardan so’ng, teri quruqshab qolganda tavsiya etiladi.

Kimyoviy piling

Kimyoviy piling — terini yoshartirish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, kimyoviy piling ajinlarni tekislaydi, terining umumiy sathini to’trilaydi. Ko’z atrofi uchun ko’proq o’rta piling mos keladi. (Yuza piling kutilgan natijani bermaydi, chuqur- lashtirilgan piling esa o’ta og’ir kechadi).

Afsuski, pilingning bir qator kamchiliklari mavjud.

Sezilarli yosharishga erishish uchun pilingning butun muolaja kursini o’tish talab qilinadi. (2~3 hafta oralig’ida 6-8 muolaja kursi). Hatto yuqori malakali kosmetolog ham kimyoviy aralashmaning terida yoyilish darajasini aniq belgilay olmaydi. Ba’zida bu jarayon o’zgarmaydigan pigmentatsiyaga olib keladi. (Ko’z atrofida oq halqachalar paydo bo’ladi).

Mikrotokli terapiya

Mikrotokli terapiya — teriga yoshlik va go’zallik qaytarishning yana bir usuli. Muolaja kichik amplitudali o’zgartirilgan impulsli elektr toki yordamida teri qatlamiga ta’sir o’tkazish bilan olib boriladi.

Mikrotoklar teri osti yog’ to’qimasi, mushaklar, qon aylanishi va limfatik tizimda xuddi mashq bajarayotgandek harakatlanadi. Terining qayta tiklanishi ichki hujayralarning optimal ishlashi, modda almashinuvi — fermentlar metabolizmining yaxshilanishi, aminokislotalar, oqsil va lipidlarning jadal sintezi hisobiga amalga oshadi.

Bir vaqtning uzida teridan toksin va almashinuv mahsulotlari (zararli moddalar va teri ostida to’planadigan yoki teri teshiklariga tiqilib qolgan ortiqcha zardob, xiltlar) chiqarib tashlanadi. Mikrotoklar mushak siqilishlarini, tortilishlarini yo’qotib, qon aylanishini yaxshilaydi. AJINGA QARShI

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi

Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari

Ayol xionat qilishiga sabab nimada

Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir

Ayolni qoniqtirish

Fraktsion termoliz

Fraktsion termoliz — teridagi salbiy o’zgarishlarga qarshi kurashadigan juda samarali va yangi usul. Boshqa lazerli usullardan farqli o’laroq, fraktsion termoliz keng ko’lamda yaralar paydo bo’lishiga olib kelmaydi.

Bu usul perforatsiya yo’li bilan ta’sir o’tkazadi: bir martalik lazer chaqnashi terida 250- 500 mikroyaralarni teshib o’tadi. Ularning har biri atrofida toza joylar qoladi. Lazer impulslaridan yuzaga kelgan zararlanishlar barcha tozalangan teri yuzasida teri tarkibining qayta tiklanishiga turtki beradi.

Fraktsion termoliz yordamida ko’zning nafis va sezuvchan sohalaridagi ajinlarni ham yo’qotish mumkin. Bunda kollagen va elastik ishlab chiqarishni kuchaytirib, epidermis, dermani yangilash imkoniyati tug’iladi. Mijoz muolaja o’tkazilgandan so’ng, keyingi kuni bemalol ishga chiqishi mumkin. (Muolajadan keyin teri xuddi archilganday, qipiqlar bilan qop- lanmaydi, shishmaydi).

Jami yosharish kursi 3~4 hafta farq bilan amalga oshiriladigan 3-6 martalik muolajadan iborat. Fraktsion termoliz kupincha murakkab plastik jarrohlikdan so’ng tavsiya qilinadi. AJINGA QARShI

Biorevitalizatsiya

Agar blefaroplastik jarrohlik o’tkazishga erta bo’lsa yoki nojo’ya ta’sirlar mavjud bo’lsa, faqat biorevitalizatsiya yordamga keladi. Muolaja uchun yuqori molekulali gialuron kislotasining mikroin’ektsiyasi qo’llanadi.

Gialuron kislotasi in’ektsiyasi burunlab chiziqlarini korrektsiyalaydi, ajinlarni bartaraf etadi, teri yoshligini saqlay- digan mahsulotlar yordamida lab hajmini kengaytiradi. Bu mikroin’ektsiya hech qanday kimyoviy asorat qoldirmaydi.

Biorevitalizatsiya to’qimalarda katta miqdordagi etarli namlikni saqlab turish xususiyatiga ega. Buning evaziga terining umumiy ko’rinishi yaxshilanadi, ajinlar yo’qoladi, bir vaqtning o’zida kollagen va GK sintezlanishi kuchayadi. Muolaja keksayishning oldini oladi va yaxshi natija beradi. AJINGA QARShI

Biorevitalizatsiya profilaktika sifatida teridagi o’zgarishlarga qarab 25-30 yoshdagi ayollarga tavsiya qilinadi.

Plastik jarrohlik va botoks

Uy sharoitida qo’l ostida mavjud bo’lgan vositalar va eng sara kremlardan foydalansak-da, bari bir, terining keksayish jarayonini to’xtata olmaymiz. Bu vositalarning hammasi vaqtinchalik natija beradi. Ular terini tiniqlashtiradi, mimik ajinlarni vaqtincha kamaytiradi, profilaktik samara beradi.

Kosmetologik klinikalarda esa butunlay o’ziga xos uzgarishlarni amalga oshirish mumkin. Kontur plastikasi tabiiy tayyorlangan geldan foydalanish imkonini beradi. Gel terining ichki qismini tuldiradi, kollagen ishlab chiqarishni yulga quyadi, ajinlarni tekislaydi. Asosiysi, natija 6 oydan 9 oygacha saqlanib turadi.

Ajinlarga qarshi kurashda keng tarqalgan usul tibbiyot aralashuvi

— Botoks preparati in’ektsiyasidir. Ushbu preparatda mimik mushaklarga mos ravishda teshilgan joylardagi asablar tusib qo’yiladi. Botoksdan keyingi teshiklar 6 oygacha cho’ziladi, so’ng teri odatiy holatiga qaytadi.
Botoksni xavfsiz, aniq yaxshi natija beradigan va og’riqsiz amalga oshiriladigan usul deya e’tirof etishadi. Shu bois, botoks “yulduzlar” orasida juda mashhur.

Gollivud kosmetologlarining tasdiqlashicha, shou– biznes va kino olamidagi 90 % “yulduz” botoksdan foydalangan ekan. Anjelina Joli botoks qabul qilishni eng yuksak usul deb hisoblaydi. Ammo aktrisaning fikricha, uning o’zi tabiiy, tug’ma go’zal.

Botoks in’ektsiyasini qabul qilish muvaffaqiyatli chiqmagan “yulduzlar” esa bu haqda gapirishni istashmaydi. Aktrisa Nikol Kidman, xonanda Kayli Minoug kabilar esa botoks in’ektsiyasi go’zallik va yoshlik manbai ekanligini yashirmaydilar. AJINGA QARShI

Ammo bunday yot tibbiy aralashuvlarga yugurishning nima hojati bor?!

Axir, bu sizning yuzingiz-ku! Albatta, malakali mutaxassislarga ishonish mumkin, balki natija salbiy bo’lmas? Ammo terining muammoli sohalarida botoks ham to’liq natija berishi isbotlanmagan.

Ajinlarga qarshi qovoqlarni uqalash yordamida ham kurashish mumkin. Faqat qovoqning yumshoq qismi emas, balki suyak qismini ham uqalash lozim. So’ng muammoli joylarga ajinlarga qarshi krem surtiladi va uqalanadi. Yana qo’shimcha sifatida giyohlardan kompress qilish mumkin yoki ishlatilgan sovuq choy paketchalarini ham qo’ysa bo’ladi.

Plastik jarrohlikning o’rniga ko’plab tabiiy vositalardan foydalanish mumkin. Ammo tabiatda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. AJINGA QARShI

Ushbu maqolalarni ham o’qing:

tushda olgan

chayon tushda

toshbaqa tushda

tushda tuxum

 

(Visited 1,431 times, 1 visits today)
Rate article
( No ratings yet )
Tush tabiri mukamal sayt
error: Content is protected !!