MAKIYAJ KUNDALIK, KO’Z, LAB, PARDOZLAR HAQIDA KERAKLI MALUMOTLAR

MAKIYAJ Foydali

MAKIYAJ KUNDALIK, KO’Z, LAB, PARDOZLAR HAQIDA KERAKLI MALUMOTLAR

MAKIYAJ KUNDALIK PARDOZ Yuz terisi uchun mos rangni tanlash, pardoz tiniq bo’lishi va yuz chegaralarini to’gri ko’rsata olishi katta ahamiyatga ega. Bunda ofisdagi chiroqlar uydagidan yorug’roq ekanligini hisobga olish lozim.

Demak, ish joyida nur yuzga tushishi sababli yuzdagi kichik, ahamiyatsiz kamchiliklar ham tez kuzga tashlanadi.

Pardoz qilish bosqichlari odhiy va ko’pchilik ayollarga tanish: oziqlantiruvchi yoki namlantiruvchi krem (yil fasllaridan kelib chiqib), turli dog va nuqsonlarni berkituvchi tonal krem yoki upa.

Iloji boricha, upa-elikdan xiyol ko’proq foydalanib, rumyana ishlatmagan ma’qul. Chunki rumyana uzgalar diqqatini tortadi.

KO’Z MAKIYAJI

Yana bir temir qoida — faqat sifatli kosmetikadan foydalanish lozim. Axir, tushning eng muhim daqiqalarda kiprikdan to’kilishi yo surkalishiga, tenning esa qovoqda to’planib qolishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi.

Muloqot davomida ko’zguga qarab olish bahonasida suhbatni bo’lish, muloqotni tark etish odob doirasiga xilof. Shu bois yuqoridagi holatlarga duch kelmaslik uchun ortiqcha pardoz vositalarini ishlatmang va yuz terisi uchun eng sifatli kosmetikadan foydalaning.

Kundalik makiyaj uchun ingichka qora yoki to’q jigarrang podvodka, kechki makiyaj uchun esa ozroq ten va qora podvodka o’rinli hisoblanadi.

Ikkinchi variant: podvodka ishlatmasdan, qovoqning yuqori qismi va pastki chegarasiga bir oz ten, qoshlarga esa rangsiz gelli podvodka bilan oro berish mumkin. Bu ham qosh shaklini saqlashga va ko’zni chalg’itmaslikka yordam beradi.

Kechki makiyajda yorqin tenlar, rumyana, ko’z uzunasiga qora rangli chiziqlar tortish mumkin emas. Va nihoyat, tush kipriklarni bir oz uzaytirishi va qalinroq ko’rsatishi lozim. Lekin bunda ham me’yordan chiqish yaramaydi.

Ushbu maqolalarni ham o’qing:

tushda olgan

chayon tushda

toshbaqa tushda

tushda tuxum

 

LAB MAKIYAJI

Vizajistlar kechki ish faoliyati bilan band bo’lgan ayollar uchun rangsiz yoki xira issiq tusdagi jigarrang, och pushti rangli lab buyoqlaridan foydalanishni tavsiya etishadi. Eng ma’quli, labingiz rangidagi pomada.

Chunki lab chiziqlari chegarasidan chiqib ketgan sifatsiz buyoq sizni muloqot chog’ida noqulay vaziyatga solib quyishi mumkin. Yorqin yoki to’q ranglar, yaltiroq pomadalar bilan tajriba utkazishni esa xayolingizdan chiqarib tashlang.

PARDOZSIZ YuRMANP

Oramizda shunday guzal ayollar borki, ularning yuzlariga qarasangiz, pardozga ehtiyoj yuqdek kurinadi. Tabiatan chiroy bilan siylangan opa-singillarimizga oddiy pardozdan foydalanishlarini maslahat bergan bulardik.

Ushbu pardoz turida yuz proportsiyasi normaga muvofiqligi, tug’ma nuqsonlar yuqligi hisobga olinadi va faqat tabiiy guzallikka urgu beriladi. Upa, krem, qalam kabilardan deyarli foydalanilmaydi yoki ular juda kam ishlatiladi.

Ba’zi ayollar pardoz qilishni bilmagani yoki bepardoz yurishga kunikib qolgani uchun makiyaj qilmaydi. Agar uz malakangizga ishonmasangiz, makiyaj qilishni qovoqlarga och tusdagi ten surtishdan boshlang. Oz pardozdan boshlab, kichik tuldirishlar bilan mahoratingizni oshirib boring.

Tonal asosdan boshlab, tush, yog’upa va lab buyog’i bilan pardozingizni tuldirib borishingiz mumkin. Agar pardozga sekin-astalik bilan kunikib borilmasa, hatto professional makiyaj ham teringiz va ruhiyatingiz uchun yomon ta’sir qilishi mumkin, ngu bois harakatlaringizda aslo shoshilmang.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi

Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari

Ayol xionat qilishiga sabab nimada

Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir

Ayolni qoniqtirish

(Visited 5,479 times, 1 visits today)
Rate article
( No ratings yet )
Tush tabiri mukamal sayt
error: Content is protected !!