Тush tabiri kitobi

Тush tabiri kitobi

Тush tabiri kitobi

TUSHNING ROST YOKI YOLG’ONLIGINI BILISH XDQIDA
Hazrati Doniyol aytadilar: «Odamlar shaklda, suvratda, tabiatda, balandlikda, so’z aytishda har xil bo’ladilar. Har bir
odamning tushi ham tabiati, havo va shaharga qarab har xil bo’ladi va bir-biriga o’xshamaydi.

Agar go’sht, halvo, sharob va qonni ko’paytiradigan boshqa narsalarni eb-ichishdan odamning tabiatiga qon g’alaba qilgan bo’lsa, u odam tushida tomir ochish, qon oldirish, lab yorilishini ko’radi, chang va chag’ona va pgunga o’xshash ovozlarni eshitadi.

Demak, ta’birchi unga qaraganda, yuzini qizil ko’rsa, tanasi semiz bo’lsa, uning tushi qon g’alabasidan ekanini biladi va bu tushning ta’biri bo’lmaydi.

Agar safro hosil qiladigan narsalarni, masalan, pishloq, piyoz, murch, va quruq-issiq mijozli narsalarni ko’p eyishdan odam tabiatiga safro g’olib bo’lsa, u odam tushida olov, chiroq, sham, qandil va issiq narsalarni ko’p ko’radi.

Ta’birchi bunday odamni sariq rangli, ozg’in ko’rsa, uni shoshgan va tez harakatli ko’rsa, sergapligini bilsa, unga safro g’olib ekanini biladi va (shunga oid) tushlarning asli yo’q ekanini biladi.

Agar balg’am tug’diradigan narsalarni, masalan, qatiq, ayron, sut va shunga o’xshashlarni eb-ichishdan kishining tabiatiga balg’am g’olib bo’lsa, unday kishi tushida qor, yomg’ir va shunga o’xshash narsalarni ko’radi.

Ta’birchi bunday odamning yuzini oq, badanini semiz ko’rsa, gapirishda og’ir-vazminlikni sezsa, uning tabiatiga balg’am g’olib ekanini biladi va (shunga oid) ko’rgan tushlarining asli yo’q bo’ladi.

Agar savdo tug’diradigan narsalarni, masalan, tuzlangan go’sht, sho’r-nordon narsalar, baqlajon va shunga o’xshash narsalarni eyishdan kishining tabiatiga savdo g’olib bo’lsa, bunday odam qo’rqinch, vahima, chayon, ilon, qorong’ulik, qora va og’ir narsalarni ko’p ko’radi.

Ta’birchi bunday odamning yuzi, ko’zlari hayolga tolgan, besabab yuzu saqollariga qo’l urishini ko’rsa, savdo unga g’olib ekanini ko’radi, (shunga oid) tushlarining asli yo’q ekanini biladi.

Demak, o’z-o’zidan ravshanki, ta’birchi yuqorida aytganlarimizga chuqur diqqat qilishi va har kimning tushini to’liq so’rab bilishi va tagigacha voqif bo’lishi zarurki, shundagina u tushning haqiqatini to’g’ri aniqlaydi.

Ibn Sirin aytishicha, himmat ashoblari bo’lgan kishilar tushlarida oshiq va ma’shuqlarni, hunar egalari esa hunarga oid narsalarni, masalan, to’quvchi karbos (zig’ir mato)ni, temirchilar temirni ko’radi.

Demak, ta’birchi ularning tushini yaxshilab so’rashi, kechasi nima eganini bilishi yoki qanday o’y va xayol bilan uyquga ketganini aniqlashi, so’ng ta’bir qilishi zarur.

Bir odam tushida qor, yomg’ir, muz va sovuqqa duchor bo’lganini ko’rsa, uyg’ongach, ustida ko’rpasi tushib ketganini bilsa, demak, tushda ko’rilgan sovuq ustining ochilib qolishi tufaylidir.

Bu tushning asli yo’q. Tushida issikda yurganini ko’rsa yoki quyosh yoxud haroratni sezsa, uyg’ongach, o’zini qalin o’ranganini ko’rsa, tushdagi bu issiqlik o’zini qalin o’rashning oqibati bo’lib, uning ta’biri bo’lmaydi.

Agar kishi tushida nola chekayotgan bo’lsa, butun badanini og’riq egallab olganini ko’rsa, bu o’ngidagi dard sababli bo’lishi mumkin. Yoki tushida peshob ushatayotganini ko’rsa, uyg’onib, joyiga siyib qo’yganini yoki qattiq siygisi kelganini bilsa, bunday tushlarning asli bo’lmaydi.
 

(Visited 8 899 times, 3 visits today)
Rating: 3.2/5. From 13 votes.
Please wait...

Related posts

5 Thoughts to “Тush tabiri kitobi”

  1. Gulmi

    Iltimos tushda hayz korish haqida koproq malumot bering

    Rating: 3.0/5. From 4 votes.
    Please wait...
    1. Artur

      tushda xayz ko’rish degani buyog’i oz qolibdi degani. Tezroq vaqt borida ibodatni boshlang oppoq qiz. tavbada gap ko’p.!

      Rating: 5.0/5. From 1 vote.
      Please wait...
  2. artur

    tushda kayf qilish haqida yozila tushimda ko’p qizla kiradi va man kayf qilaman jonga tegdi bu tushdagi qizlar. maqsai nima ularni chunmayaman

    Rating: 5.0/5. From 1 vote.
    Please wait...
  3. Artur

    Tushda kayf qilish ( many suyuqligini chiqishi ) haqida yozila. Tushimda ko’p qizlar kiradi va man kayf qilaman ( mani olatimdan many suyuqligi chiqadi ) jonga tegdi bu tushdagi qizlar, tushda kayf qilishlar. Maqsadi nima ularni man tushunmayaman? yoshim 29 da hali uylanmaganman. balkim shuning uchun kirayotgandir?

    Rating: 5.0/5. From 1 vote.
    Please wait...
    1. ELMUROD ERGASHEV

      Bu tushga shayton aralashgandir. U ustingizga bosib olatingizga tekkanda sizni olatingiz qo‘zgaladi va maniy chiqadi. Va siz bundan tushda ham rohatlanasiz uyg‘onib qolganda o‘ngda ham. Turib g‘usl qiling va ko‘proq ro‘za tutib kamroq taom yeng shunda hammasi yaxshi bo‘ladi.

      Rating: 2.0/5. From 2 votes.
      Please wait...

Leave a Comment