YOShARTIRUVChI NIQOBLAR UY ShAROITIDA TAYYoRLAB, QO’LLASh MUMKIN BO’LGAN

YOShARTIRUVChI NIQOBLAR Foydali

YOShARTIRUVChI NIQOBLAR UY ShAROITIDA TAYYoRLAB, QO’LLASh MUMKIN BO’LGAN

Har bir ayol qancha yosh bo’lishidan qat’i nazar terisi tarang, yosh va soglom ko’rinishga ega bo’lishini orzu qiladi.

Ammo afsuski, ilm-fan hanuzgacha abadiy yoshlik. sirlarini kashf eta olganicha yo’q. Vaqt o’tib, yoshingizga yosh qo’shilib borar ekan, ko’z, lab atrofi sohasida mayda-mayda chiziqlar, ya’ni ajinlar paydo bo’la boshlaydi.

Shunday ekan, terida paydo bo’ladigan o’zgarishlarga qarshi mustaqil kurashishga to’g’ri keladi.
Quyida taklif etilayotgan niqoblar tozalash va oziqlantirish orqali teri so’lg’inligining oldini oladi.

Ohsilln Niqob

Oqsilli niqob teri tortilishiga yordam beradi. Niqobni tayyorlash uchun tuxum oqi ko’pirtirilib, unga choy qoshiqda limon sharbati qo’shiladi. Tayyor aralashmani yuzga surtib, 2-3 daqiqadan so’ng iliq suvda yuvib tashlanadi.

Tuxumli niqob

Tuxum sarig’iga 15 gramm o’simlik yogi va 10 tomchi limon sharbati qo’shiladi. 20 daqiqaga yuzga surtilganidan so’ng avval iliq, keyin sovuq suvda yuvib tashlanadi.

Yoshar tiruv chi niqob

Bir osh qoshiq un sut bilan aralashtiriladi. Unga tuxum sarig’i qo’shiladi. (Niqob smetana kabi quyuq bo’lishiga ahamiyat berish kerak.) Yaxshilab aralashtirilgach, yuzga surtiladi. 20 daqiqadan keyin yuz limon sharbati (bir stakan suvga bir choy qoshiq limon sharbati) qo’shilgan suvda yuviladi.
Niqob terini yaxshi tekislaydi hamda ajoyib tarzda oziqlantiradi.

Shifobaxsh giyohlar

Dastorbosh, lipa gullari, zubturum bargi, maymunjon va qoragat teng miqdorda olinib, ustiga qayioq suv quyiladi. Tayyor bo’lgan quyuq bo’tqa sovitilib, yuzga va bo’yinga surtiladi. 15-20 daqiqadan keyin sovuq suvda yuvib tashlanadi.

Kartoshkali niqob

Quruq yuz terisini tekislash va ajinlardan xalos qilish uchun kartoshkali niqob yordam beradi. Ilitilgan kartoshka pyuresini yuzga surtib, 20 daqiqaga qoldiriladi. So’ng sovuq suvda yuvib tashlanadi.

Teri qurishiga harshi bo’lgan loson

Tuxum sarig’i yarim stakan smetana bilan aralapggiriladi. Unga 1 choy qoshiq suv va yarim choy qoshiq apelsin sharbati qo’shiladi. Paxta losonda ho’llanib, yuz va bo’yin sohasi artiladi. Ustidan yog’li krem surtiladi.

Noyob niqob

Maydalangan limon po’chog’iga bir choy qoshiq limon sharbati, 1 dona tuxum oqi va 1,5 choy qoshiq yanchilgan bodom qo’shiladi. Tayyor massa yaxshilab aralashtirilib yuzga surtiladi.
Aytish joizki, niqobli muolaja usuli bir oyda ko’pi bilan 1 yoki 3 marta o’tkaziladi.

Asal va suli yormasidan tayyorlangan niqob

1 yoki 2 choy qoshiq suli yormasiga 1 choy qoshiqda suyuq asal va yarimta ko’pirtirilgan tuxum oqi qo’shiladi. Aralashma yuzga surtilib, 20 daqiqadan keyin sovuq suvga botirilgan paxtada artib olinadi.

Asal -limonli niqob

Sepkil va pigment dog’lar uchun asal-limonli niqob juda foydali hisoblanadi.
1 dona limon suvi siqib olinib, 4 choy qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Bir xil massa hosil bo’l- gunicha aralashtirilib, kosmetik salfetkachalarga shimdirilib, 20 daqiqa mobaynida 2-3 marta yuzga taxlab qo’yiladi.

Aralashmani 7 kungacha muzlatkichda saqlash mum- kin. Agar yuz terisi quruq bo’lsa, bu niqobdan foydalanilmaydi.

Mabodo yuzingizni oqartirmoqchi bo’lsangiz, niqobdan avval yuzga yog’li krem surtish tavsiya etiladi.
Tuxum sarig’idan tayyorlangan niqob (quruq teri uchun)

So’lg’in, quruq teriga 1 choy qoshiq suli yormasi va bitta tuxum sarig’i aralashgan niqob mos keladi. Niqob yuzga surtilib, 15 daqiqaga qoldiriladi. So’ng yuz avval iliq, so’ng sovuq suvda yuviladi.

Niqob surtishdan avval yuz makiyajdan tozalanadi. Agar bug’li vanna qabul qilinsa, natija samaraliroq bo’ladi. Ushbu muolaja yuz terisi qatlamlarini o’lik hujayralardan tozalaydi, yuzdagi teshikchalarning ochilishiga yordam beradi. Shundan so’ng tortilgan niqob yuzga yaxshi singadi.

“Gerkules”dan tayyorlayagan niqob

100 gramm “Gerkules” yormasi kofemaydalagichda kukun holiga keltiriladi. Unga 1 stakan qaynoq suv va 1 osh qoshiq o’simlik yoki zaytun yog’i qo’shiladi. Yaxshi aralashtirilgach, bir oz sovitiladi. Aralashma bo’yin va yuzga surtiladi. 15-20 daqiqadan so’ng yuvib tashlanib, yuz terisiga namlantiruvchi krem surtiladi.
Niqob terini nafis qiladi, shuningdek, tarang- ligini ham oshiradi.

Xamirturushli niqob

2 osh qoshiq xamirturush smetana holiga kelgunicha iliq suv bilan aralashtiriladi. Unga bir osh qoshiq zaytun yog’i qo’shiladi. Niqob yuzga 5 daqiqadan orala- tib qavat-qavat qilib surtiladi. 20 daqiqadan so’ng iliq suvda yuvib tashlanadi. Bu niqob qon aylanishini yaxshilab, ajinlarni tekislaydi.

Bananli niqob

2 osh qoshiq yaxshi pishgan banan 1 choy qoshiq sut bilan sanchqi yordamida eziladi. Niqob 20 daqiqa da- vomida yuzda qoldirilgach, sutga botirilgan paxta bilan artib tashlanadi.

Bananli niqob mayda ajinlarni tekislashga, teri tonusini oshirib, yaxshi namlanishiga yordam beradi. Bir necha marta qo’llanilgan niqobdan so’ng yuz tiniq ko’rinishda bo’ladi.

Uzumli niqob

Paxtali salfetka 1-1,5 osh qoshiq uzum sharbatida ho’llanib, 15-20 daqiqa davomida yuzga qo’yiladi. So’ngra yuz terisi iliq suvda yuviladi. Shuningdek, teng ikkiga bo’lingan uzumlarni yuzga qo’yib chiqish ham mumkin. Niqob yuzda 20 daqiqa turadi. Iliq suvda yuvib tashlagandan so’ng yuzga namlantiruvchi krem surtib qo’yiladi.

Sietana-tvorogli nihob

Bir choy qoshiq tvorog 2 choy qoshiq smetana bilan aralashtiriladi. Unga bir chimdim tuz qushiladi. Tayyor aralashma bo’yin va yuzga surtiladi. 15-20 daqiqadan so’ng yuz terisi iliq sutga botirylgan paxta bilan tozalanadi yoxud oddiy mineral suvda yuvib tashlanadi. So’ng namlantiruvchi krem surtiladi.

Niqob yuz terisi tarangligini oshiradi va yaxshi namlantiradi. Bu niqobni haftada 1-2 marta qo’llash mumkin.

Ko’katli niqob

Bir bog’ petrushka hovonchada eziladi. Unga 1 osh qo- shiq yog’li qaymoq yoki smetana qo’shib aralashtiriladi. Tayyor niqob bo’yin va yuzga surtiladi. 20 daqiqadan keyin yuvib tashlanib, oziqlantiruvchi krem surtiladi.
Ushbu niqob terini tetiklashtirish xususiyatiga ega. 1

Quruh teri uchun tvorogli niqob

2 osh qoshiq tvorog tuxum sarigi va zaytun yog’i bilan atalanadi. Quyuq massa hosil bo’lgach, aralashma yuzga surtiladi. 15-20 daqiqadan so’ng qaynatilgan iliq suvda yuvib tashlanadi.

Glitserinli komiross

Glitserin, zaytun yog’i, asal va kartoshkadan tayyor- langan kompress yuz terisini mayinlashtirib, yaxshi oziqlantiradi.
Asalga allergiyasi borlar kompress tarkibiga asal qo’shmaydi.

Namlantiruvchi kompress

Ko’k choydan tayyorlangan kompresslar so’lg’in yuzlar uchun samarali vosita hisoblanadi. Ko’k choy barglari dokali xaltachalarga solinib, kattalashguncha qaynagan suvda ushlanadi. Bir oz sovutilib yuzga surtiladi, ustidan sochiq bilan yopib qo’yiladi. Kompress bugi yuzga ta’sir qilguncha 10 daqiqa ushlanishi lozim.

Ushbu maqolalarni ham o’qing:

tushda olgan

chayon tushda

toshbaqa tushda

tushda tuxum

Terini taranglashtiruvchi niqob

Yumshoq xurmo ezilib, 1 osh qoshiq smetana va o’simlik yogi bilan aralashtiriladi. Aralashma quyuq bo’lishi uchun unga bir oz kraxmal yoki un qo’shiladi. Hammasi yaxshilab aralapggirilib, bo’yin va yuzga surtiladi. 20-30 daqiqadan keyin teri iliq suvda yuvib tashlanadi. Sovuq suvda chayilgach, biror krem surtib qo’yiladi.

Ta’sirchan teri uchun nitsob

Ta’sirchan terini tozalash uchun har kuni tuxum sarigi va smetanali aralashma tayyorlanadi. Har ikki- si teng miqdorda qo’shiladi. Bu niqobni oldindan tayyorlash tavsiya etilmaydi.

Guruchln niqob

Bir choy qoshiq qaynatilmagan guruch kofe may- dalagichda kukun holiga keltiriladi. Unga 2 osh qo- shiq tvorog va 1 choy qoshiq zaytun yog’i qo’shib ara- lashtiriladi. Aralashma ilitilib, yuzga surtiladi. 15 daqiqadan so’ng niqob yuvib tashlanadi.

Maxsus loson

Yogli yuz terisining asosiy muammosi husnbuzarlar hisoblanib, bunday yuz terisida makiyaj ham uzoq saqlanmaydi. Buning oldini olish uchun ko’k choydan maxsus loson tayyorlash mumkin. 2 osh qoshiq quruq ko’k choyni qaynatilgan ma’danli suv bilan damlab qo’yiladi. Unga bir necha tomchi limon sharbati qo’shiladi. Yuz terisi har kuni ana shu loson bilan artiladi.

Qovotslar uchuv niqob

Kompyuter bilan ishlaganda qovoqlar ogriydi va ko’zlar charchaydi. Bu holatni engillashtirish uchun 1 osh qoshiq qirqbo’gin giyohiga 1 stakan qaynoq suv quyiladi. 30 daqiqa tindirilgach, ushbu damlamaga bo- tirilgan paxtalar 20-30 daqiqa qov“oqlarga qo’yiladi. Vaqti-vaqgi bilan tamponlar yangilab turig’adi.

Ko’z atrofiga xom kartoshka bo’tqasini qo’yish ham qovoqlar tarangligini oshirib, ko’z ostidagi qopchalar va ko’karishlardan xaloe etadi.

Sutli niqob

1 osh qoshiq sutga 1 osh qoshiq qirg’ichdan chiqarilgan kartoshka va 1 osh qoshiq bugdoy uni aralashtiriladi. Ko’z atrofi terisiga surtilgach, 10 daqiqadan so’ng yuvib tashlanadi. YOShARTIRUVChI NIQOBLAR

Karamli piqob (yog’li yuz terisi uchun)

Tuxum oqi ko’pirtirilib, 2 osh qoshiq maydalangan karam barglari, 1 osh qoshiq bug’doy uni yoki guruch uni bilan aralashtirilib, 5-10 daqiqaga yuzga surtiladi.

Karamli niqob (ta’sirchan yuz terisi uchun)

Karam barglari maydalanib, eziladi. Unga 3 choy qoshiq tvorog, pguncha limon sharbati, asal va 2 osh qoshiq qaynoq suv qo’shib aralashtiriladi. So’ngra 5 -10 daqiqaga yuzga surtilganidan so’ng yuvib tashlanadi.

Karamli niqob (quruq yuz terisi uchun)

Bir bog’lam salat bargi maydalanib, bir stakan qaynoq suv solinadi. Usti berkitilib, 5 daqiqa da- vomida qaynatiladi. So’ngra sovitilib, yuzga surtiladi.

Sariq niqob (mo’’tadil yuz terisi uchun)

Tuxum sarig’i 4 osh qoshiq smetana va 2 osh qoshiq aloe sharbati bilan aralashtirilib, 5-10 daqiqaga yuzga surtib qo’yiladi. So’ngra avval iliq, keyin sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.

Zaytui yogili niqob (quruq yuz terisi uchun)

1 choy qoshiq zaytun yog’i 1 osh qoshiq maydalangan shivit bilan aralashtirilib, ozgina suli yormasidan qo’shiladi. Unchalik quyuq bo’lmagan bo’tqa 15-20 daqi- qaga yuzga surtiladi.

Olmali niqob (yogli yuz terisi uchun)

Kichikroq olma tozalanib, kichik kubik shaklida kesiladi va ozgina sutda qaynatiladi. Olmalar mag’zi ezilib, bir oz sovitiladi va teriga surtib qo’yiladi. 20 daqiqa o’tgach, iliq suvda yuvib tashlanadi. YOShARTIRUVChI NIQOBLAR

Malohatli ayollarimiz yuqorida ko’rsatib o’tilgan niqoblardan tashqari, xalq orasida ajinlarga qarshi qo’llaniladigan bir qancha samarali usullardan ham foydalanishlari mumkin.

Behi va aloe ajinlarga qarshi kurashda yordam beradi. Behi bo’lakchalari bilan artilgan yuz terisi asta-sekinlik bilan uqalanadi, bu teriga juda yaxshi ta’sir ko’rsatadi.

Aloe barglaridan bo’tqasimon massa tayyorlab, suv qo’shiladi. Aralashma tindirilgach, 2 daqiqa qaynatib dokadan suzib olinadi. Ushbu aralashmadan ajinlarga qarshi profilaktik malham o’rnida foydalansa bo’ladi.

Po’sti bilan qaynatilgan kartoshka qirg’ichdan o’tkaziladi va ozgina smetana bilan aralashtiriladi. Aralashma issiqligida teriga surtiladi. Taxminan 15-20 daqiqadan so’ng sovuq suvda yuvib tashlanadi.
Ajin paydo bo’layotgan joyga avval muzlatilgan, keyin esa isitilgan bodring bo’tqasini surtish mumkin.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi

Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari

Ayol xionat qilishiga sabab nimada

Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir

Ayolni qoniqtirish

 

Ayrim usimliklar ham teri uchun juda foydali hisoblanadi. Masalan, 1 osh qoshiq moychechak guliga 2 stakan qaynoq suv quyib, 10 daqiqa past olovda qaynatiladi. Ushbu damlamaga botirilgan va siqilgan paxtali tampon 5-10 daqiqaga yuzga qo’yiladi. Agar sochiq sovib qolsa, muolaja takrorlanadi. Ma’lum muddat o’tgach, yuz sovuq suvda yuvilib, so’ngra yog’li krem surtiladi.

Kesilgan va ustiga qaynoq suv quyilib tindirilgan marvarak damlamasi bilan yuz va bo’yin terisini yuvish mumkin.
Maymunjon va asal aralashmasidan qilingan niqob quruq teri uchun juda foydali hisoblanadi. Ushbu niqob qisqa vaqt ichida yuzdagi ajinlarni tekislaydi.

Zveroboy (qizilpoycha) barglariga kungaboqar yog’i quyilib, 2 hafta sovuq va qorong’i joyda saqlanadi. So’ng tindirib, dokadan suzib olinadi. Ushbu vosita ajinlar profilaktikasi uchun juda qo’l keladi.

Kabachkidan siqib chiqarilgan bir choy qoshiq sharbatga tuxum sarig’i qo’shiladi. Yaxshilab aralashtirilgan massa yuzga surtilib, 20 daqiqadan so’ng eh- tiyotkorlik bilan paxtada artib tozalanadi.  YOShARTIRUVChI NIQOBLAR

1-2 dona suvli sabzi qirg’ichdan o’tkaziladi. Ushbu sabzi bo’tqasiga tuxum sarigi, 1 choy qoshiq o’simlik yogi va 2 tomchi limon sharbati qo’shiladi. Ehtiyotkorlik bilan yuzga surtilgan ara,g’ashma 25-30 daqiqadan keyin iliq suvda yuviladi.

Evkalipt, marvarak, yalpiz, moychechak va qoqigul giyohlarining quritilgan bargi maydalanib, tovada isitiladi. Dokadan tayyorlangan xaltachalarga soli- nadi. Xaltachalar yuzga qo’yilib, soviganidan keyin- gina olib tashlanadi. Muolaja bir necha marta tak- rorlanishi mumkin.

(Visited 6,383 times, 1 visits today)
Rate article
( No ratings yet )
Tush tabiri mukamal sayt
error: Content is protected !!