AJIN PAYDO BO’LIShINING OLDINI OLISh

AJIN Foydali

AJIN PAYDO BO’LIShINING OLDINI OLISh

Keksayish tabily jarayon, uni tuxtatishning iloji yuq. “Yoshlik eliksiri” deb nomlangan sirli hayot suvi hali o’ylab topilmagan. Ammo ajinlarning paydo bulishini kechiktirish mumkin. Bu borada eng yaxshi muolaja — profilaktikadir.

Profilaktik choralarni qullash esa kuz atrofidagi ajinlarga bog’liq.

Avvalo, terini namlantirish talab etiladi. Engil namlantiruvchi vositalardan usmirlik chogidanoq foydalansa buladi.

Shuningdek, tungi uyquga ketishdan avval kuz atrofiga qullanilgan makiyajni maxsus vositalar bilan artib tashlash talab etiladi. Ana shunda kuz atrofi iloji boricha kamroq zararlanadi. Dekorativ kosmetika, ya’ni qovoq uchun surtiladigan ten va tushlarning sifatiga alohida e’tibor berish lozim.

Quyosh nuri kuz atrofining nozik terisini quritadi.

Bundan tashqari, quyosh nuri tushar ekan, biz kuzimizni qisibroq yurishga majbur bulamiz. Natijada, terida mayda-mayda chiziqlar paydo bula boshlaydi. Vaqt utishi bilan chuqurlashib, ajinlarga aylanadi.

Bu hol yuz bermasligi uchun yoz mavsumida soyabonli shlyapa hamda qora kuzoynak taqib yurish foydadan xoli bulmaydi. Yozgi kosmetika vositalarida quyoshning zararli nurlaridan asrovchi qushimchalar bulishi kerak.

Afsuski, juda ko’p ayollarimiz kosmetikadan umuman foydalanishmaydi yoki tuy, ba’zi ziyofatlardagina qullashlari mumkin. Ularning fikricha, kosmetik vositalar yosh teri uchun faqat zarar keltiradi.

Aytish joizki, bunday fikrlovchi ayollar qattiq adashadilar.

Zamonaviy yashash sharoiti, nosog’lom ekologiya va atmosferaning umumiy holati, megopolis insonlarga uz salbiy ta’sirini utkazmay qolmaydi.

Ayrim ayollar maxsus kosmetika vositalarisiz ham yillar mobaynida yosh va guzal kurinishlari bilan faxrlanishadi. Ammo bu istisno holatdir. Teri biz uylagandan ham kura tezroq qariydi — keksayadi. Shuning uchun ham himoya choralari haqida ertaroq qayg’urish darkor. Yoshlikdanoq krem, loson, niqoblardan foydalanishga urganish zarur.

Kupgina qiz va ayollarimiz bu kabi kosmetik vositalar teriga zarar etkazadi, ulardan foydalangan sayin teri kunikma hosil qilib, keyinchalik yana talab qila boshlaydi, oxir-oqibat, teri faol kosmetik vositalariga nisbatan sezuvchanlikni yuqotadi, degan fikrni olg’a surishadi.

Shuni aytib utish lozimki, bugungi kunda yosh bilan bog’liq teri muammolarining oldini olish bilan birga, terini erta ajin tushishdan himoya qiladigan kosmetika vositalari ham talaygina. Shuningdek, to’gri tanlangan kosmetik vositalar, muolajalar teri uchun faqat foydalidir.

Teri 20 yoshdan so’ng qariy boshlaydi.

Shuning uchun ham aynan ana shu yoshdan boshlab barcha turdagi yuz terisi alohida parvarishni talab etadi. Agar teri tug’ri parvarish qilinsa, u uzoq vaqtgacha qarimaydi.

Teri uzoq vaqt yosh kurinishi, xususan, kuz va lab atrofida paydo buladigan ajinlarning oldini olish uchun quyidagi profilaktik choralarni qullash tavsiya etiladi.

Namlantirish

Agar teriga namlik etishmasa, u ultrabinafsha nurlar va atrof-muhitning nojuya (issiq, sovuq, shamol, chang va hokazo) ta’siri oqibatida sulishni boshlaydi.

Profilaktika uchun yosh teriga zardob va chuqur namlantiruvchi kremlar mos keladi. Uy sharoitida mavjud bulgan vositalardan foydalanish ham yaxshi samara beradi.

Masalan, qovoq terisini moychechak, magnoliya (yirik, xushbuy gulli doimiy yashil buta) damlamasi, bodring sharbatidan tayyorlangan kompresslar yordamida namlantirish mumkin.

Buning uchun tayyorlangan utkir damlamaga paxta botirilib, 15-20 daqiqa davomida qovoqlarga quyiladi. Shundan so’ng, zaytun yog’i shimdirilgan paxta yana 15-20 daqiqa mobaynida qovoqlarga qo’yib turiladi.

Agar ushbu muolaja haftada 1-2 marta takrorlansa, terida uzoq vaqt mimik ajinlar kuzatilmaydi. Bundan tashqari, kundalik taomnomangizda, albatta, E va S vitaminlariga boy bo’lgan mahsulotlar bo’lishi lozim. Ular nafaqat teriga, balki butun organizmga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Oziqlantirish

Oziqlantirish — teri parvarishining muhim bosqichi. Ajin paydo bo’lishining oldini oluvchi vositalar sifatida oziqlantiruvchi tungi kremlar ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ularning tarkibida retinol, vitaminlar, oqsillar majmuasi — kollagen bo’lishi shart.

Niqoblar ham terini oziqlantirishning bir turi bulib, ular tarkibidagi vitaminlar teriga kerakli ozuqa berib, ko’rinishini yaxshilaydi. Ammo niqoblardan 7-10 kunda bir marta foydalanish tavsiya etiladi.

Massaj

Ajinlar paydo bo’lishiga qarshi profilaktika kompleks holda amalga oshirilishi lozim. Faqat bir usulning o’zi kutilgan natijani bermasligi mumkin. Shuning uchun profilaktika davomida uqalash kursi o’tkazilishi ham talab etiladi. Uqalash mutaxassis tomonidan salonda yoki mustaqil holda amalga oshiriladi.

Uqalash oldidan yuz terisi tozalanib, teri chuqur namlantiriladi, so’ngra krem bilan oziqlantiriladi. Uqalash yuz o’rtasidan chekka va yuqori qismiga tomon engil silash bilan boshlanadi. Uqalanayotganda terini qattiq tortmaslikka ahamiyat berish lozim.

Uqalash muolajasi 10 daqiqadan yarim soatgacha davom etishi mumkin.

Qoidaga muvofiq muolaja bir oy mobaynida har 3-4 kunda 1 marta bajariladi. Uqalashdan so’ng krem qoldiqlari tonik bilan artib tashlanadi.

Uqalashning yana bir ajoyib turi mexanik uqalash bo’lib, ushbu muolaja turli uqalash apparatlari yordamida faqat salonlardagina amalga oshiriladi. Ularning aksariyatida ultratovush yoki tok kuchidan foydalaniladi. Bunday uqalash terining eng chuqur qatlamlarigacha ta’sir qiladi va uni tekislash xususiyatiga ega. Agar nojo’ya ta’siri bo’lmasa, bunday uqalash ko’pi bilan 1 yilda 2 marta o’tkaziladi.

Ajin paydo bo’lishiga qarshi profilaktika teriga faqat mexanik va kosmetik vositalar orqali ta’sir o’tkazishdan iborat emas. To’g’ri ovqatlanish, to’yib uxlash, sog’lom turmush tarzi ham ajin paydo bo’lishining oldini olishda katta yordam beradi. Turmush tarzimiz qoldirayotgan barcha asoratlar, iste’mol qilgan eguliklarimizning hammasi terida o’z aksini topadi,

Sog’lom ozuqa

Notug’ri ovqatlanish ham teriga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Organizmga kerakli ozuqa moddalari etishmasligi terida namoyon bo’ladi. Teri quruqshab qoladi yoki undan ko’p miqdorda yog’ qatlami ajralib chiqa boshlaydi.

Organizm etarli miqdorda suv bilan ta’minlanganda teri o’z me’yoriy namligini saqlaydi, shu bilan birga, organizm ham kerakli namlikka to’yinadi. Namlangan teri esa ajin paydo bo’lishiga kamroq moyil bo’ladi. Chunki namlik teri elastikligini saqlab turadi.

Quyosh nurlariping teriga ta’sirini kamayotirish

Yuzda paydo bo’ladigan ajinlarning deyarli 90 foizini tik tushib turgan quyosh nurlari hosil qilar ekan. DNK va hujayra membranalarini hisobga olmaganda, quyosh ultrabinafsha nurlari teri tuzilishiga zarar etkazadi. Quyosh nurlari ta’sirida shunday fermentlar hosil bo’ladiki, ular oqsil-kollagenni parchalab tashlaydi.

Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, soat 10:00 dan 11:00 gacha bo’lgan quyosh nurlari organizmni O vitamini bilan to’yintirsa, undan keyingi tik tushib turgan quyosh nurlari yuz terisiga ajin, dog’ tushishiga sabab bo’lar ekan. Shuning uchun ham ko’chaga chiqishdan oldin himoyalovchi maxsus kremlardan foydalanish zarur.

Tozalangan yuz terisiga surtilgan namlantiruvchi kremlar ham yuz terisini mayin qilish xususiyatiga ega. Bunday kremlar tarkibida ko’pincha quyoshdan himoyalovchi qo’shimchalar ham mavjud bo’ladi.

Afsuski, namlantiruvchi kremlardan foydalanish ajinlar paydo bo’lishiga vaqtincha barham beradi, ular uzoq vaqt samara ko’rsatishi qiyin. Shuningdek, ultrabinafsha nurlaridan saqlanish uchun qora ko’zoynak taqib yurish tavsiya etiladi. Bunda ko’z atrofining sezuvchan qismi zarar ko’rmaydi.

To’yib uxlash

Kishi bir sutkada 7-8 soat uxlashi normal holat hisoblanadi. Aytishlaricha, yonboshlab yoki qorin bilan uxlash ham yuzdagi ajinlarga sabab bo’lar ekan. Chunki bunda yuz yostiqqa tegib g’ijimlanadi va o’z- o’zidan teri bujmayishni boshlaydi. Bu hol avvaliga sezilmasa-da, keyinchalik ko’zga yaqqol tashlana boradi.

Chalqancha yotilsa, yuzdagi ajinlar ham kamroq bo’ladi. Shu bilan birga, atlas va shoyidan tikilgan yostiq jildlari yuzga kamroq bosim o’tkazadi.
Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilsangiz, teringiz uzoq yillar davomida sog’lom va yaxshi ko’rinishga ega bo’ladi.

(Visited 1,035 times, 1 visits today)
Rate article
( No ratings yet )
Tush tabiri mukamal sayt