KIYINISh MADANIYATI HAQIDA KERAKLI MALUMOTLAR

KIYINISh MADANIYATI Foydali

KIYINISh MADANIYATI HAQIDA KERAKLI MALUMOTLAR

Siz boshqalar uchun emas, o’zingiz uchun kiyinasiz, to’g’rimi? Shuning uchun kiyimingiz chiroyli bo’lishi bilan birga, qulay bo’lishi ham kerak. Hech qachon dugonangizga yarashgan va uni xushqomat qilib turgan liboslar sizga yoqqani uchun ularni sotib olmang.

Chunki ular sizga bichimi, rangi va hokazolar jihatidan to’g’ri kelmasligi mumkin.

Ayol kishining kiyinish uslubi, bo’yanishi, ak- sessuarlariga qarab, uning jamiyatdagi, oiladagi mavqeini bilib olish mumkin. Ba’zi ayol,g’ar did bilan kiyinadilar-u, soch turmaklari o’zlariga yarashmaydi.

Yoki barcha kosmetika vositalarini ularning yuzlarida ko’rish mumkin bo’ladi. O’zlari uchun chiroyli ko’ringan taqinchoqlari esa kiygan kiyimlariga umuman mos emas. Bu kabi misollarni yana o’nlab keltirish mumkin.

https://haqida.ru/faktlar/oltin-haqida-23-ta-qiziqarli-fakt/

 

Bilib qo’ygan yaxshi!

❖ Ko’ylakning bichimi, rangi yoshingizga to’gri kelmasa, ulardan voz kechganingiz ma’qul.

❖ Yangi sotib olgan ko’ylagingiz chiroyli bo’lsa-yu, lekin siz unda o’zingizni noqulay sezsangiz, bunday ko’ylakdan voz keching.

❖ Muhim uchrashuvlarga rasmiy kiyinib borganingiz ma’qul.

Bunday uchrashuvlar uchun urfda bo’lgan kiyimlarni sotib olish o’rinsiz. Chunki ular bir- ikki mavsum o’tmayoq urfdan chiqadi.

❖ Faqat o’zingizying o’lchamingizdagi kiyimlarni sotib oling.

Bir razmer kichkina olsam, shunga qarab ozarman, degan ayollar qatgiq yanglishadi. Chunki bunday kiyimlar qomatdagi barcha kamchiliklarni oshkora namoyon etadi va ozguningizcha hammaga kulgi bulganingiz qoladi.

❖ O’zingizga yoqqan kiyimni emas, sizning qomatingizga to’g’ri keladigan, bichimi, rangi sochingiz, kuzingizning rangi bilan uygun keladigan kuylaklarni sotib oling.

Ushbu maqolalarni ham o’qing:

tushda olgan

chayon tushda

toshbaqa tushda

tushda tuxum

Ayol uz qomatidan qoniqish hosil qilmasa, uni kiyimlari bilan berkitishi mumkin.

O’rta buyli tula ayollar erkin usulda tikilgan kofta, bluzka, shim va yubkalarni kiyishlari mumkin. Baland buyli tula ayollar ham erkin usulda tikilgan kiyimlarni kiyishlari mumkin. Bunda ular kamar va belbog’lardan foydalansalar buladi. Buksalari keng ayollar iloji boricha etagi kengroq yubka va kuylaklarni kiyganlari ma’qul.

Bellari uzun va ingichka ayollar keng kamarlardan, elkalari tor yoki pastroqda joylashgan ayollar elka uchun muljallangan maxsus yostiqcha,g’ardan (ko’ylak ichiga tikiladi) foy- dalansalar buladi. Elkalari keng ayollar esa englari reglan usulida bichilgan kuylak va koftalarni kiyishlari maqsadga muvofiq.

“Piramida” shakliga uxshash qomatga ega bulgan ayollarning bo’ksalari elkalaridan kengroq bo’ladi. Shuning uchun bunday ayollar e’tiborini kuylakning ko’krak qismiga qaratishi lozim. Bu qomatga ega bo’lgan ayollar to’q rangdagi shim va yubka, yorqinroq, gulli kofta va bluzka kiyishlari mumkin.

Bundan tashqari, ko’ylak yoqalarining kattaroq qilib bichilishi, turli xil ochiq rangdagi sharf va boshqa ko’zga tashlanadigan aksessuarlarning ko’ylakning yuqori qismiga joylashtirilishi bunday ayol qomatidagi nuqsonni berkitadi.

Shuningdek, uchburchak shaklda ochilgan yoqa o’mizlari ularga ko’proq mos tushadi. “Lodka” shaklidagi yoqa o’mizi, ikki tabaqali palto, kostyum hamda qattiq matolardan tikilgan kiyimlar ularning qomatlaridagi nuqsonlarni oshkor etadi.

“Teskari piramida”

qomatiga ega bo’lgan ayollarning elkasi bo’ksalaridan ko’ra kengroq bo’ladi.  Bunday qomatga ega bo’lgan ayollarga shim va bridjilar juda yarashadi. Lekin kofta va bluzkalarni tanlayotganlarida ularning gullari maydaligiga, rangining esa juda yorqin bo’lmasligiga ahamiyat berishlari kerak.

Tor bo’ksa va tor elkali ozgin ayollar qomatlarining nazokatli ko’rinishiga alohida e’tibor berishlar,. kerak. Bunda ularga bir necha taxlamdan iborat yubka va bluzka, shuningdek, poshnali oyoq kiyimlarni kiyish tavsiya etiladi. Bunday ayollarning bo’yi uzun bo’lsa, aslo sidirg’a rangli kiyim kiymasliklar • t kerak. Sidirga rangdagi kiyim ularning bo’ylarini yanada uzunroq qilib ko’rsatadi.

Bo’ksasi va elkasi

bir xil o’lchamga ega bo’lgan, bel chizig’i ko’rinmaydigan ayollar kuproq ikki tabaqali kostyum, palto, klassik uslubda tikilgan yubka kiyishlari mumkin. Qomatga yopishib turadigan ko’ylak, keng yubka va bluzkalarni kiyish tavsiya etilmaydi. Bunday qomat egalari yorqin sharf yoki boshqa ko’zga tashlanadigan aksessuarlardan foydalanishlari maqsadga muvofiq.

To’la qomatli ayollarga katakli, uzunasiga yoki ko’ndalang chiziqli kiyimlarni kiyish man etiladi. Ular tanaga yopishib turadigan kiyimlardan ham voz kechishlari lozim. Ularga ko’proq o’rtacha uzunlikdagi yubkalar, mayda gulli hamda mayin gazlamadan tikilgan ko’ylaklar yarashadi. Ko’proq uchburchak yoqa o’mizidan foydalanishlari maqsadga muvofiq.
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi

Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari

Ayol xionat qilishiga sabab nimada

Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir

Ayolni qoniqtirish

(Visited 20,663 times, 3 visits today)
Rate article
( No ratings yet )
Tush tabiri mukamal sayt
error: Content is protected !!