- BALOGAT DAVRI KERAKLI MASALAXATLAR TO`PLAMI
- Ba’zan o’smirlarda ko’krak bezlarining o’sishi
- Dastlabki ixtilom odatda, 14-16 yoshda, ba’zan bu muddatdan erta yoki kech ro’y beradi.
- Bedor paytda ixtilom ro’y bermaydi.
- Ayrimlarda ixtilom mutlaqo sodir bo’lmaydi.
- Ixtilomlar tez-tez takrorlanadi, uyqu ancha bezovta bo’lib qoladi, ko’pincha tush ko’rish ro’y beradi.
- O’tish davrida qiz tanasi tez moslashishni boshlaydi va shunga muvofiq tarzda shakllanadi.
- Ba’zan hayz ko’rish qorindan pastda yoki belda cho’zilib ketadigan og’riq bilan kechadi.
- Bunday holatlarda shifokorga murojaat qilish kerak bo’ladi.
- Qizlarning to’la jinsiy etukligi hali homiladorlikka tayyorligini bildirmaydi.
- Bular albatta rasmiy nishona, asab va endokrin tizimidagi buzilishlar natijasidir.
- Erkaklar uchun prolaktin laktogenlik ta’sir ko’rsatmaydi.
BALOGAT DAVRI KERAKLI MASALAXATLAR TO`PLAMI
O’smir va qizlarning o’zlarini tutishlari va hissiyotlaridagi o’zgarishlar bilan bir qatorda jismoniy qiyofalari, tana tuzilishlari keskin o’zgarib, erkaklik va ayollik jihatlari mustahkamlanadi. Shunday qilib, jinsiy etilish davri — bu ayni vaqtda keskin jinsiy farqlanish davri hamdir.
Erkaklik va ayollikning farqlanuvchi alomatlari-ning hosil bo’lishi dastlab juda sekin boradi, bi- roq jinsiy bezlar a’zolarga ta’sir eta boshlagach, ikkilamchi jinsiy alomatlar vujudga keladi. BALOGAT
O’smir sezilarli darajada jismonan o’sadi, bo’yi baland, elkalari keng bo’ladi, kekirdagidagi qalqonsimon kemirchak kattalashadi, ko’zga ko’rinarli tarzda turtib chiqadi, tovush boylamlari uzayib, bo’yni yo’g’onlashadi.
Ovoz tembri o’zgarib, dag’allashadi, do’rillay boshlaydi. Yurak, o’pka va boshqa a’- zolari sezilarli darajada tez kattalashadi, bu butun tananing qon bilan ta’minlanishini kuchaytiradi. Moddalar almashinuvining tezlashishi o’sib boradi, asab tizimlarining ta’sirchanligi oshadi. O’smirning tana suyaklari va muskullari, umuman barcha a’zolari o’sib, mustahkamlanadi va katta yoshlarga xos ko’rinishga kiradi.
Butun a’zolar rivojlanishi bilan bir vaqtda tashqi jinsiy a’zolar va hamma jinsiy apparatlarning o’lchami kattalashadi, jinsiy bezlar rivojlanib, gormonlardan tashqari urug’lar ishlab chiqarishni boshlaydi. Yog’ va ter bezlarining fao- liyati kuchayadi.
Ter ajratmasi, masalan, qo’ltiq osti chuqurchasi jinsiy etilish bilan bog’liq bo’lib, bo- lalarda bu joy terlamaydi. Shuningdek, qov va qo’l- tiq osti chuqurligida mo’y o’sish tezlashadi. Yuqori lab ustida ham yumshoq mo’y paydo bo’ladi.
Yaqqolroq jinsiy qo’zg’alish paydo bo’lib va bu ko’proq ertalab o’rinda yotgan paytda olatning taranglashuvida erek- tsiya kuzatiladi. Bunday taranglashuv odatda, jinsiy etilish davridan ancha oldin paydo bo’ladi va kishi jinsiy hayoti tugaydigan davrdan ancha keyingacha davom etadi.
Ba’zan o’smirlarda ko’krak bezlarining o’sishi
— pubertat ginekomastiya (o’g’il bolalar ko’krak bezining xotinlarnikiga o’xshab o’sishi) kuzatiladi, bundan xa-
votirlanishga hojat yo’q, chunki ma’lum bir muddatdan keyin butunlay yo’q bo’lib ketadi. O’smirlarning ko’krak bezlari rivojlanmay qolaveradi.
Birmuncha vaqtdan keyin o’smirlarda ixtilom (pollyutsiya) paydo bo’ladi, ya’ni ularda beixtiyor uyquda sperma suyuqligi otilishi ro’y beradi. Ko’pchilikda u shahvoniy tushdan huzurlanish tufayli sodir bo’ladi. Agar o’smir avvalroq ixtilom kelishi haqida ma’lumotga ega bo’lmasa, u tushunarsiz qo’rquv va sharmandali holatga tushib, har xil kasallik, nuqsonlik va zararli hodisalarga bog’liq dahshat ehtimolidan xavfsirashi paydo bo’ladi.
Vaholanki, ixtilom (pollyutsiya) mutlaqo bezarar tabiiy holatdir. Bu haqda o’smir ko’proq ishonadigan otasimi, akasimi avvalroq, bamaylixotir va odob doirasida oddiygina tarzda tushuncha berishi, bun- dan uyalmaslik va xavotirlanmaslik kerakligini tushuntirishi kerak.
Dastlabki ixtilom odatda, 14-16 yoshda, ba’zan bu muddatdan erta yoki kech ro’y beradi.
Birinchi ixtilomning paydo bo’lishi jinsiy aloqa vaqti yoki zarurati ekanligini bildiruvchi ko’rsatma emas.
Ixtilomning juda kechikishi o’smirning yashash sharoitida kerakli muhitning mavjud emasligini yoki tanasida qandaydir nuqson borligini ko’rsatadi.
Ixtilom dastlab ba’zi-ba’zida ro’y bersa, keyin tezlashadi, uyqu xavotirli bo’lib qoladi, urug’ otilishi uyqudan bedorlikka o’tish paytida sodir bo’ladi.
Ixtilom ixtiyorsiz, eyakulyatsiya kabi, odatda, endi urug’ suyuqligida etuk spermatozoidlar paydo bo’lganda sodir bo’ladi, ya’ni eyakulyatsiya birinchi olatning ko’tarilishi (erektsiya)dan sal kechroq paydo bo’ladi.
Biroq ixtiyoriy (jinsiy aloqada yoki jinsiy a’zoni sun’iy ta’sirlantirib — masgurba- tsiya qilib) eyakulyatsiyani ancha barvaqt ham keltirsa bo’ladi, birok, bunday urug’ suyuqligida etuk sperma urug’lari hali mavjud bo’lmaydi. Jinsiy aloqa qi- lish layoqati homilador qilish qobiliyatiga nisba- tan 2-3 yil oldinroq vujudga keladi.
Bir oyda 2-3 marta ixtilomning sodir bo’lishi meyordagi fiziologik holat hisoblanadi va sog’liqda odagda, hech qanday buzilish keltirib chiqarmaydi.
U aeosan 25 yoshgacha bo’lgan davrda ko’proq, 45 yoshdan keyin esa mutlaqo kam namoyon bo’ladi. Yaxshi semirgan, balog’atga etgan, jinsiy aloqada bo’lmagan yosh yigitda ixtilomning fiziologik tez-tez ro’y berishi, hatto, bir haftada kelishiga jinsiy faoliyatini o’zi tartibga solib turadigan, o’zidan keyin hech qanday asorat qoldirmaydigan holatdek qarash maq- sadga muvofiqdir.
Etuk jinsiy bezlarda urug’ suyuqligi vujudga kelaveradi va to’planaveradi, agar undan jinsiy aloqa yo’li bilan xalos bo’linmasa, bu ixtilom shaklida sodir bo’laveradi.
Bedor paytda ixtilom ro’y bermaydi.
Uyqu paytda ongning uzilishi jinsiy funktsiyaning reflektor- lariga keng erkinlik berishi natijasida jinsiy aloqadagi kabi tabiiy ixtilom jarayoni ro’y beradi.
Sog’lom kishilarda fiziologik ixtilomning kam ro’y berishi turlicha holatlarga bog’liq, bu umumiy sog’liqqa, mijozga, yoshga, turmush tarzi va odatlanishlarga, tafakkurlar yo’nalishi va qiladigan mashg’ulotiga bog’liq.
Ixtilomlarning tez-tez sodir bo’lishi o’z fikrizikrini jinsiy hayotga qaratgan, shu mavzudagi kitoblarni o’qib o’zini qo’zg’atuvchi, shahvoniy mavzudagi suhbat va latifalarni eshituvchi, muzeydagi san’at asarlaridan ta’sirlanuvchi kishilarda ko’p, o’rtamiyona hayot kechiruvchi, zo’riqtiradigan aqliy va jismoniy mehnat bilan shug’ullanadigan kishilardaancha kam kuzatiladi.
Ayrimlarda ixtilom mutlaqo sodir bo’lmaydi.
Ixtilomning sodir bo’lishi eng ko’p bo’lgan vaqt u boshlangan paytdan muntazam jinsiy hayot kechirish- gacha bo’lgan davrdir.
Ixtilom ba’zan uzoq vaqt, odatdagidan ko’proq, kunora yoki hatto bir tunda bir necha marta yuz be- rishi mumkin. Shunda u organizmga zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ammo uning zarari organizm uchun urug’ni yo’qotishda ifodalanmaydi, balki asab tizimiga yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Agar ixtilom shunday tez-tez yuz beradigan bo’lsa, ayniqsa, ular erektsiya olat taranglashuvi sodir bo’lmay yoki shahvoniy tush ko’rmay, orgazm (xush yoqish) bilan yoki usiz ro’y berayotgan bo’lsa, uni izdan chiqqan deb hi- soblash mumkin. Bunday holatlarda kishi uzoq vaqt o’zini darmonsiz va zaif his etadi, ishga ishtiyoqi bo’lmaydi, kayfiyati buzuq bo’ladi.
Katta kishilarda ixtilomning nomuntazam tez- tez ro’y berishi odatda, umumiy nevrosteniya (asab tizimi charchashidan kelib chiqadigan kasallik) oqi- bati, — asab tizimining ta’sirlanishi va qo’zg’ali- shi yuqoriligidan dalolat beradi.
Ba’zan tez-tez ixtilom ro’y beradigan kishida tug’ma zaiflik va siydik-jinsiy a’zolar tizimida ta’sir- chanlik yuqoriligi kuzatiladi. Bunday kishilar bolaligida tunlari siydik tuta bilmaslik (enurez)dan voyaga etguncha azob chekkan bo’lib chiqadi. Vaqti kelib enurez yo’qolsa ham jinsiy sohada yuqori ta’sirla- nish qolaveradi va u ixtilomda namoyon bo’ladi.
Bedor holatda arzimagan mexanik yoki ruhiy ta’- sirlanishdan, masalan, ayolni erkalayotganda va suhatlashayotganda, shahvoniy kitoblarni o’qiyotganda, jinsiy turmushdagi shunga o’xshash o’yga berilganda sodir bo’ladigan ixtilomni g’ayritabiiy hisoblashkerak, chunki bu asab-jinsiy sohadagi ozmi-ko’pmi buzilish borligidan dalolat beradi.
Tez-tez ixtilom sodir bo’lishi ba’zan og’ir yuqumli kasalliklardan, diabetning ba’zi shakllaridan va markaziy asab tizimining organik kasalliklaridan sog’ayib ketishida kuzatiladi.
Ana shunday tarzdagi patologik ixtilomning yuz berishiga orqa uretra (siydik chiqarish kanali)da o’tkir va o’tkirga yaqin yallig’lanishlari, urug’ do’mboqchasi, prostata bezi, asosan urug’ pufakchalaridagi kasalliklari ham sabab bo’ladi.
Jinsiy hissiyotning o’sib borishi kuchiga va zo’riqishiga qarab organizmning umumiy rivojlanishiga mutlaqo to’g’ri kelmaydi. 17-20 yoshlar o’rtasida tez berilish va havoyi havas qattiq rivojlanadi: bu davr yuksak darajadagi jinsiy intilish tarangligi bilan mos keladi.
Ixtilomlar tez-tez takrorlanadi, uyqu ancha bezovta bo’lib qoladi, ko’pincha tush ko’rish ro’y beradi.
Davomli olat taranglashuvi oqibatida siydik chiqarish kanali teshigidan shaffof rang- li, cho’ziluvchan, elimsimon suyuqlik ajraladi. Bu kanal devori va uning atrofida joylashgan shilliq bez ajratmasidir. Ular ham jinsiy bez vazifasini bajaradi, bu vaqtga kelib keskin kuchayadi.
Kanalda o’sha suyuqlik tomchisi paydo bo’lishi bilan o’smir- ning miyasiga qandaydir taassurotlar kelib qolsa, etarlidir. Bu shilliq ajratmalarni urug’ suyuqligi bilan aralashtirmaslik kerak, ular birmuncha quyuqroq va unchalik shaffof bo’lmaydi.
Ixtilom hali jinsiy hayot ko’rmagan va mastur- batsiya bilan tanish bo’lmagan qizlarda kuzatilmaydi. Ammo jinsiy hayotga o’rgangan ayollarda ixtilom (tungi) xush yoqish (orgazm) erkaklarga nisbatan ancha kam bo’ladi. U xush yoqadigan holat tush ko’rganda ham vujudga keladi.
O’tish davrida qiz tanasi tez moslashishni boshlaydi va shunga muvofiq tarzda shakllanadi.
Biroq uning voyaga etgan bo’yi yoki og’irligi erkaklarga nisbatan ma’lum darajada kamroq bo’ladi. Organizmning umumiy o’sishi bilan bir qatorda teri osti yog’ qatlamlari, ayniqsa, elka va son atrofida rivojla- nib, dumaloqlik va yumshoqlik shaklini oladi, tos kengayib, ayollarga xos qomat vujudga keladi.
Ma’lumki, ayollarda qorin bo’shlig’i erkaklarga nisbatan kattaroq sig’imli bo’ladi, tos suyaklari birmuncha harakatchan va bo’shroq bo’lib birikkan. Bu ularning bola tug’ish vazifasi uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Tos suyaklarining o’sishi qizlarning taxminan 20 yoshigacha davom etadi, bu vaqtga kelib uning bachadoni muskullari to’la rivojlanish dara- jasiga etadi. Ko’krak bezlari ham tez o’sadi va taranglashib, salga og’riydigan bo’lib qoladi.
Ko’krak so’rg’ichlarining atrofi kengayadi, so’rg’ichining o’zi esa to’lishadi. Yuz tuzilishida ayollik ifodasi aks etadi. Qovda va qo’ltiqosti chuqurchalarida mo’y pay- do bo’ladi, ovoz o’zgaradi. Dastlabki oylik hayz ko’- rish boshlanadi. BALOGAT
Bu davrda qizlarda o’smirlarga katta qiziqish bi- lan qarab, ularga intilish paydo bo’ladi. Bu intilish hali ongli jinsiy yaqinlikka yo’naltirilmagan bo’lib, dastlabki ruhiy ishq xususiyatiga egadir. Ular ayollarga xos nazokat, qalban muloyimlik, go’zallik va iltifotlilik, mehribonlik va sipolik, harakatlarida nafislik namoyon bo’ladi.
Qizlarda birlamchi va ikkilamchi jinsiy alomatlarning uzilkesil rivojlanishi hayz ko’rishni boshlaganda ro’y beradi, qizlar birinchi tuqqanlaridan keyin- gina haqiqiy ayol bo’ladilar.
Birinchi hayz (menstruatsiya)ning paydo bo’lishi qizning tuxumdonlari etilganidan va jinsiy gormoillrdan tashqari spermatozoid bilan uchrashganda urug’lanuvchi ayollik tuxumlari ishlab chiqayotgani- dan dalolat beradi. Bu vaqtda qizlarni shaxsiy gigienaga tayyorlash, ularga har doim nafaqat chiroyli bo’lish, balki saranjom-sarishta va toza bo’lib yurishni tushuntirish kerak.
Qizga sipolik bilan, oddiy qilib birinchi sodir bo’ladigan hayz kelishi haqida tushuntirish lozim, toki bu uning uchun kutilmagan holat bo’lmasin. Qon paydo bo’lishi qizni qagtiq hayajonga solishi, u buni jiddiy kasallik deb o’ylashi mumkin. Jinsiy ma’lumotga ega bo’lish jinsiy rivojlanish bilan bir vaqtda borishi kerak, zero qiz onalik vazifasidek mas’ul ishga ham jismonan, ham axloqan tayyor bo’lsin.
Ushbu maqolalarni ham o’qing:
Qizlarda va bo’lg’usi ayollarda har 28 kunda (o’rta- cha hisobda) tuxumdonida tuxumhujayra etiladi va oylik hayz ko’rish boshlanadi, u odatda, uch-to’rt kun davom etadi. Shunday qilib, har oy vaqti-vaqti bi- lan bachadonga qon quyilishi ro’y beradi.
Hayz tsiklining 23-24 kunlari bachadonning shilliq pardasi o’zining maksimal rivojlanish darajasiga etadi. Biroq urug’lanmagan tuxumhujayra bachadon devoriga yopishmaydi va qonga to’la tomirlar yorilib, tomchilab oqadigan qon paydo bo’ladi.
Qon va shilliq birgalikda bachadon shilliq pardasidan qat-qat ko’chib qin orqali tashqariga chiqadi. Bachadon shilliqlari tezda tiklanadi va tuxumdon gormonlarining rag’- batlantiruvchi ta’sirida navbatdagi tuxumhujayra- ni kutib olishga yangi tayyorgarlikni boshlaydi. BALOGAT
Hayz ajratmalari odatda ko’p bo’lmaydi, faqat tuqqanda yoki abortdan keyin, shuningdek, hayzdan qolish (klimaks) davri boshlanishidan avval keladigan yakunlovchi hayz ko’rishda birmuncha ko’proq bo’lishi mumkin.
Hayz chog’ida organizmda murakkab fiziologik jarayonlar kechadi va u umumiy holatga ancha sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ba’zan hayz kelishiga bir necha kun qolganda umumiy behollik: ta’sirchanlik, migrenga o’xshash bosh og’rig’i, ko’ngil behuzur bo’lishi, sut bezlarining kattalashuvi, hatto, bir oz og’rishi kuzatiladi.
Ba’zan hayz ko’rish qorindan pastda yoki belda cho’zilib ketadigan og’riq bilan kechadi.
Faqat yigirma foizga yaqin qiz va ayollar hayz ko’rish chog’ida hech qanday ko’ngilsiz yoki og’riydigan holatlarni boshdan kechirmaydi.
Birinchi oylik qon kelishi barcha qizlarda bir xil yoshda kelmaydi. Bu nasliy qobiliyatga, salomat- lik holatiga, muhit sharoitiga, iqlimga, irqiga va hayz tarziga bog’liq bo’ladi. Masalan, shaharlik qizlar qishloq qizlariga qaraganda erta hayz ko’rish- ni boshlaydilar.
Shimolda yashovchi qizlarda hayz ko’rish o’n to’qqiz yoshdan boshlansa, issiq iqlimli joylarda yashovchi qizlarda 9-10 yoshlarda, o’rtacha esa 13-15 yoshlarda hayz ko’rish davri keladi. Xasta va zaif organizmda oylik qon kelishi kech boshlanadi.
Og’ir kasallikdan keyin ham hayz ko’rish ba’zan uzoq vaqtgacha tutilishi mumkin. Qizlarda jinsiy moyillikning dastlabki aniq alomatlari juda kamdankam holatlarda birinchi hayz ko’rish vaqti bilan to’g’ri kelishi mumkin, ko’pincha ular erta sodir bo’ladi.
Hayz ko’rish ba’zan odatdan tashqari xarakterda kechadi: uning bir tekisdaligi, davomiyligi, hayz ko’rishdagi ajratma miqdori o’zgarishi, u juda og’- riqli bo’lishi kuzatiladi.
Bular qandaydir asabiy kechinmalar, noxush hayajonlanish, qo’rquv, iqlim o’zgarishi, holdan toydiradigan mehnat, oqsil va vitaminlar etishmaydigan taom iste’mol qilish, kislorod tanqisligi (organizm a’zolari to’qimalarida turli sabablarga ko’ra kislorod miqdorining kamayishi, etishmasligi), shuningdek, ichki jinsiy a’zolar (tuxumdon, bachadon) kasalliklar natija- si bo’lishi mumkin.
Bunday holatlarda shifokorga murojaat qilish kerak bo’ladi.
Qizlardagi hayz ko’- rishga bog’liq kasalliklar risoladagidek homilador bo’lib, tuqqandan keyin yo’q bo’lib ketadi.
Qizlarda to’g’ri o’z vaqtida kechadigan hayz ko’rish jarayoni jinsiy etilish boshlanganidan, uning jinsiy a’zolari me’yorida rivojlanayotganidan dalolat beradi. BALOGAT
Biroq bu jinsiy hayot imkoniyatini va zarurligini, uning bola tug’ishdek asosiy biologik vazifani bajarishi mumkinligini aslo bildirmaydi. Uning organizmi o’sishda davom etadi, og’irligiga og’irlik qo’shiladi, uning skeleti, asosan tos suyaklari shakllanib rivojlanadi, ular tug’ishning to’g’ri kechishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Qizlarning to’la jinsiy etukligi hali homiladorlikka tayyorligini bildirmaydi.
To’la jinsiy eti- lish uchun homilador bo’lish va tug’ish fakti qanchalik muhim bo’lsa, yosh qizlarning jinsiy hayoti va organizmining vazifani bajarishga, ona bo’lishga tayyorgarligi shunchalik ahamiyatga egadir.
Jinsiy etilish davrida odatda boshqalarga yoqish istagi paydo bo’ladi, shuning uchun qiz ham, o’smir ham o’zining tashqi ko’rinishiga, tana pokizaligiga, batartib bo’lishga, moda bo’yicha kiyinishga ko’proq e’tibor qaratadilar.
Biz yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, jinsiy etilish davrida bo’y va jinsiy bezlar faoliyati keskin o’sadi. Jinsiy bezlar nafaqat jinsiy hujayralar ishlab chiqaribgina qolmay, qonga maxsus ta’sir etuvchi modda — gormonlar ajratadi.
Bu gormonlar birlamchi va ikkilamchi jinsiy alomatlarning, erkak va ayolning barcha jinsiy xususiyatlarining
rivojlanishiga kuchli turtki beradi. Jinsiy gormonlar ruhiy-jinsiy markazni shahvoniylashtiradi, uni shahvoniy hayajonga yanada layoqatli qiladi.
Ular ma’lum darajada jinsiy markazlar tonusini, ularning qo’zg’atuvchanligini, jinsiy mayl kuchini belgilaydi. Bunda tuxum va tuxumdon, shuningdek, buyrakusti bezi hamda gipofiz bezidan ajraladigan gormonlar asosiy rol o’ynaydi.
Ma’lumki, inson organizmida ikki asosiy bez turi mavjud bo’ladi. Tashqi sekretsiya deb ataluv- chi bezlar ishlab chiqargan mahsulotlarini tana bo’shlig’iga -yoki teri yuzasiga chiqaradi. Masalan, so’laklar og’iz bo’shlig’iga ajratadi, oshqozon bezla- ri esa oshqozon bo’shlig’ini sok bilan ta’minlaydi, ter va yog’ bezlari tana yuzasiga ter va teri yog’lari ajratadi.
Bezning boshqa turi – ichki sekretsiya bezlari (endokrinlar) bo’lib, ularda tashqariga chiqadigan yo’l bo’lmaydi, bez tomonidan ishlab chiqilgan modda bevosita qonga yoki tananing to’qima suyuqligiga tushadi. Bunday bezlarga qalqonsimon bez, gipofiz, buyrakusti, jinsiy bezlar va boshqalar taalluqlidir.
Bu go’yo tananing umumiy sog’-salomatligi uchun asab tizimlari boshqaruvi ostida ishlaydigan ti- rik kimyoviy laboratoriyadir. Ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan mahsulot — gormonlar — ancha faol, ulkan fiziologik kuchga egadir. Gormonlar organizmdagi hayotiy jarayonlarni boshqarishda mut- laqo muhim rol o’ynaydi, inson hayoti usiz kechmaydi. Masalan, qalqonsimon bez olib tashlansa tana o’sishi keskin pasayadi va aqliy rivojlanish to’x- taydi.
Bir yoki bir necha endokrin bezlari vazifasining buzilishi kishida keskin asab qo’zg’atishlarini keltirib chiqaradi yoki uni bo’shang va befarq, haddan tashqari oriq yoki semiz, suyaklari mo’rt yoki rezina kabi egiluvchan qilib qo’yishi, teri rangini o’zgar- tirib yuborishi, ayol yuzini mo’y bilan qoplanishiga olib kelishi mumkin.
Bo’y – organizm rivojlanishida gormonlar etishmasligi yoki ortiqchaligi qanday ta’sir ko’rsatishi haqida bir qator misollar ko’rsatish mumkin. Layf jurnalida 1937 yilda chiqqan maqolada 18 yoshda bo’yi 47,5 sm, og’irligi 5440 gr bo’lgan pakana odam haqida so’z yuritiladi.
Frantsiyalik olim Byuffon kuzatgan mitti odam esa 37 yoshida bo’yi 42 sm bo’lgan. Britaniya qirolichasining arzandasi Joffi Xan- sonning bo’yi ham bor-yo’g’i 42 sm ni tashkil etgan. Taniqli angliyalik admiral Tom Pusning bo’yi stul suyanchig’idan salgina baland edi. BALOGAT
Gigant kishilar haqida ham ma’lumotlar bor. Masalan, gollandiyalik Daniel Kayyanusning bo’yi 222 sm, 1922 yilda tug’ilgan amerikalik Robert Pershingning bo’yi 5 yoshida 162,5 sm, 10 yoshida 193 sm, 22 yoshida esa 272 sm ga teng bo’lib, og’irligi. 222,7 kg edi. Rossiyalik daroz Fedor Maxnovning bo’yi 216 sm o’lchamda edi.
Daroz ayollar sirasiga esa 16,5 yoshida bo’yi 255 sm bo’lgan galiyalik Marianna Vede, 230 sm bo’yga ega, gretsiyalik Vassimeki Kalliyandilar kiradi.
Adabiyotlarda yozilishicha, eng bo’ydor darozning bo’yi 320 sm bo’lgan. Dunyodagi eng og’ir kishilardan Robert Xyundjesning vazni 468 kg, bel aylanasi 3 m edi.
Bular albatta rasmiy nishona, asab va endokrin tizimidagi buzilishlar natijasidir.
Jinsiy etilish davrida nafaqat jinsiy, balki boshqa barcha endokrin bezlarida keskin o’zgarishlar ro’y berib, vazifasi kuchayadi. Ularning orasida gipofiz (miyaning pastki ortig’i) va qalqonsimon bezi alohida muhim o’rin tutadi.
Ular bo’yni o’stirishga va tananing shakllanishiga xizmat qiladi. Jinsiy etilish davri boshlanishi bilan gipofiz tez kat- talashib boradi va jinsiy etuklikning salmog’i ortadi. Ayollarda homiladorlik chog’larida gipofiz deyarli uch marta kattalashadi.
Jinsiy etilish davriga kelib qalqonsimon bez ham sezilarli darajada kattalashadi va qonga tireoid gormonlari ishlab chiqaradi. Bu gormonlar jinsiy rivojlanishga rag’- batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Gipofiz old bo’lagi gormonlardan uchtasi (gonadotropin) jinsiy rivojlanish va etilishida, ayniqsa, muhim o’rin tutadi.
Har ikkala jinsda ishlab chiqariladigan follikula-rag’batlantiruv- chi (tilakentrin)lar — har ikkala jinsda jinsiy bezlar o’sishini oshiradi, ayollarda follikulalar (juda kichik ekskretor yoki sekretor bez) va tuxum- donlarning etilishiga, shuningdek, ekstragenlar ishlab chiqarilishiga, erkaklarda — moyaklarda urug’ iplarini (spermatogenez) ishlab chiqarilishiga rag’- bat beradi, lyutein (sariq modda, vaqtincha faoliyat ko’rsatadigan bez) — qizlarda follikulalar rivoj- lanishini tayyorlaydi, ovulyatsiya (hayz) va sariq tana paydo bo’lishiga yordam beradi. BALOGAT
O’g’il bolalar moyakla- rida androgenlarni sekretor moddalari bilan ta’minlaydigan to’qimalarning rivojlanishiga rag’bat beradi, urug’don va prostata bezining o’sishiga yordam beradi.
Uchinchi, laktogenli gormon — prolaktin (lyute- otropniy) — ayollarda bo’yinning o’sishiga va sariq tananing etilishiga yordam beradi, ko’krak bezlari- ning kattalashishini keltirib chiqaradi va ular tomonidan sut ishlab chiqarilishi, ya’ni laktatsiyani qo’zg’atadi. U homiladorlik normal o’tishi uchun zarurdir. BALOGAT
Erkaklar uchun prolaktin laktogenlik ta’sir ko’rsatmaydi.
U testosteron bilan birgalikda prostata to’qimalari o’sishiga ta’sir ko’rsatadi.
Jinsiy etilish davrida ajratiladigan gonado- tropinlar miqdori kattalarga nisbatan ancha ko’p- dir, chunki bu vaqtda gipotalamue impulslari ta’sirida gipofiz vazifasi faollashadi.
Shunday qilib, gonadotropinlar jinsiy bezlar- ning rivojlanishini va vazifasini ta’sirlantiradi hamda rag’batlantiradi. Ularning ishtirokisiz spermatazoid va tuxumhujayra vujudga kelmaydi, o’ziga xos jins gormonlari ishlab chiqarilmaydi. Gipofizni bekorga jinsiy vazifaning “ishga so- luvchi motori” deb atamaydilar.
Gipofiz g’oyat muhim o’stiruvchi gormon (somotot- rolin) ishlab chiqaradiki, u tananing hamma to’qimalariga va almashinuvining hamma turiga ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, u jinsiy gormonlarni fa- ollashtiradi va qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Bu eng kuchli gormonning kamchiligi – o’sish paytida rivojlanishni tormozlab qo’yishni keltirib chiqaradi va o’sib kelayotgan chaqaloq pakana bo’lib qoladi, ortiqchasi esa darozlikka olib keladi. Bu gormon to’qimalarda oqsil fermentlarining faol vujudga kelishiga va to’planishiga yordam beradi, oqsillar esa yangi to’qimalar uchun asosiy qu- rilish materialidir.
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:
Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi
Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari
Ayol xionat qilishiga sabab nimada
Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir