CHIMILDIQ BIRINCHI KECHA NIKOHDAN KEYINGI BIRINChI

CHIMILDIQ BIRINCHI KECHA JINSIY

CHIMILDIQ BIRINCHI KECHA NIKOHDAN KEYINGI BIRINChI

Birinchi jinsiy aloqa qilish kishi hayotida juda muhim voqea hisoblanadi. Jinsiy hayot boshlanishi bilan hayot kitobining noma’lum jinsiy tuyg’u va xursandchiliklarga limmolim mazmunli yangi sahifasi ochiladi.

Yangigina nikohlanganlar uchun to’ydan keyingi |davrda kundalik hayotning qirralari, uning birtlikda kechiriladigan murakkab va to’qnash kelinadigan muqarrar sinovlari bilan bir qatorda birinchi jinsiy yaqinlashish lahzalari ro’baro’ bo’ladi. CHIMILDIQ BIRINCHI KECHA

Jinsiy aloqa ikki jins vakili

— erkaklar va ayollar ishtirokini talab etadigan yagona fiziologik funktsiyadir.
Kimki jinsiy qushilish “yalang’ochlar fiziologiyasi” deb o’ylasalar xato qiladilar. Jinsiy aloqa bir-birini sevganlar uchun nafaqat muskullarning murakkab o’yinlari, jinsiy munosabatlarda bo’lish, balki eng avvalo qalblar shodligini va kishida eng yoqimli tuyg’ularni qo’zg’atuvchi butun bir simfoniyadir.

Shuning uchun jimo’ chog’ida, nafaqat o’zaro badanlar issiqligini, balki qalblar iliqligini ham his etmoq kerak. Jinsiy hayotning boshlanishi bilan kishi ruhiyatida yuksak tuygular tug’iladi. Birinchi jinsiy aloqaga engiltaklik bilan qarash kerakmas. U har ikki ishtirokchi hayotida takrorlan- mas lahzalarni baxsh etuvchi qaynoq tuyg’ularni o’zaro intilishlaridir. CHIMILDIQ BIRINCHI KECHA

Ushbu maqolalarni ham o’qing:

tushda olgan

chayon tushda

toshbaqa tushda

tushda tuxum

Ba’zi yoshlarni birinchi jinsiy aloqa o’zining noma’lum sirli tomonlari bilan qo’rquvga soladi, ularda bu birinchi qo’shilishning muvaffaqiyatli yakunlanishida shubha paydo bo’ladi.

Agar bu shubhalar kuchlilik qilsa birinchi qo’shilishdagi urinish muvaffaqiyatsiz kechishi mumkin. Shuningdek, bu xavfning paydo bo’lishi uzoq vaqt miyada ruhiy zaiflikni keltirib chiqaradi va undan uzoq vaqt qutilib bo’lmaydi. Shuning uchun birinchi jinsiy yaqinlashishda shoshilish kerakmas.

Uning birinchi nikoh kechasidayoq amalga oshirilishi majburiy bo’lishi shart emas.

Nikoh qurgan yosh er-xotin avval bir-biriga yaxshilab ko’nikishlari, hamma tomonlama yaqinlashib, barcha mu- nosabatlarda, jumladan, jinsiy aloqada oddiy, ochiq, bamaylixotir mos tushadigan bo’lish kerak. Shundagina jinsiy yaqinlashish ham hech bir shubhalarsiz, har doimgi ishdek kechadi. CHIMILDIQ BIRINCHI KECHA

Jinsiy aloqa faqat hayvonlardagina quruq ixtiyorsiz harakatdir.

Odamda esa jinsiy yaqinlik — u ongli ijro etiladigan oliy burch, inson naslining umrini cho’zishga intilishdir. Birinchi yaqinlashuvda er tomonidan, eng avvalo, g’oyat ehtiyotkorlik va o’zining shahvoniy nafsini tiyishi o’zi uchun mutlaqo yangi, notanish, dastlab hatto yoqimsiz bo’lishday xavotirlanayotgan, ko’zda tutilmagan kechinmalarni o’tkazayotgan ayol uchun muhimdir. Shuning uchun er tomonidan alohida hushyorlik, mehribonlik kerak bo’ladi.

Uning birinchi jinsiy yaqinlashishi o’zining umr yo’ldoshlik burchiga yonbosish zarurligini taqozo etadi. Faqat keyingi jinsiy yaqinliklarda asta-sekin istaklar uyg’unligi vujudga kelib, endi er-xotin ikkovlon tabiat insonga in’om etgan yoqimli kechinmalar quvonchidan birgalikda bahramand bo’lishlari mumkin.

Erkaklar birinchi jinsiy yaqinlik qilishda oldilarida turgan qizlik pardasini yorish vazifasini bajarishda g’oyat ehtiyotkor va muomala qilishni biladigan bo’lishi lozim.

Qizlik pardasini yirtish sanchish usuli bilan emas, balki cho’zish usuli bilan bajariladi. Bu ishda ikki to’siqni — ruhiy va jismoniy tuyg’ularni, ya’ni yot kelin-kuyov noma’lum oldidagi qo’rquvni va parda yirtilishi bilan bog’liq og’riqdan cho’chish qo’rquvini engishi kerak bo’ladi.

Avvalgi boblarda biz qizlik pardasining ba’zi qizlarda bo’lmasligi haqidagi ma’lumotlarni ta’kidlagandik. Chunki ba’zi qizlarda qizlik pardasi tug’ma bo’lmasligi yoki har xil jarohatlar oqibatida yoxud u yoq-bu eqlarini shiddatli yuvayotganlarida yirtilgan bo’lishi ham mumkin.

Chunki hayz ko’rganda tez-tez u yoq-bu yoqlarni yuvib turish, sport bilan shug’ullanayotganlarida ehtiyotsiz qo’pol, keskin harakat qilish, velosiped haydaganda qizlik pardasiga zarar etishi mumkin. Bunday holatlarda birinchi jinsiy aloqa og’riqsiz va qon oqishisiz kechadi. CHIMILDIQ BIRINCHI KECHA

Ko’ngildagidek jinsiy aloqa bo’lishi uchun shart- sharoit va o’zaro iliq munosabat juda katta ahamiyat kasb etadi. Erkaklar o’z yosh rafiqalarini ruhiy jarohatlanishdan har qanaqasiga asray bilishlari kerak.

Shundagina, ya’ni ayol ruhiyati bilan hisoblashib, tabiiy aks ta’sirlar, shartli reflektorli tormozlanish kabi qarshiliklarni osongina engib o’tish mumkin. Bu yosh ayolda birinchi nikoh tunida ehtiyotkorlik va noma’lumlik oldida qo’rquv paydo bo’lganda juda muhimdir.

Jismoniy zo’ravonlik va ko’ngil qoldirish bilan boshlanadigan jinsiy hayot keyinchalik qiyinchilik bilan iziga tushishi mum- kin. Muqaddam tayyorlanmagan qizlar haqiqat bilan to’qnash kelganlarida kuchli ruhiy zo’riqishlarga duch kelishlari ehtimoldan xoli emas.

Birinchi jinsiy qo’shilish kechasi va jinsiy aloqa

qilish xarakteri ba’zan kelgusi ahil turmushda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
Ba’zan yosh kuyov turmushlarining dastlabki davrlarida xotinining kutilmagan sovuqligidan xafa bo’ladilar.

Biroq unutmaslik kerakki, yosh kelinlar uchun bu holat tamomila tabiiy. Erning mehribonlarcha va shirinso’z munosabati asta-sekin undagi jinsiy jo’shqinlikni oshirib boradi. O’rinsiz qattiq turib olish va qo’rslik ayol ruhiyatini jarohatlashi mumkin, buning oqibatida u uzoq vaqtgacha, balki butunlay jinsiy munosabatlarda sovuqqon bo’lib qoladi. CHIMILDIQ BIRINCHI KECHA

Qachonki er-xotin bir-birining jinsiy hissiyotlarining o’ziga xos tomonlarini va kuchini tushinishga intilarkanlar, ularda asta-sekin ma’lum bir jinsiy hamohanglik paydo bo’ladi va ularda jinsiy lazzatlanish bir vaqtda boshlanishi mumkin.

Er-xotinlarning shahvoniy muvofiqligi haqida gapirilarkan, juda kamdan-kam holatlarda ularning jinsiy imkoniyatlarida va jo’shqinliklarda o’x- shashlik bo’ladi, biroq bu baxtli oila barpo etishga xalaqit bermaydi.

Er-xotinlarda his qo’zg’alishidagi muvofiqlik kishilik baxtining asoslaridan biridir.

Turmush qurgach, dastlabki davrda ularning jinsiy hayotlari me’yoryda bo’lsa va har ikkisiga to’la-to’kis lazzat bag’ishlasa, nikohni mustahkamlash va saqlab qolish uchun poydevor vujudga keladi. Biroq dastlabki kun- lardanoq jinsiy munosabatda kelishmovchiliklar bo’lsa va u ko’pdan-ko’p janjallarga sabab bo’lsa, bu nikohning keyingi taqtsiriga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Erkaklar shuni unutmasliklari lozimki, jinsiy munosabatlardagi qo’rslik va xudbinlik, ya’ni o’z xohishini yuqori qo’yishi ko’pincha ayollarda qo’shilish vaqtida shahvoniylik hissiyotlarining paydo bo’lmasligiga va jinsiy lazzatlanish bo’lmasligiga olib kelishi mumkin. Bu holat ayollarning jinsiy yaqinlashish masalasiga salbiy ko’z bilan qarashiga sabab bo’ladi va bu ularning eriga munosabatlarida ham o’z aksini topadi. CHIMILDIQ BIRINCHI KECHA

Ayollar hatto yon bersalar ham o’zlarini zabt etilgandek his etishni istaydilar.

Biroq xushmuomalalik bilan zabt etish va berahmlarcha zo’rlik qilish o’rtasida ulkan farq bor. Xushmuomala erkak jinsiy yaqinlik qilish vaqtini ajrata oladi, shunda har ikki tomon xohishi mos keladi, rafiqasining engilgina qarshil{igi bamisoli oddiy tortinish yoki noz qilish kabi bo’ladi.

Ayol kishida jinsiy qo’zg’alishni sevgan kishisi tomonidan uning ko’nglini ovlash orqali vujudga keltiriladi.
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi

Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari

Ayol xionat qilishiga sabab nimada

Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir

Ayolni qoniqtirish

(Visited 72,547 times, 1 visits today)
Rate article
( 2 assessment, average 4.5 from 5 )
Tush tabiri mukamal sayt