HOMILANING RIVOJLANIShI VA URUG’LANISh

HOMILANING RIVOJLANIShI VA URUG’LANISh

Ma’lumki, homiladorlik ikki jinsiy hujayra — erkaklar shahvati (spermatozoidi) va ayollar tuxumhujayrasi (yaytsokletka)ning birikishi natijasida rivojlanadi. Bu ikki pushtli hujayralarning bitta bo’lib birikishi urug’lanish, ya’ni homilador bo’lish deb ataladi.

Erkak va ayol jinsiy hujayralari qurib qolishga chidamsiz bo’lib, faqat nam va oziq beruvchi muhitda o’zining yashovchanligini saqlab qoladi. Shuning uchun urug’lakish jarayoni ona organizmi ichida kechadi.

Jinsiy hujayralar genetikada gameta tuxumhujayra va shahvat qo’shilishidan hosil bo’lgan birinchi hujayra va buning oqibatida rivojlanishni boshlagan yangi organizm esa zigota deb ataladi.

Boshchasini koshyuvchi harakati bilan tuxumga kirib borgan shahvat o’zidan hosil bo’ladigan homilaning rivojlanishi uchun rag’bat beradi va shu bilan bir vaqtda unga otaning nasliy moddalarini beradi.

Shahvatning tuxumga kirib borishi 15 daqiqa davom etadi va tezda uning yadrosi tuxumhujayraning yadrosi bilan birlashnb, urug’langan tuxumning yagona umumiy pusht yadrosini hosil qiladi. Tuxumhujayraga shahvatning boshchasi va bo’yinchasi (tsentrosoma) kiradi, dumi esa tushib qoladi.

Yorilgan follikuladan chiqqan tuxum qorin bo’shlig’iga tushadi, u erdan esa osongina bachadon nayiga kirib boradi. Tuxum nay bo’ylab bachadon bo’shlig’i tomonga sekinlik bilan siljishni boshlaydi. Ammo tuxum shahvatdan farqli o’laroq mustaqil oldinga harakatlana olmaydi.

Chunki unda harakatlanish uchun a’zolar mavjud emas. Uning harakati qisman bachadon tomonga ochilgan nay shilliq pardasi hujayralaridagi kiprikcha (bir hujayrali sodda organizmlarda harakat organlari vazifasini o’taydigan progoplazma ipchalari)ning tebranuvchi harakati hamda asosan nay devoridagi muskul qatlamlarining peristaltika (to’lqinsimon harakat) qisqarishlari hisobiga nayning qorin tomonidan bachadon tomoniga siljishi tufayli sodir bo’ladi.

Bu qisqarish, ayniqsa ovulyatsiya vaqtida va nayda tuxum bo’lishi kerak bo’lgan davrda kuchayadi.

Tuxumdondan tuxumning nayga tushishi va nay bo’ylab harakatlanishi endokrin bezi — gipofiz- ning ta’sirida tuxumdon ishlab chiqargan gormonlar (estradiol, progesteron)dan rag’bat oladi. Nayda urug’langan tuxumning ushlaiib qolishi bachadondan tashqaridagi homiladorlikka olib keladi.

Tuxumdon gormonlari ta’sirida bachadon naylari to’lqinsimon harakatlanadi, shu bilan birga hayz ko’rish tsiklining birinchi yarmida to’lqinlar bachadondan nayning qorindagi uchi tomon ko’proq yo’nalganligi shahvatni nay orqali bachadondan olib o’tish imkonini beradi.

Hayz ko’rish tsiklining ikkinchi yarmida bachadon naylarining qisqarishi to’lqini qarama-qarshi tomonga – tuxumdondan bachadonga yo’nalgan bo’ladi, bu tuxumhujayralarni bachadon bo’shlig’iga olib o’tish imkonini beradi.

Shunday qilib, spermatozoidning tuxum bilan uchrashishini ta’minlashda va homiladorlikning boshlanishida tuxumdonning to’laqonli faoliyati muhimdir, buningsiz homilador bo’lish mumkin emas, bo’lgan taqdirda ham muddatidan avval to’xtaydi.

Ko’pgina olimlar urug’lanish bachadon nayining yuqori (qorin) qismida ro’y beradi, deb hisoblaydilar. Tuxumhujayralarning tuxum yo’llar voronkasiga o’tishi va urug’ ipchalarini tuxum yo’llarining yuqori qismiga etkazishga taxminan bir xil vaqt kerak bo’ladi.

Shahvat (spermatozoid)lar bachadon nayiga qanday qilib tushadi?

Qinda urug’ to’kilgandan keyin ularning katta qismi qin ajratmasida saqlanuvchi sut kislotalarining ta’sirida halok bo’ladi. Ushbu urug’ suyuqligining ishqorli reaktsiyasi va bachadon bo’yinchasi kanalidan surib chiqilgan shilliqlar shahvatning bachadonga intilishiga maqbul shart- sharoit yaratib beradi.

Spermatozoid tashlangandan 30-40 daqiqa o’tgach, bachadonga etib boradi, bir-bir yarim soat o’tgandan keyin esa bachadon nayida bo’ladi. Spermatozoidlar ayollarning jinsiy yo’llaridagi bezlar ishlab chiqargan va naydan qinga qa- dar bo’lgan yo’nalishda joylashgan sekret oqimkga qarshi borish layoqatiga egadir.

Spermatozoidning harakatlanishi orgazm paytida tuxumdon tomonga yo’naltirilgan bachadon va nayning muskulli devorlari qisqarishi bilan engillashishi mumkin.

Spermatozoidlarning harakatlanish quvvati shunchalik ulkanki, ular bachadonga nafaqat qinning o’zidan, balki qinga kirish joyidan ham etib borishi mumkin.

Masalan, qizlarning homilador bo’lib qolish hodisalari ichida qizlik pardasi yirtilmay qolgan, ya’ni jinsiy aloqa bajarilmay qolgan, urug’ esa qinga kirish joyida to’kilgan bo’lsa-da, shahvat qizlik pardasining teshiklari orqali qinga, undan esa bachadonga kirib borganligi holatlari mavjud.

Shunday tarzda qizlik pardasi yirtilmay, aloqa qilish bajarilmay qolganda qiz nafaqat homilador bo’lishi, balki tanosil kasalligi bilan zararlanishi ham mumkin.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi

Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari

Ayol xionat qilishiga sabab nimada

Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir

Ayolni qoniqtirish

Spermatozoidlarning kirish harakati tezligi o’rtacha daqiqasiga 2-3 mm ga teng, biroq u turmush sharoiti, erkakning yoshi, muvofiq keluvchi urug’ ipchalarining yoshiga qarab yakka tartibda o’zgarib turadi, aftidan bir odamning o’zida har xil vaqtda turlicha bo’lishi mumkin.

To’siqsiz va bir xildagi yo’l bosishda (25 sm atrofida) spermatozoid uzunligidan 7000 barobar ko’p masofani bosib o’tadi, ya’ni bachadonning tashqi bo’g’izidan nayning yuqori uchidagi tuxum bilan uchrashguncha spermatozoidlar bir yarim-ikki soat harakat qiladilar, urug’lanish esa taxminan jinsiy aloqadan 12 soatdan keyin ro’y beradi.

Spermatozoidlarning bachadonga kirishini engillashtirish va shu yo’l bilan urug’lanishga yordamlashish maqsadida ayol jinsiy aloqadan keyin tos qismini balandroq ko’tarib chalqancha yotishi kerak.

Modomiki, eyakulyat sekinlik bilan suyular ekan, uning bachadon bo’yinchasi teshigi atrofida ko’proq ushlanib turgani zaruratdir.

Spermatozoidlar anchagina chidamliligi bilan ajralib turadi va o’zining harakatlanishiga layoqatini, ayniqsa, organizmning zaif ishqorli suyuqligida uzoq saqlab qolishi mumkin.

Zaif ishqorli eritmalar hayotiyligiga yaxshi ta’sir etib ilgari to’xtatgan barcha nordon eritmalar, metallarning tuz eritmalari yomon ta’sir ko’rsatib urug’ ipchalarini ishdan chiqargan, ularni harakatlarini sekinlashtirgan bo’lsa ham, hatto o’ldirib harakatni kuchaytirishi va tiklashi mumkin.

Bundan tashqari, spermatozoidlar kislorodsiz muhitda juda katta faollik ko’rsatishi mumkin, axir kislorod ularning harakatlanishini susaytiradi.

Spermatozoidlar haroratlar ta’siriga ham chidamli. Masalan,: ular tana haroratidan bir necha daraja yuqori bo’lgan haroratda ham, deyarli nol darajasigacha pasaygan sovuqda ham harakatlanishi mumkin.

Faqat nol va undan past sovuqda ularning harakatlanishi to’xtaydi.

Spermatozoidlarning harakatchanligi xona harorati (20-22 daraja)da tana harorati (370 daraja)ga nisbatan ikki barobar uzoqroq yashaydi. 56 darajadan yuqori bo’lgandagina shahvat harakatlanishi to’xtaydi va boshqa tiklanmaydi.

Ular uchun maqbul bo’lgan harorat (9-10 dara- ja)da spermalar o’z hayotiyligini 4-5 kungacha saqlab qoladi. Spermatozoidlarning hayotiyligida fruk- toza muhim o’rin tutadi, agar eyakulyatga fruktoza qo’shilsa spermatozoidlarning faolligi oshadi, yashovchanlik vaqti uzayadi. Yosh ulg’aygach, spermadagi fruktozaning tabiiy miqdori kamayadi.

Ayollarning jinsiy a’zolaridagi spermatozoidlar hayotining uzunligi tashqi muhitga bog’liqbo’lib, 30 soatdan 5-6 sutkagacha cho’zilishi mumkin. Biroq qorin bo’shlig’ida ular 20 soatdan keyin halok bo’ladi. Ayol qinida spermatozoidlar bir necha daqiqadan 2-3 soatgacha o’z yashovchanligini saqlab qoladi.

Homilador bo’lish maqsadi uchun spermatozoidlarning bachadonda, uning bo’yinchasi’ nayida favqulodda yashovchanligi (48 va undan ko’proq soat) juda qiziq va muhimdir. Bu, aftidan, tananing odatdagi haroratida oziqlanish muhiti, bo’yinchaning ishqorli shilliq va bachadon bo’shlig’idagi ishqorli sekreti bilan bog’liq bo’lsa kerak.

Biroq spermatozoidlar uzoq yashasa-da, urug’lantirish qobiliyatini harakatlanishga qaraganda ertaroq yo’qotishi mumkin. Birinchi jinsiy aloqadagi shahvat urug’lantirishga juda yaroqli bo’ladi.

Agar aloqa qisqa pauza bilan davom etaveradigan bo’lsa, har safar shahvat hajmi va miqdori kamayib, uning urug’lantirish layoqati pasayib boraveradi, oxiroqibat, oxirgi tushgan spermalar portsiyasi etilmagan spermatozoidlardan iborat bo’lishi mumkin.

5-7 kunlik tanaffusdan keyingi aloqada, ayniqsa, qimmatli shahvat hosil bo’ladi.

Tez-tez yoki ahyon- ahyondagi jinsiy aloqada etilmagan va eskirgan shahvatlardan tashqari, homilador qilishga yaramay- digan, shaklida patologik o’zgarishlar bo’lgan spermalar vujudga kelishi mumkin.

Shahvat qanchalik mo’l kelsa, homilador qilish imkoniyati ko’p bo’ladi. Shuningdek, kam miqdordagi spermalar qinning nordon sekretlarini bartaraf etishga qodir bo’lmaydi. Jinsiy hayotda o’rtamiyonalik spermatozoid- larning biologik faolligini oshiradi.

Spermatozoidlarning tuxumhujayra bilan birikishi faqatgina mexanik qo’shilish yo’li bilan emas, balki murakkab biokimyoviy jarayonlarda ham amalga oshirilmoqda.

Homilador qilish uchun bir dona spermatozoid kerak bo’lsa-da, bu yo’lda millionlab boshqalari qo’yiladi. Urug’lantirish jarayonida duch kelgan jinsiy hujayra birlashavermaydi, faqat biologik jihatdan har tomonlama muvofiq keladigan, naslning yashovchanligini ta’minlaydigani tanlanadi.

Har xil turdagi hayvonlarning, shuningdek, hayvonbilan odamning jinsiy hujayralarini biriktirib, urug’lantirishni amalga oshirib bo’lmaydi. Shuningdek, yaqin qarindoshlarning (masalan, akasingillar) jinsiy hujayrasi biriktirilganda, bu amalga oshishi mumkin, biroq ular o’rtasidagi haddan tashqari biologik o’xshashlik va nasliy yomon belgilarning to’planishi sifatsiz nasl berishi mumkin.

Ba’zilar juda og’ir nasliy o’tadigan kasalliklar, masalan, qon kasalliklari (ularning 50 dan ortiq turi ma’lum), bolalar paralichi, daun kasalligi (xromosoma kasalligi, oligofreniya, muskullar tarangligi susayishi, o’ziga xos qiyofa, barmoqlar kalta bo’lishi va bemorning aqli (esi) past bo’lishi bilan xarakterlanadi), karlik, ko’rlik kabilar bolalarda ko’p kuzatiladi, zero ularning ota-onalari qarindoshlik tomonidan juda yaqin bo’ladilar.

Qon- qarindoshlik qancha yaqin bo’lsa nasliy kasalliklar o’tish ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi. Qarindoshlar o’rtasidagi nikoh tahlillari shuni ko’rsatadiki, bolalar va o’smirlarda o’lik tug’ilishi va o’lim sur’ati yaqin qorindoshlar nikohida qarindoshlik yo’qlarga nisbatan ikki barobar ko’pdir. Nasliy majruhlik sabablaridan biri ham yaqin qarin- doshlar o’rtasidagi nikoh bo’lib qolmoqda.

Ko’pgina tadqiqot kuzatishlarida aniqlanishicha, tuxumhujayraga etib bormagan urug’ ipchalar shahvat bilan birgalikda bachadon va qin shilliq pardalariga so’rilib ketadi. Shahvat jinsiy yo’llar orqali so’rilarkan, ayolning butun organizmiga foydali ta’sir ko’reatadi, jumladan, asab tizimi funktsiyasining yaxshilanishiga yordam beradi.

Odatdagidek jinsiy hayotda ayol organizmi, garchand ilgari infantalizm (tananing rivojlanmaganligi va jinsiy a’zolarning zaifligi) aniqlangan bo’lsada,

taraqqiy etadi. Homiladorlik, tug’ish va bolani ko’krakdan oziqlantirish ayol organizmini batamom jismoiiy etuk holatga etkazadi, Shahvat nafaqat tirik jinsiy hujayralardan, balki har xil kimyoviy, biologik faol moddalar (oqsillar, gormonlar, fermentlar va boshqa)dan iborat bo’lib, ayol organizmiga so’rilib, uni to’yintiradi yoki bevosita tuxumdondagi pusht hujayralariga ta’sir ko’rsatib, homilaning shakllanishiga va rivojlanishiga yordam beradi.

Homila bir tomondan ota-onaning jinsiy hu- jayralariga o’tgan nasliy omillar, boshqa gomondan uni qurshab turgan muhit, ya’ni ona organizmi ta’sirida rivojlanadi. Ona va ota tomonidan nasliylikning ta’sir etishi teng darajada bo’ladi.

Biroq ona organizmi holatidagi yomon tomonga ozgina o’zgarish (kasalliklar, zaharlanish va boshqalar) pushtning rivojlanishini buzishi, nasliy omillarga yo’nalgan ta’sirni kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.
Urug’lanish jarayoni ko’proq hayvonlarda o’rganilgan.

Odamlarda urug’lanish jarayoni va bo’yida bo’lgandan keyin dastlabki paytlardagi pusht rivojlanishi juda kam o’rganilgan. Uruglangan tuxumning rivojlanishining erta davri haqida yaqinda ma’lum bo’ldi. Bu borada sun’iy urug’lantirilgan tuxumhu- jayradan hosil bo’lgan inson pushtlarining rivojlanishini o’rganish ancha qiziqarlidir.

Sog’lom ayollarda nayning uzunligi bo’yicha bachadongacha bo’lgan yo’lni tuxum 6-8 kunda bosib o’tadi. Har bir jinsiy aloqa homilador bo’lishga olib kelavermaydi: agar tuxum nay bo’yiga borayotgan yo’lida yashovchan spermatozoidlarni uchratmasa, halok bo’li- shi mumkin. Taxminlarga ko’ra, etilgan ayol tuxumio’zining urug’lanish xususiyatini 24 soatdan 48 soat- gacha saqlab turar ekan.

Ayrim olimlar asoslarga tayanib, ayollarning agar jinsiy aloqa vaqtida nayda etilgan tuxumhujayra bo’lsa jinsiy qo’zg’alish holatida osonroq homilz- dor bo’lishlarini ta’kidlaydilar. Har ikki jins vakilida orgazm paydo bo’lganda jinsiy aloqaga kirishsalar, bu etilgan tuxumhujayra va spermatozoidning birikishi uchun maqbul sharoit yaratib beri- lgan bo’ladi.

Homilador bo’lish o’z-o’zidan ayolning hayz ko’rish tsiklining biror-bir davriga bog’liq bo’lmaydi. U quyidagi fursatlari bilan aniqlanadi: tuxumdokdan etuk tuxumhujayralar ajraladigan vaqti, ayolning jinsiy a’zolarida spermatozoidning harakatlanishi tezligi bilan; tuxumhujayra o’zining uruglanish layoqatini saqlab qolish vaqtining uzoqligi; spermatozoid tomonidan urug’lantirish layoqa- tining uzoqligi bilan.

Urug’langan tuxumhujayrada assimilyatsiya va dissimilyatsiya (o’zlashtirishi va parchalanish) kabi barcha fiziologik jarayon juda tez o’sib boradi.

Urug’lanmagan tuxumhujayra bilan taqqoslaganda, unda oksidlanish — tiklanish jarayoni 70-80 mar- ta kuchayadi, maydalangan tuxumhujayraning har xil ozuqa moddalar uchun o’tkazuvchanligi keskin oshadi. Shu tarzda, spermatozoid urug’lantirishdan tashqari, yana tuxumni faollashtirib, unda almashinuv jarayonini jadallashtiradi va uning keyingi rivojlanishini tezlashtiradi.

Dastlabki 3-4 kun pusht ba- chadon nayida rivojlanadi.

Urug’langan tuxum asta-sekin nay bo’ylab bachadon bo’shlig’iga siljib boradi, u erda birmuncha vaqt sarson daydib yurgach, so’ngra uning qurshab turgan hujayralarning fermentsifat moddalarni ajratib chiqaruvchi o’ziga xos xususiyatlari tufayli shilliq qavatga o’tirib, unga mahkamlanadi.

Bu davrda bachadon shillig’iga ozuqa moddalar va mineral tuzlar (glikogen, yog’, oqsil, askorbin kislotalari va boshqa vitaminlar, kaltsiy tuzlari, temir va boshqalar) to’planadi. Bachadon shillig’idagi bu jarayon urug’langan tuxumni qabul qilish va oziqlantirishga qaratilgan qayta qurishdir.

Tuxumdondagi follikula tuxumidan bo’shagan joyda nimalar sodir bo’ladi?

Yuqorida eslatib o’t- ganimizdek, bu erda qolgan hujayralar qizg’in ko’payishni boshlaydi, ularda sariq pigmeney keyinga qoldiriladi, yangi, juda muhim ichki sekretsiyali bez – sariq tana rivojlanishni boshlaydi.

U alohida gormonlar (progesteron, relaksin va boshqalar) ajratib homiladorlikning me’yorda kechishini ta’- minlagan holda tuxumdonda yangi follikulalar etilishini, hayz kelishini to’xtatadi.

Sariq tana- ning vujudga kelishi, uning faoliyati va gormonlar ajratishini gipofizning gonadotropinli gormonlaridan biri — prolaktin ta’sirida ro’y beradi. Shunday qilib vujudga kelgan progesteron yangi boshqaruvchi omil sifatida urug’langan tuxumning nay bo’ylab o’tishi va uning joylashishigacha bachadon shillig’ini vujudga keltirib, tuxumning mustah- kamlanishiga va uning rivojlanishiga rag’bat berishiga yordamlashadi.

Binobarin, bachadon tuxumni qabul qilishga va pushgni rivojlantirishga oldindan tayyorlanadi. Ho- miladorlik rivojlanishi jarayonida progesteron ba- chadon va sut bezlarining keyingi rivojlanishiga ham rag’bat beradi.

Bu gormon ta’sirida bachadon kamroq ta’sirlanadigan bo’lib qoladi, birmuncha zaiflashadi, qon bilan mo’l ga’minlanadi, uning go’qimalari cho’ziluvchanligi va elastikligi ko’payadi, Bularning hammasi homilaning odatdagidek rivojlanishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, progesteron markaziy asab tizimlarining vazifasini bajarish holatiga ham ta’sir ko’rsatadi: homiladorlikda uxlatuvchanlik va narkotik ta’sir (og’riqni bosuvchi, karaxtlovchi, uyqu keltiradigan) beradi.

Tuxumdonning sariq tanasi vaqtincha besh-olti oy davomida faoliyat ko’rsatadi: qattiq o’sib, u tuxumdonning uchdan bir hajmiga etadi va homiladorlikning qo’riqchisi va himoyachisiga aylanadi, homiladorlikning bxiriga borib asta-sekin yo’q bo’lib ketadi.

Taxminan to’qqizinchi kunlarga borib urug’langan tuxumning ko’chib joylashuvi nihoyasiga etadi. U ko’pincha bachadonning orqa devoriga yoki ostiga mahkamlanadi va shitob bilan o’sishni boshlaydi. O’rtacha 280 kunga, ya’ni 40 haftaga yoxud 10 akusherlik oyiga cho’ziladigan homiladorlik rivojlanadi, homiladorlik kamroq davom etgan (270 kun) va un- dan kam muddat davom etganda ham yashovchan bolalar tug’iladi.

Ba’zan homiladorlik 290 va undan ko’proq kunga cho’ziladi. Aniqlanishicha, qiz bola ona qornida tez etiladi va o’g’il bolalarga qaraganda bir necha kun erta tug’iladi.

Urug’langan tuxum nay bo’ylab harakatlanishi vaqtida garchand hujayrada bo’laklanib, ferment to’plashni boshlasa ham umumiy hajmi ortmaydi. Uning o’sishi, og’irligining ko’payishi faqat shishgan va qonga to’lgan bachadon shillig’iga mustahkamlanganidan keyin ro’y beradi. Shu paytdan boshlab pusht embrion deb ataladi.
Bachadon shillig’iga o’rnashgan tuxum tezda yupqa

Ushbu maqolalarni ham o’qing:

tushda olgan

chayon tushda

toshbaqa tushda

tushda tuxum

(Visited 33,530 times, 2 visits today)
Rate article
( No ratings yet )
Tush tabiri mukamal sayt
error: Content is protected !!