JINSIY RIVOJLANISh VA ETILISh

JINSIY RIVOJLANISh JINSIY

JINSIY RIVOJLANISh VA ETILISh

Jinsiy munosabatlar haqida so’z yuritishdan oldin bolalarning jinsiy rivojlanishi va etilishi jarayoniga to’xtalib o’tishni joiz deb bildik. Zero, inson butun hayotining jadal rivojlanishi, kechinmalari, bilim va tajribaga ega bo’lishi uning bolalik hamda o’smirlik davriga to’g’ri keladi.

Erta o’smirlik yoshi — tarbiyaga keng qirrali yondashiladigan davr hisoblanadi. Aynan shu davrda o’smirlar birmuncha ochiq gapiraveradigan va ishonuvchan, o’z intilishlarida dadil, qiziquvchan bo’lib, shu paytda ularning kelajakdagi xarakterlarida foydali xususiyatlarni tarbiyalashga erishish mumkin.

Ota-onalar va tarbiyachilar bolalarning to’g’ri rivojlanishiga yordamlashishi, nafaqat jismoniy, balki aqliy va axloqiy sog’lom, uning jinsiy hayo- tida ham yuksak madaniyatli inson bo’lib etishishi- ga loyiq tarbiyalash yo’l-yo’riqlarini bilishlari, mahorat bilan aralashishlari lozim.

BOLALIK VA O’SMIRLIK

Bola tug’ilganidan keyin jinsi aniqlanadi. Chaqaloq organizmining o’zi bu tashqi alomatlarning kelgusi vazifalarini namoyon etmaydi. Qachonki, bola o’smir yoki qiz tarzida ulg’ayganda o’ziga xoslik ayon bo’ladi.

Jinsiy hissiyotning dastlabki nishonasi odatda, uyalishning paydo bo’lishi, qarama-qarshi jinsdagi shaxs oldida, ayniqsa, echinayotganda yoki jinsiy mavzudagi suhbatlarda o’zini noqulay sezishi tarzida vujudga keladi.

Organizm o’sib voyaga etgani sa- yin jinsiy hissiyot ham keskinroq namoyon bo’lib boradi, nihoyat bir jinsdagining boshqa jinsdagiga nisbatan ongsiz tarzdagi jinsiy ishqibozligi darajasiga etadi.

Kishining etilishini qo’pol qilib uchta katta davrga: umumiy o’sish va rivojlanish, jinsiy ishqibozlikni farqlamaydigan va jinsiy etilish davriga bo’lish mumkin.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi

Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari

Ayol xionat qilishiga sabab nimada

Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir

Ayolni qoniqtirish

Umumiy o’sish va rivojlanish davri – 8 yoshgacha bo’lgan davrda hech bir aniq va keskin jinsiy his- siyotlar hamda jinsiy intilishlar ko’zga tashlanmaydi, bu davrda risoladagidek bolalarda beix- tiyor tarzda bo’lsin, jinsiy sezgi alomatlari ko’zga tashlanmaydi.

Jinsiy ishqibozlikni farqlamaydigan davr — 8 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan davr bo’lib, bu paytda o’z yo’nalishini etarli belgilab olmaydi.

Ikki holat o’rtasida ikkilanib turadi. Qizlarda ham, o’g’il bolalarda ham bevosita va to’g’ridan-to’g’ri jinsiy qo’zg’alish bo’lmaydi. Biroq o’g’il va qiz o’rtasida yoki qizning dugonasi bilan, o’g’il bolaning o’rtog’i o’rtasida jinsiy ishtiyoq mavjud bo’ladi. Keyinchalik jinsiy etilish chog’iga kelib farqlanmaydigan jinsiy intilish g’oyib bo’ladi.

Aynan qarama-qarshi jinsga aniq ishqibozlik kuzatiladi. Boshqa jinsdagilar bilan munosabatning yo’qligi ayrim shaxslarda gomoseksuallikka moyillikning rivojlanishiga yo’l ochib beradi.

Jinsiy ishqibozlikni farqlamaydigan davr ta- savvurlardan hosil bo’lmaydi, balki tananing, ayniqsa, jinsiy bezlarning umumiy o’sishi natijasida kelib chiqadigan sezgilardir. Bu davr tushunarsiz sezgilarga va ko’ngildan his etishlarga, noaniq istaklarga hamda zerikishlarga to’ladir.

Ushbu maqolalarni ham o’qing:

tushda olgan

chayon tushda

toshbaqa tushda

tushda tuxum

beshik tushda

(Visited 1,961 times, 1 visits today)
Rate article
( No ratings yet )
Tush tabiri mukamal sayt
error: Content is protected !!