YUZ TERISINI UY ShAROITIDA PARVARISh QILISh

YUZ TERISINI UY ShAROITIDA PARVARISh QILISh

Hozirgi kunda deyarli barcha yirik kosmetik kompaniyalarning mahsulotlari asosini asal va sut, qolaversa, limon sharbati va shunga o’xshash ne’matlar tashkil qiladi. Lekin afsuski, tabiiy mahsulotlar asosida ishlab chiqarilgan kosmetik vositalarni boshqalaridan ajratib olib, xarid qilish juda mushkul. Shu sababli kosmetika vositasini xarid qilayotganda undagi yozuvlarga alohida e’tibor berish, sinchiklab o’qish zarur.

Eslatma: Yorliqsiz va noma’lum firmalarning mahsulotlarini xarid qilishni xayolingizga ham keltirmang.

Reklama qilinayotgan kosmetika hamda parfyumeriya vositalari barcha yuz terisiga ham to’gri kelavermaydi.
Eng maqbuli, kosmetik vositalarni uy sharoitida tabiiy mahsulotlardan o’zingiz tayyorlang. Ushbu vositalar niqob deb atalib, aynan uy sharoitida tayyorlangan niqoblarning ta’siri o’ta samaralidir.

Agar uy sharoitida tayyorlangan niqoblar bilan tayyor kremlarni bir-biri bilan solishtirsak, niqoblar terini kislorod, vitaminlar bilan ko’proq to’yintirib, yuz terisini nisbatan yaxshiroq namlantiradi va oziqlantiradi.

Tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan niqoblar boshqa kosmetik vositalarga qaraganda yuz terisini tezroq tozalash, yangilash, rangini tiniqlashtirish, quritish yoki namlantirish xususiyatiga ega. Ular qisqa vaqt ichida terida paydo bo’lgan ajinlarni tekislaydi.

Hozirgi kunda teri kasalliklari yoki kamchiliklarini bartaraf etish uchun mo’ljallangan qanchadan-qancha kosmetik preparatlar mavjud. Ammo ularni sotib olishga har doim ham barcha ayollarning imkoniyati bo’lavermaydi. Mana shunday paytda tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan niqoblar ayollarimiz uchun qul keladi.

Bir qarashda niqoblarning yuzga qanday qilib surtilishi juda oddiy va ahamiyatsizdek ko’rinadi.

Ammo ta’kidlab o’tish joizki, noto’gri harakatlar, bilib-bilmay surtilgan niqoblardan so’ng yuz terisida ajinlarning ko’payib ketishi, yuz mayin emas, dag’al bo’lib qolishi kuzatilishi mumkin.

Eslatma: Yuzga niqob surtishdan avval yuz terisi, albatta (tonal krem, pudra, rumyana va hokazodan) tozalanishi lozim. Shuningdek, krem surtilgan yuz terisiga ham niqob surtilmaydi. Chunki bunda niqobda mavjud bo’lgan foydali moddalar teri qatlamiga singib ketmaydi. Natijada muolaja samarasiz bo’ladi.

Yuz kosmetik sut (molochko), loson yoki tonik bilan artilgach, lozim bo’lsa skrab bilan ham tozalanadi.
Niqob tayyorlashning eng asosiy talablaridan biri — barcha tabiiy mahsulotlar yangi, hech qaeri urinmagan bo’lishi lozim. Deyarli barcha niqoblardan bir marta foydalaniladi. Niqob surtishdan avval sochlar yig’iladi va peshanaga tushib ketmasligi uchun boshga qalpoqcha kiyiladi. YUZ TERISINI

Niqoblar ko’z atrofiga surtilmasligini yodda tutish lozim.

Niqob surtishdan avval ko’z atrofiga biron- bir oziqlantiruvchi krem surtib olish tavsiya etiladi. Niqobni iyakdan peshana bo’ylab, tepa lab uchidan va burun devorchalaridan quloq bo’ylab, peshananing o’rtasidan chakka bo’ylab surtish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Qosh va qovoqlarga esa tegilmaydi. Shundan so’ng 15-20 daqiqa davomida ko’zlarni yumib yotish, yoqimli kuylardan birini eshitish tavsiya etiladi. Bu vaqt davomida yurish, gaplashish mumkin emas. YUZ TERISINI

Mana shunda niqoblarning ta’siri yanada samaraliroq bo’ladi. Niqoblar yuvilayotganda esa yuz tarangligini yo’qotmasligi uchun qo’llar iloji boricha ohista hara- kat qilmogi lozim. Shuningdek, yuzni sochiq bilan emas, maxsus salfetkalar bilan artish kerak.

Eslatma: Ba’zi mvvalar surtilganda oqib ketishi mumkin.

Shuning uchun ham bo’yin pastiga eskiroq sochiq qo’yib olgan ma’qul. Odatda, yuzdagi niqoblar yuvilayotganda sovun ishlatilmaydi. Yogli yuz terisini sovuq, quruq yuz terisini esa iliq suv bilan yuvish kerak.

Meva va sabzavotdan niqob tayyorlanayotganda metall idishlardan ko’ra sopol idish va yog’och qoshiqlardan foydalangan afzalroq. Niqoblar yuzga surtilishidan bir necha daqiqa avval tayyorlanadi va ulardan haftada bir-ikki marta foydalanishning o’zi kifoya.

Niqoblarni uzoq vaqt yuzda ushlab turish mumkin emas. Aks holda ular foydadan ko’ra ko’proq zarar keltirishi mumkin.
Niqoblar terining modda almashinuvini yaxshilaydi, yuz mushaklarini taranglapggiradi, yangi teri hujayralarini paydo qiladi. YUZ TERISINI

(Visited 687 times, 1 visits today)
Rate article
( No ratings yet )
Tush tabiri mukamal sayt
error: Content is protected !!