- YUZ UCHUN NIQOBLAR UY SHAROYITIDA TEZ VA OSSON
- ❖ Yog’li yuz terisi uchun
- ❖ Quruq yuz terisi uchun
- KARTOShKALI NIQOBLAR
- ❖ Po’stlog’i bilan qaynatilgan kartoshka
- ❖ Qariy boshlagan yuz terisi uchun
- ❖ Quruq yuz terisi uchun
- ASAALI NIQOBLAR
- ❖ Yog’li yuz terisi uchun
- ❖ Quruq yuz terisi uchun
- ❖ Normal yuz terisi uchun
- ❖ Serajin, quruq yuz terisi uchun
- ❖ So’lg’in yuz terisiga
- ❖ Yuz terisi tarang tortilib, silliq ko’rinishi uchun
- TUXUMLI NIQOBLAR
- ❖ Yog’li yuz terisi uchun
- Yokg’i serg’ovak (poristgy)
- Quruq yuz terisi uchun
- ❖ Quruq teri uchun
- ❖ Yuz terisini oziqlantiruvchi,
- ❖ Quruq va sho’rlagan teriga
YUZ UCHUN NIQOBLAR UY SHAROYITIDA TEZ VA OSSON
KARAMLI NIQOBLAR Yangi uzilgan karam sharbati tana a’zolarining salomatligi, shuningdek, yuz terisi uchun ham foydali ekan. Karamdan tayyorlanadigan niqoblar yuzni yoshar tirish va terini mayin qilish xususiyatiga ega.
❖ Yog’li yuz terisi uchun
yangi uzilgan karam bargi maydalanib, ko’pirtirilgan tuxum oqi bilan aralash- tiriladi. Bu niqob yuz va bo’yin terisiga 25-30 daqiqaga surtiladi.
❖ Achitilgan karam suvi bilan artilgan yuz terisi 10-15 daqiqalardan keyin avval iliq, so’ngra sovuq suv bilan yuviladi.
❖ Quruq yuz terisi uchun
maydalangan karam bargi sutda ezilguncha qaynatiladi. Bo’tqa holiga keltirilib, iliganidan so’ng yuz va bo’yin sohasiga 20 daqiqaga surtiladi. So’ng avval iliq, keyin sovuq suvda yuviladi.
KARTOShKALI NIQOBLAR
Mikroelementlar, uglevod, oqsil, kraxmal, V guruhi vitaminlari — bularning bari oddiy kartoshkada mavjud.
❖ Po’stlog’i bilan qaynatilgan kartoshka
archilib, yaxshilab eziladi, unga bir osh qoshiq smetana qo’shiladi. Bo’tqa holidagi ushbu niqob yuz terisini oziqlantirish va tinchlantirish xususiyatiga ega.
Shuningdek, xom kartoshka bo’tqasi ko’z osti qopchalari va shishlarini qaytaradi. Buning uchun qirg’ichning mayda tishidan o’tkazilgan xom kartoshka bo’tqasi ikki qavat doka orasiga bir tekis joylanib, qovoq sohasiga qo’yiladi. 30 daqiqadan so’ng, olib tashlanadi. Shundan keyin yuz sovitilgan moychechak damlamasida yuviladi.
❖ Qariy boshlagan yuz terisi uchun
iliq kartoshka bo’tqasiga bitta tuxum sarig’i, 1 osh qoshiq sut qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. So’ng yuz va bo’yin terisiga qoplab chiqiladi. 15-20 daqiqadan so’ng yuzdagi niqob yalpiz, jo’ka (lipa) gullarining teng nisbatdagi damlamasi bilan yuviladi.
❖ Quruq yuz terisi uchun
bir bo’lak kartoshka qirg’ichning mayda tishidan o’tkazilib, unga 1 choy qoshiq zaytun moyi va 1 choy qoshiq un qo’shiladi. Aralash- tirilgan bo’tqa yuzga surtiladi. Niqob 20 daqiqadan so’ng yuvib tashlanadi.
ASAALI NIQOBLAR
Asalli niqoblar yuz terisini mayin, silliq qilish xususiyatiga ega. Asal qo’shilgan niqob so’lg’in va qariy boshlagan teri uchun ham juda foydali hisoblanadi.
❖ Yog’li yuz terisi uchun
1 choy qoshiq asal yarim choy qoshiq limon sharbati bilan aralashtiriladi va 15- 20 daqiqaga yuzga surtiladi. So’ngra niqob artib tash- lanadi.
❖ Quyidagi niqob ham yuzni mayinlashtirish hamda rangini yaxshilash xususiyatiga ega. 2 osh qoshiq yaxshi pishgan gilos sharbatiga 2 choy qoshiq shaftoli yog’i qo’shiladi. Unga 1 osh qoshiq jo’ka asali solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Sovuq va qorong’i joyda 2-3 kun saqlanganidan so’ng xona haroratiga keltiriladi.
Ushbu balzam yuz terisiga 20 daqiqa surtilgach, iliq suv bilan yuviladi.
❖ Quruq yuz terisi uchun
1 choy qoshiq asal, bitta tuxum sarig’i, 1 osh qoshiq qaymoq oppoq bo’lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Massa yuz va bo’yin teri- siga 20 daqiqaga surtiladi. Iliq suvda yuvib tash- langanidan so’ng, yuz va bo’yin sohasi sovitilgan atirgul damlamasi bilan chayib olinadi. (Damlama uchun 2 ta atirgul g’unchasining yaproqlari 1 stakan qaynoq suvda damlanadi. 3 soatdan so’ng damlama tayyor bo’ladi).
❖ Normal yuz terisi uchun
suv bugida ilitilgan asal oldindan tozalangan teriga surtiladi. Yuz 15 da- qiqadan so’ng, paxtali tampon yordamida dastlab iliq, so’ngra sovuq suvda chayib olinadi.
❖ Serajin, quruq yuz terisi uchun
2 choy qoshiq asal, 1 osh qoshiq achchiq damlangan choy, 2 osh qoshiq suli yormasi, 1-2 osh qoshiq suv obdan aralashtiriladi. Aralashma suv bug’ida ilitiladi va yuz terisiga qalin qilib surgiladi. Ko’z va burun sohasida teshik qoldirishni unutmagan holda yuzga qog’oz salfetka va sochiq yopib qo’yiladi. Yuz terisi 15-20 daqiqadan so’ng paxtali tampon bilan tozalab olinadi.
❖ So’lg’in yuz terisiga
niqob surtishdan avval, yuzni bug’ vannasiga tutib turish kerak. So’ngra 1 choy qoshiq asal, bitta tuxum sarig’i, 1 choy qoshiq o’simlik yog’i, 1 choy qoshiq oddiy chetan (ryabina) sharbati aralapggiriladi- da, yuz va bo’kin sohasiga 15-20 daqiqaga surtiladi. Niqob ma’lum vaqt o’tgach tozalab olinadi.
❖ Yuz terisi tarang tortilib, silliq ko’rinishi uchun
1 osh qoshiq asal, 2 osh qoshiq un va bitta ko’- pirtirilgan tuxum oqi yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma paxtali tampon yordamida yuzga surtiladi. Niqob qurigach, ikkinchi, so’ngra uchinchi qavati sur- tiladi. 20-30 daqiqadan so’ng avval iliq, so’ngra sovuq suvda yuvib tashlanadi. Bu muolaja 10 kunda bir marta o’tkaziladi.
TUXUMLI NIQOBLAR
Qimmatbaho kosmetik vositalar tarkibiga qo’shila- digan ingredientlardan biri — oddiy tuxum. Uning tarkibida mikroelementlar, vitaminlar, xolesterin, letsitin va boshqa moddalar bor. Tuxumning sarig’ida mavjud bo’lgan katta miqdordagi letsitin moddasi teriga chuqur singgach, uni tekislab yoshartiradi. Shu bois u quruq hamda ajin tusha boshlagan teri uchun juda foydali hisoblanadi. Tuxumning oqi esa yuz te- risini taranglashtiradi.
❖ Yog’li yuz terisi uchun
bitta tuxum oqiga 1 choy qoshiq kamfora spirti qo’shiladi va har bir qavat niqob qurigach, navbatdagisi surtiladi. Jarayon uch qavat niqob surtilguncha davom ettiriladi.
Yokg’i serg’ovak (poristgy)
teriga tuxum oqi va 1 choy qoshiq limon sharbati, kvasets (tuzli birikma) kuchsunining yarim choy qoshiq aralashmasidan niqob tayyorlash mumkin. U 15-20 daqiqaga yuzga surtiladi va suv bilan yuvib tashlanadi. Jarayon haftada ikki martadan jami 20 marotabagacha amalga oshiriladi.
Quruq yuz terisi uchun
1 osh qoshiq un qaymoq bilan aralashtirilib, smetana holiga keltiriladi, kunirtirilgan bshta tuxum sarig’i qo’shiladi. Yuz va buyin terisiga 15-20 daqiqaga surtilgach, limon shar- bati qo’shilgan suv bilan yuvib tashlanadi. Bunda 1 stakan suvga 1 choy qoshiq nisbatda limon sharbati olinadi.
❖ Quruq teri uchun
olma qirg’ichdan o’tkazilib, 1 osh qoshiq zaytun yog’i va 1 osh qoshiq qaymoq bilan aralashtiriladi. Yuz terisi va bo’yinga surtiladi. 20 daqiqadan so’ng avval iliq, so’ng sovuq suvda yuvib tashlanadi.
❖ Yuz terisini oziqlantiruvchi,
silliqlashtiruvchi niqobni tayyorlash uchun bitga tuxum sarig’iga yarimta limon sharbati qo’shiladi va obdan aralashtiriladi. So’ngra 1 choy qoshiq zaytun yoki na’matak yog’i qo’shiladi. Niqob 20 daqiqa turganidan so’ng, yuz terisi iliq sutga botirilgan paxta tamponi bilan tozalab olinadi.
❖ Quruq va sho’rlagan teriga
maxsus tozalovchi loson tayyorlash uchun bip’a guxum sarig’i, 1 oga qoshiq o’simlik yog’i, 100 gramm qaymoq bitta limon sharbati bilan obdan aralashtiriladi. Unga 1 osh qoshiq asal, 100 gramm kamfora spirti va 100 gramm qaynatilgan suv qo’shib aralashtiriladi. Loson salqin, qorong’i erda saqlanadi.