Gaymorit va uning davolash yo’llari
Gaymorit — yuqori jag’ suyagi bo’shlig’i, ya’ni gaymor bo’shlig’ining shilliq pardasining yallig’lanishi bilan bo’ladigan kasallikdir. U ikki turga bo’linadi: o’tkir va surunkali. Shamollash, gripp, tumov, qizamiq, skarlatina va boshqa yuqumli kasalliklar bilan og’riganda ko’pincha o’tkir gaymorit xosil bo’ladi. Agar u o’z vaqtida to’liq davolanmasa, surunkali gaymoritga aylanishi mumkin.
Gaymoritning belgilari
Gaymorit bilan og’rigan kasalning yuqori jag‘ida va boshida og’riq xosil bo’ladi, bunda boshni burganda og’riq zo’rayib, burni bitadi va nafas olish qiyinlashadi. kasalning umumiy ahvoli og’irlashadi, harorati ko’tariladi. Gaymoritni oldini olish uchun azoizmni chiniqtirish, sof havoda ko’proq bo’lish va immunitetni kuchaytirish lozim.
Gaymoritni davolashda xalq tabobati yo’llari
Gaymorit kasalligida turli xalq tabobati yo’llari qo’llanilishi mumkin. Bular asoratlarni kamaytirish va yallig’lanishni yengillatishga yordam beradi:
- Piyoz va asal arlashmasi: Piyozning suvi va asalni teng miqdorda aralashtirib, burunga tomizish yallig’lanishni kamaytirishda samaralidir. Bu usul nafas olishni yengillashtirib, yallig’lanishni kamaytiradi.
- Zubturum bargi damlamasi: Zubturum bargidan 3 osh qoshiq, yong’oq bargidan bir osh qoshiq va bo’yimodaron o’tidan 2 osh qoshiq olib, ularni aralashtirib, bir stakan qaynoq suv quyib damlanadi. Bu damlamadan burun yuvish va ingalyatsiya uchun foydalaniladi.
- Kartoshka bug’i: Kartoshkani po’sti bilan qaynatib, unga yarim choy qoshiq asalari yelimi qo’shiladi. Idishga o’rab, uning bug’ida kundalik nafas olish muolajasi o’tkaziladi. Bu usul nafas yo’llarini tozalashda yordam beradi.
Ingalyatsiyalar uchun samarali usullar
Gaymoritni davolashda ingalyatsiyalar qo’llanilishi foydali hisoblanadi. Ingalyatsiya uchun turli damlamalar va qaynatmalardan foydalanish mumkin:
- Zirk po’stlog’i va ko’ko’t ildizi qaynatmasi: Zirk po’stlog’idan 10 g va ko’ko’t ildizidan 20 g olib, 200 ml sovuq suvda 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Keyin ingalyatsiya uchun ishlatiladi. Bu qaynatma gaymorit va boshqa nafas yo’llari kasalliklarida qo’llaniladi.
- Tirnoqgul va anjabor damlamasi: Tirnoqgul gulidan 10 g va anjabor o’tidan 5 g olib, ular ustiga 200 ml qaynoq suv quyiladi. Bir soat davomida damlab qo’yib, ingalyatsiya uchun foydalanish tavsiya etiladi.
Gaymoritni yengillashtirish uchun xalq tabobati yo’llari
- Mentol bilan bug’ ingalyatsiyasi: Mentol zarrachalari qaynoq suvda eritiladi va boshni o’rab, bug’idan 10-15 daqiqa nafas olinadi. Bu usul burinning bitishini yengillashtiradi va yallig’lanishni kamaytiradi.
- Asal va moychechak damlamasi: Moychechak va asaldan tayyorlangan damlamadan nafas olish ham gaymorit kasalligini yengillashtiradi.
Surunkali gaymoritda qo’llaniladigan davo yo’llari
Surunkali gaymoritda dorinarsalari bilan bir qatorda, xalq tabobati yo’llari ham qo’llanilishi mumkin:
- Suvanak yoki brusnika mevalaridan damlama: Suvanak yoki brusnika mevalaridan tayyorlangan damlama surunkali gaymoritda muolaja sifatida qo’llaniladi. U suv bilan aralashtirilib, burunga yuboriladi yoki nafas olish uchun foydalaniladi.
- Dalachoy o’tidan tayyorlangan damlama: Dalachoy o’tidan 3 osh qoshiq miqdorida olib, ustiga qaynoq suv quyiladi va kun davomida ichib turiladi. Bu damlama nafas yo’llarini tozalashda samarali.
Gaymorit va boshqa nafas yo’llari kasalliklarida yuqoridagi usullar kasallikni yengillashtirish va davolashda samarali bo’lib, ularning muntazam qo’llanilishi kasalning ahvolini yaxshilashga yordam beradi.
Husnbuzar tushda
tushda sumalak ko’rish
tushda oyoq kiyim
folbin-tushda
soch-tushda