ILK AJINLAR VA ULARDAN XALOS BO’LISh
E’tirof etish joizki, ko’z atrofidagi ajinlar hammada paydo bo’ladi, faqat kimdadir ertaroq, kimdadir esa kechroq.
Ularning paydo bo’lishiga teri holatining yomonlashuvi, oftob nuri, yogayotgan qordan ko’zimizni qisishimiz, kosmetik vositalarning nojo’ya ta’siri, pguningdek, yuz mushaklarining doimiy qisqarishiga sabab bo’lgan tuyg’ularimizning yuzimizda aks etishi, qosh chimirish, burun jiyirish, peshanani tirishtirish kabi odatlar kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Ajinlardan butkul qutulishning iloji bo’lmasa-da, ularni bilintirmaslikka harakat qilib ko’rish mumkin.
Mimik ajinlardan qutulish uchun, avvalo, har bir inson o’zini, xususan odat va ko’nikmalarini nazorat qilishni o’rganishi lozim. Ularga qarshi qancha ertaroq kurashsangiz, natija shuncha yaxshiroq bo’ladi. Suhbat va kulgu jarayonidagi har bir holat yuzingizda aks etishini doimo xotirada saqlash lozim.
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:
Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi
Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari
Ayol xionat qilishiga sabab nimada
Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir
Ko’z atrofidagi soha nozik va mayin, shuningdek, qurishga moyil bo’ladi.
Shu sababli ko’z atrofi sohasiga alohida e’tibor qaratish zarur. Buning uchun aloe va efir moylaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tabiiy usulda olingan efir, xususan, shaftoli, o’rik va bodom moylari terini namlantirishga, tarkibida 98 % aloe bo’lgan maxsus gel ajinlarni yo’qotishga yordam beradi.
Kipriklarga esa oz-ozdan chakamug’ (repeynik) va kastorka (kanakunjut) yog’larini surtib qo’yish mumkin. Bu yog’lar kiprikni mustahkamlab, ularning o’sishini tezlashtiradi.
Oddiy tuxum oqi yuzdagi mimik chiziqlarni tekislashda yordam beradi. Yuz terisiga surtilgan tuxum oqi qurigandan so’ng teri taranglashadi. Ushbu muolajaning bir oyda o’n marta bajarilishi maqsadga muvofiq.
Inson organizmidagi oqsillar ham teriga katta ta’sir o’tkazadi.
Chunki aynan ana shu oqsillar — kollagen terining silliq va tarang bo’lishini ta’minlaydi. Asta-sekinlik bilan kollagen tolalarining bu xususiyati yo’qola boshlaydi. Natijada ushbu modda tanqisligi tufayli teri chuqur qatlamlarida bo’shliq hosil bo’ladi. Ana shu bo’shliq ajinlarning paydo bo’lishiga zamin yaratadi.
Ushbu maqolalarni ham o’qing:
Tarkibida kollagen mavjud bo’lgan preparatlar ana shu bo’shliq, ya’ni terining yuza qatlamiga singib, ajinlarni tekislash, taranglashtirish va elastikligini ta’minlash xususiyatiga ega. Kollagen sifati va olinishiga ko’ra bir-biridan keskin farq qiladi.
U o’simlik, hayvon va dengiz mahsulotlaridan olinishi mumkin. Dengiz mahsulotlaridan olingan kollagen boshqalariga nisbatan inson kollagen tizimiga ko’proq mos keladi va teri ichki qatlamiga oson singadi. Shu bois ham kollagen terini namlantiruvchi vosita sifatida ham keng qo’llaniladi.
Kosmetologlar kollagenning yaxlitligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar sifatida kashandalik va spirtli ichimliklar iste’mol qilishni misol qilib ko’rsatishadi. Shuningdek, to’g’ridan-to’g’ri tushib turgan quyosh nuri ham kollagenni nobud qilar ekan. AJINLAR
Kosmetik kremlar tarkibiga yana bir preparat, ya’ni retinol
— A vitaminining kiritilishi ham kosmetologiyada tub o’zgarish yasadi. Retinol aslida retinoidlarning ajoyib shakli bo’lib, A vitamini mahsuli hisoblanadi. Retinol quyosh nuri ta’siri tufayli terida paydo bo’ladigan keksayish alomatlarini yo’qotadi. Shunisi qiziqki, retinoidlar turli yoshdagi xotin-qizlarning terisiga birdek mos tushar ekan.