PARDOZ KOSMETIKA VOSITALARIDAN FOYDALANIShDA YO’L QO’YILADIGAN XATOLAR

PARDOZ  Foydali

PARDOZ KOSMETIKA VOSITALARIDAN FOYDALANIShDA YO’L QO’YILADIGAN XATOLAR

Kosmetika vositalari teri, soch va tirnoqlarga hech qanday zarar etkazmasligi, aksincha, sog’lom hamda go’zal ko’rinishni ta’minlab, ularning parvarishida faqat ijobiy ta’sir ko’rsatishi lozim. Ammo har doim ham shunday bo’lavermaydi.

Har bir kosmetika vositasining teri uchun oz bo’lsada, qandaydir salbiy ta’siri bor.

Chunki kosmetik vositalar tarkibida teri uchun zararli qo’shimchalar ham mavjud, shu bois ularni xarid qilishda qadoq idishidagi juda mayda harflar bilan yoziltan ma’lumotlarni ham diqqat bilan o’qib chiqish zarur.

Masalan, alyuminiy tuzlari demakiyatorlar, piling vositalari, dezodorantlar, antiperspirantlar tarkibida mavjud. Bu tuzlar teri teshikchalarini yopib, nafas olishiga imkon bermaydi. Bu bir tomondan ko’p terlashning oldini olsa, ikkinchi tomondan teri uchun zararli hisoblanadi. Shuning uchun ham ulardan doimiy ravishda foydalanish noo’rin.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi

Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari

Ayol xionat qilishiga sabab nimada

Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir

Ayolni qoniqtirish

 

Ayollarimiz kosmetik vositalardan foydalanishda bir qator xatolarga yo’l qo’yishadi.

Yaroqlilik muddati o’shb ketgan kosmetika vositasini tashlab yuborishga ko’zlari qiymaydi. Chunki, birinchidan, unga ko’nikib qolishgan, ikkinchidan esa yangisi qimmat turadi.

O’tkazilxan tadqiqot natijasiga ko’ra, oqibati nimaga olib kelishi mumkinligi haqida batafsil ma’luxchotga ega bo’lsalarda, 35 foiz ayol yaroqlilik muddati tugagan yoki eskirgan pardoz vositalaridan iqtisod qilish maqsadida foydalanar ekan. Yaroqlilik muddati o’tgan vositalardan foydalanish ayollarning tyorini parvarish qilishdagi yagona xatosi emas.

Podvodka bilan qovoqning ichki chizig’ini chizish ham xato hisoblanadi.

Chunki podvodka bilan ko’z namligi jamlanadigan joylar bo’yalsa, uni tezroq tashlab yuborishingizga to’g’ri keladi. Aslida ko’z uchun mo’ljallangan suyuq podvodka va qalamlarning yaroqlilik muddati ikki yil atrofida bo’ladi. Biroq namlik bakteriyalarning o’sishi va ko’payishiga yo’l ochib beradi. Bundan tashqari, bu xato yanada jiddiy oqibatlarga olib kelishi, jumladan, kosmetika ko’z yoshi bezlarini to’sib, qizarish, achishish va og’riqli holatlarga sabab bo’lishi mumkin. PARDOZ

Aksariyat tushlarning yaroqlilik muddati 3-6 oyni tashkil etadi.

Yaroqlilik muddati o’tgan tushdan foydalanish ayollarimizning navbatdagi xatosi bo’lib, eskirgan tushning kipriklarga salbiy ta’siri talaygina. Xususan, idishi va cho’tkasida qotib, qurib qolgan tush qoldiqlari ko’z infektsiyalari, shu jumladan, shilliq parda bakteriyalarining ko’payishiga olib keladi. Yaroqlilik muddati o’tgan tush idishida mikroblarning ko’payishi uchun qulay sharoit mavjud.

Pardoz-andoz qilishni xush ko’ruvchilar makiyaj uchun ishlatiladigan cho’tka va applikatorlarni toza saqlashni unutmasliklari lozim. Foydalanilgan vositalarga infektsiya tushmasligi uchun ularni har ishlatgandan so’ng yuvib turish kerak. PARDOZ

Kosmetik cho’tka va apilikatorlar teriga muntazam ravishda tekkizilgani tufayli ularda pardoz vositalarining yuqi qolib ketadi hamda qayta ishlatish asnosida kasallik chaqiruvchi infektsiyalar teriga xavf soladi. Shu bois har bir pardozdan so’ng yoki bir oyda to’rtbesh marotaba ularni oddiy shampun bilan yuvib quritishga e’tibor berish kerak.

Makiyaj asosi sanalgan tonal kremni deyarli barcha ayollar qo’l barmoqlari yordamida yuzga surtishadi.

Bugungi kunda mutaxassislar bunga ham e’tiroz bildirishayapti. Gap shundaki, barmoq terisi va tirnoqlar ostida doimo bakteriyalar to’planadi va ular yordamida yuz terisiga krem surtish birmuncha zararli.

Soha utaxassislarining e’tirof etishicha, bu usul bilan pardoz qilinganda, hatto yorug’likdan himoya qilingan suyuq kosmetika vositasi idishiga ham turli kasallik chaqiruvchi mikroblar tushishi ehtimoli bor ekan. Aynan shuning uchun makiyaj avvalida tonal krem yuzga faqat sponjlar yordamida surtilishi lozim. Sponjlarni ham muntazam ravishda sovunli iliq suvda yuvib turish kerak.

Ushbu maqolalarni ham o’qing:

tushda olgan

chayon tushda

toshbaqa tushda

tushda tuxum

 

Oziqlantiruvchi kremlar va boshqa tungi pardoz vositalari teriga yaxshi ta’sir kursatadi.

Ammo qarangki, ba’zida paxtali choyshablar ushbu vosi- talarning ijobiy ta’sirini kamaytirar ekan. Nega deysizmi? Gap shundaki, dag’al paxtali mato kosmetikaning teriga singishiga tusqinlik qiladi. Shu bois bunday matolardan tikilgan ko’rpa-tushak choyshablarini ipak gazlamalarga almashtirgan ma’qul. Ularning tolalari paxtaga nisbatan mayinroq buladi, shu bilan birga, teriga yoqadi. PARDOZ

Tadqiqot natijalariga kura, faqatgina Buyuk Britaniyaning uzida atigi bir necha bor qullab kurgan kosmetika vositalari uchun ayollar yiliga 400 million funt-sterling sarflashar ekan. Pardoz vositalarini tez-tez uzgartirish terining sezuvchanligini oshiradi. Bu esa teriga salbiy ta’sir qiladi, teri siniq va za’faron tusga kiradi.

Dermatologlar bir turdagi kosmetik vositani hech bo’lmaganda 5 hafta ishlatish lozimligini maslahat beradilar (albatta, yuz terisiga allergiya beradigan pardoz ashyolari bundan mustasno). Zero, aynan pgu muddatda kosmetik vosita ta’sirining natijasini qayd etish mumkin. PARDOZ

Pardoz vositalarinihaddan ziyod ishlatishhamuning samarasini yuqotadi.

Bunda teri hujayralarining tabiiy yangilanishi izdan chiqadi. Bu hol, ayniqsa, kuz atrofi terisiga salbiy ta’sir etadi. Jumladan, ajinlar paydo bulib, teri osilishiga sabab buladi.

Eksfoliatsiya

— terini tarang hamda silliq qi- lishning tez va oson usuli. Biroq skrablardan nourin va kup foydalanish teskari natijaga olib keladi. Xususan, teri quruqshaydi, qizaradi, hatto yallig’lanishi ham mumkin. Boz ustiga, takror va takror eksfoliatsiya qilish terining tabiiy himoya kuchini zaiflashtirib, ultrabinafsha nurlarning zararli ta’siriga moyil qilib quyadi. Buning natijasida esa teri tez qariydi. PARDOZ

(Visited 1,461 times, 1 visits today)
Rate article
( No ratings yet )
Tush tabiri mukamal sayt
error: Content is protected !!