QURUQ YUZ TERISI UChUN NIQOBLAR

QURUQ YUZ Foydali

QURUQ YUZ TERISI UChUN NIQOBLAR

Shuni yodda tutish kerakki, quruq teri uchun niqob- lar tanlayotganda yoki tayyorlayotganda juda ehtiyot bo’lish lozim. Chunki quruq teri juda nozik va ta’sirchan bo’ladi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, bu teri mo’’tadil va yog’li teriga qaraganda allergiyaga moyilroq ekan.

Yuzga surtiladigan niqoblar tozalovchi, oziqlantiruvchi, namlantiruvchi xususiyatga ega. Shulardan bir qanchasini sizga taklif qilmoqchimiz.

 

Namlantiruvchi niqob

1 dona tuxum sarig’i ko’pik hosil bo’lguncha ata- lanadi. Unga 1 choy qoshiq qizil sabzi suvi, yarim choy qoshiq limon suvi, 1 choy qoshiq qirg’ichning mayda tishidan o’tkazilgan karam, 2 choy qoshiq o’simlik yog’i va 2 choy qoshiq yog’siz sut qo’shiladi. Yaxshi aralashtirilgach, yuzga surtiladi.

Niqobning ko’z atrofiga tegmasligiga harakat qiling. 15 daqiqadan so’ng yuvib, yuzga oziqlantiruvchi yoki namlantiruvchi krem surtiladi.

Oziqlantiruv chi niqob

1 dona tuxum sarig’i, 1 choy qoshiq meva yoki sabzavot- li krem, 1 choy qoshiq o’simlik yog’i aralashtirilgach, yuzga surtiladi. 15 daqiqadan keyin yuzni qaynatib sovitilgan suv bilan yuvib, paxta bilan artib tashlash kerak. Shundan so’ng yuzingizga krem surtishingiz mumkin.

Vitaminli niqob

2 choy qoshiq yog’li oziqlantiruvchi kremga 20 tomchi vitamin A, 10 tomchi vitamin E, 10 tomchi vitamin D (yoki aloe suvi) qo’shiladi va niqob maxsus cho’tka yordamida aylana harakatlar bilan yuzga surtiladi. 10 daqiqadan keyin niqobni iliq suv bilan yuvib tashlash mumkin.

Chakanda (oblepixa)li niqob

2 osh qoshiq chakanda yoki na’matak yog’ini 10 tomchi A vitamini, 1 choy qoshiq asal, 1 dona tuxumning sarig’i bilan aralashtirib, 10 daqiqaga yuzga surtiladi. So’ngra iliq suv bilan yuviladi. Shundan keyin 5 daqiqaga yuzga nam doka qo’yiladi. Doka olinganidan so’ng yuzga oziqlantiruvchi krem surtiladi.

 

BOAOMLI niqob

1 choy qoshiq qizilpoycha (zveroboy) damlamasi, 1 choy qoshiq bodom yogi, bitta tuxum sarig’i aralashtiriladi va 20 daqiqaga yuzga surtiladi. So’ngra niqob yuvib tashlanadi va yuzga oziqlantiruvchi krem surtiladi.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi

Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari

Ayol xionat qilishiga sabab nimada

Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir

Ayolni qoniqtirish

Choyli niqob

1 choy qoshiq mayonez va 1 choy qoshiq oziqlantiruvchi krem aralashtiriladi. Aralashtirish davomida 1 choy qoshiq achchiq choy tomchi-tomchi qilib qo’shiladi. So’ng- ra niqobning bir qismi aylana harakatlar bilan yuzga surtiladi. 2-3 daqiqadan keyin niqobning qolgan qismi surtiladi. 20-30 daqiqadan so’ng teng miqdordagi sut va suv aralashmasi bilan niqob yuvib tashlanadi.

MevalarAan namlantpruvchi niqob

2-3 dona malina, 2-3 dona qulupnay, 1 dona o’rik qir- g’ichning mayda tishidan o’tkaziladi. Unga 1 choy qoshiq mayda to’g’ralgan karam va 1 choy qoshiq sut qo’shiladi. Barcha masalliqlar yaxshilab aralashtirilgach, 15 daqiqaga yuzga surtiladi. So’ngra avval iliq, keyin sovuq suv bilan yuvib tashlanadi. QURUQ YUZ

Tvorogli niqob

2 choy qoshiq yog’li tvorog, 2 choy qoshiq sut, 2 choy qo- shiq sabzi suvi aralashtiriladi va 20 daqiqaga yuzga surtiladi. So’ngra yuzdagi niqob qoldiqlari moychechak damlamasiga botirilgan paxtali tampon bilan artib tashlanadi.

Asalli va zaytun yogili niqob

Teng miqdordagi asal va o’simlik yog’i aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan aralashmani isitish uchun 38-40 daraja haroratga qo’yiladi. So’ng aralashmaga dokali salfetkalarni botirib olib, yuzga 20 daqiqacha

qo’yiladi. Keyin yuzdagi aralashmani qog’oz salfetka bilan shimdirib olib, niqobning qolganlari loson yordamida artib gashlanadi.

Niqob 2 osh qoshiq suli yormasi, 1 osh qoshiq asal va zaytun yog’i, 30 millilitr sut va 3 tomchi limon sharbati aralashtirilib, tayyorlanadi. So’ng yuz terisiga 15-20 daqiqaga surtib qo’yiladi. QURUQ YUZ

Sabzvli viqob

1 dona tuxum sarig’i, 1 choy qoshiq asal va 1 choy qoshiq sabzi sharbati aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan bo’tqa 15-20 daqiqaga yuzga surtiladi, so’ng teng yarim miqdorida sut va qaynatilgan suv aralashmasi yor- damida yuvib tashlanadi. Mazkur aralashmaga 10-15 tomchi limon sharbati ham qo’shish mumkin.

Sutli nihob

1 osh qoshiq asal hamda 1 osh qoshiq sut aralashtirilgach, unga bodom kepagi qo’shiladi. So’ngra bar- cha masalliqlar quyuq massa holiga kelguncha aralashtiriladi. Niqob yuz hamda bo’yin terisiga 10-15 daqiqaga surtib qo’yiladi.

Malinali niqob

Yarim piyola malinaga 1 choy qoshiq asal qo’shiladi va bir xil massa holiga kelguncha yaxshilab aralashti- riladi. Niqob 10-15 daqiqaga yuz va bo’yin terisiga surtiladi. Keyin avval iliq, so’ng sovuq suv bilan yuviladi.

Tvorogli niqob

1 choy qoshiq tvorogta yarim choy qoshiq asal, 1 choy qoshiq sut yoki qatiq solib aralashtiriladi. Tay- yor bo’lgan aralashma yuz terisiga surtiladi va 15-20 daqiqa ushlab turiladi. So’ng iliq suvda yuvib tash- lanadi va yuz terisi limon bo’lagi bilan artiladi.

Qora von qo’shib tayyorlangan niqob

1 bo’lak qora non ustiga 30 millilitr qaynoq sut quyiladi va 3-5 daqiqa ivitiladi. So’ng 1 osh qoshiq asal, 1 dona tuxumning sarig’i va 1 dona ampula ichidagi A vitaminini solib, yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan aralashma yuz terisiga 15-20 daqiqaga surtib qo’yiladi.

Lnmon va asal aralashmasidan tayyorlangan niqob

100 gramm asalga 1 dona limon sharbati qo’shib aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan aralashma yuz terisiga yupqa qilib surtiladi va 5-10 daqiqa ushlab turiladi, so’ng sovuq suvda yuvib tashlanadi. Ushbu niqob quruq yoki yog’li bo’lmagan o’rtacha yuz terisi uchun ham foydali. QURUQ YUZ

Piyozli niqob

Qaynatib pishirilgan 2 bosh piyoz yaxshilab ezilib, 2 osh qoshiq asal qo’shiladi.
Aralashma oldindan tozalangan yuz terisiga surtiladi va 15-20 daqiqadan so’ng nam salfetka bilan artib tashlanadi.

Qulupnayli niqob

3-4 dona qulupnay yog’och qoshiq bilan eziladi. 1 choy qoshiq asal qo’shilib, bir xil massa holiga kelguncha yaxshilab aralashtiriladi. Niqob 10-15 daqiqaga yuz va bo’yin terisiga surtiladi. Keyin avval iliq, so’ngra sovuq suv bilan yuviladi.

Tarvuzli nyaqob

Bir oz miqdordagi ezilgan tarvuz 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Suli yormasi ham qo’shilib, yaxshilab aralashtiriladi. 15-20 daqiqa davomida yuzga surtilganidan so’ng niqob iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

 

Tuxumli niqob QURUQ YUZ

1 dona tuxum sarig’i bilan 1 osh qoshiq asal yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor bulgan masalliq yuz terisiga surtilib, 10~15 daqiqa ushlab turiladi.

Bunday niqobdan har kungi ertalabki pardoz oldidan foydalanish mumkin. Niqobdan ajinlarning oldini oluvchi vosita sifatida foydalanish tavsiya etiladi.

Qaymoqli niqob

Qaymoq, limon sharbati va 5 %li vodorod peroksidi aralashtiriladi. Yuzga cho’pga o’ralgan paxta yordamida pastdan tepaga qarab surtiladi. Niqob ozgina quri- ganidan sung ustiga yupqa qilib paxta qo’yiladi. 30~ 40 daqiqa o’tgach, iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

Namlantiruvchi niqob

Bir dona tuxum sarig’i kupirtirilib, unga 2 choy qoshiq o’simlik yog’i, 1 choy qoshiq qizil sabzi suvi, 1 choy qoshiq qirg’ichdan utkazilgan karam, 2 choy qo- shiq sut, yarim choy qoshiq limon sharbati qushiladi. Yaxshilab aralashtirilganidan sung yuzga surtiladi. 15 daqiqa utgach, niqob yuvib tashlanadi.

Glitserinli niqob

Bir dona tuxum oqi kupirtiriladi. Unga 1 choy qoshiq limon sharbati, 1 choy qoshiq glitserin, 1 choy qoshiq o’simlik yog’i qushiladi. Barcha masalliqlar aralashtirilgach, yuzga 10 daqiqagacha surtiladi.

Oqartiruvchi niqob

tg’imonning yumshoq qismi eziladi va un qushib, yaxshilab aralashtiriladi. Niqob 10-15 daqiqacha yuzga surtib quyiladi. Niqob qaynab bir oz sovigan suvda yuviladi. Sung yuzga yog’li krem surtiladi. Ushbu niqob quruq yuz terisini tiniqlashtiradi. QURUQ YUZ
Ushbu maqolalarni ham o’qing:

tushda olgan

chayon tushda

toshbaqa tushda

tushda tuxum

(Visited 12,114 times, 2 visits today)
Rate article
( 1 assessment, average 3 from 5 )
Tush tabiri mukamal sayt
error: Content is protected !!