- YOGLI YUZ TERISI UCHUN NIQOBLAR TAYORLASH
- Xamirturush va vodorod peroksidli iiqob
- Tuxumli nihob
- Asalli Nqob
- Tuxum oqi va limonli niqob
- Tortuvchi niqob
- Tvorog va smetanali niqob
- Sabzi va unli niqob
- Malinali niqob
- PomiAorli niqob
- Pomidor va ukropli niqob
- Qovun va hatihlya niqob
- Borat kislotali niqob
- Tvorog va asalli niqob
- Tuxum oqidan tayyorlangan niqob
- Undan tayyorlangan niqob
- Bodringli niqob
- Moychechak damlamasidan tayyorlangan niqob
- Kepak qo’shilgan asalli niqob
- Tvorogli niqob
- Petrushkali niqob
- Glitserinli nitsob
- Tuxumli niqob
- Karamli niqob
- Smetanali niqob
- Xamirturushli niqob
- Maxsus aralashmali niqob
- BOARING va limonli niqob
- Sabzili nnqob YOGLI YUZ
YOGLI YUZ TERISI UCHUN NIQOBLAR TAYORLASH
Yog’li yuz terisida mayda teshikchalar ko’p bo’ladi va tez kirlanadi. Shuning uchun yog’li yuz terisi uchun mo’ljallangan niqoblar ko’proq tozalovchi yoki tortuvchi xususiyatga ega bo’lishi kerak. Shundan keyingina oziqlantiruvchi yoki namlantiruvchi niqoblarni surtish mumkin.
Xamirturush va vodorod peroksidli iiqob
20 gramm xamirturush, 1-2 tomchi limon suvi, 3 % li vodorod peroksidi aralashtiriladi va ko’pirtirilgan massa 15-20 daqiqaga yuzga surtiladi. So’ngra yuz avval iliq, keyin sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.
Tuxumli nihob
1 dona tuxumning oqi ko’pirtiriladi. Ko’pirtiril- gach, 1 choy qoshiq un oz-ozdan qo’shiladi va yuzga sur- tiladi. Qurishi bilan niqob qoldiqlari paxtali tampon bilan qoqib tashlanadi.
Asalli Nqob
1 dona tuxumning oqi ko’pirtiriladi, so’ngra 1 choy qoshiq asal va yarim choy qoshiq un qo’shiladi. Yaxshilab aralashtirilgach, 20 daqiqaga yuzga surtiladi, so’ng iliq suv bilan yuviladi.
Tuxum oqi va limonli niqob
1 dona tuxumning oqi ko’pirtiriladi va unga 1 choy qoshiq limon suvi qo’shiladi. Niqob 20 daqiqaga yuzga surtiladi. So’ngra avval iliq, keyin sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.
Tortuvchi niqob
Bitta tuxumning oqi ko’pirtiriladi va unga 3 choy qoshiq borat kislotali suv qo’shiladi. 20 daqiqaga yuzga surtilgach, sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.
Tvorog va smetanali niqob
100 gramm tvorog 1 osh qoshiq smetana bilan ara- lashtiriladi. Unga 1 dona tuxumning ko’pirtirilgan oqi qo’shiladi. 15-20 daqiqaga yuzga surtilganidan so’ng avval iliq, so’ngra sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.
Sabzi va unli niqob
1 dona qizil sabzi qirg’ichning yirik tishidan o’tka- ziladi va bitta tuxumning ko’pirtirilgan oqi bilan aralashtiriladi, ozgina un ham qo’shiladi. Yaxshilab aralashtirilgach, 15-20 daqiqaga yuzga surtiladi. So’ngra yuvib tashlanadi.
Ushbu niqob teriny yumshatadi va yuzdagi teshik- larni toraytiradi.
Malinali niqob
1 osh qoshiq ezilgan malina va 1 osh qoshiq suyuq asal aralashtirilgach, 20-30 daqiqaga yuzga surtiladi. S^gra iliq suv bilan yuvib tashlanadi.
PomiAorli niqob
1 dona yaxshi pishgan pomidorning ustidan avval qaynagan, so’ngra sovuq suv quyiladi. Po’stlogi olin- gach, sanchqi bilan eziladi-da, 20-30 daqiqaga yuzga surtiladi. So’ngra sovuq suv bilan yuviladi.
Pomidor va ukropli niqob
1 dona o’rtacha kattalikdagi pomidorning ustiga avval issiq, so’ngra sovuq suv quyiladi. Po’stlog’i to- zalangach, qirg’ichdan o’tkaziladi.
2 ta tuxum sarig’i ko’pirtiriladi.
1 bog’ ukrop ildizi bilan qirg’ichdan o’tkazilgach, suvi dokadan suzib olinadi.
Barcha masalliqlar aralashtirilgach, 10-15 daqiqaga yuzga surtiladi. So’ngra niqob iliq, keyin esa sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.
Qovun va hatihlya niqob
Yaxshi pishgan qovunning kichkina 1-2 bo’lagi po’s- tidan tozalanadi va sanchqi bilan eziladi. Unga 2 osh qoshiq qatiq qo’shilgach, yaxshilab aralashtiriladi. Niqob yuzga 20-25 daqiqaga surtilganidan so’ng sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.
Ushbu niqob qattiq tortish xususiyatiga ega bo’lgani uchun uni haftada bir marta bajargan ma’qul.
Borat kislotali niqob
1 dona bodring po’sti bilan qirg’ichning mayda tishi- dan o’tkaziladi hamda yarim choy qoshiq borat kislotasi qo’shiladi. Masalliqlar yaxshi aralashtirilgach, idish 5-6 daqiqaga suv bug’iga qo’yiladi.
Undan olingach, ozgina ilitiladi. Aralashmadan ajralib chiqqan suv bilan paxtali tampon yordamida yuz va bo’yin sohasi artiladi. So’ngra qolgan aralashma ikki-uch qavat dokaga teng taqsimlanib, yotgan holatda yuzga qo’yiladi.
15 daqiqadan so’ng doka olib tashlanadi va yuzga istalgan oziqlantiruvchi krem surtiladi.
Tvorog va asalli niqob
3 choy qoshiq tvorog 1 choy qoshiq asal bilan ara- lashtiriladi va 20 daqiqaga yuzga surtiladi. So’ngra sovuq suv bilan yuviladi. Bu niqob yuzning silliqlashishiga yordam beradi.
Tuxum oqidan tayyorlangan niqob
1 osh qoshiq suyultirilgan asal, 1 osh qoshiq suli uni va ko’pirtirilgan tuxum oqi qo’shilib, quyulgunicha aralashtiriladi. Yuz terisiga 20 daqiqaga surtib qo’yiladi, so’ng iliq suv bilan yuviladi.
Undan tayyorlangan niqob
2 osh qoshiq un, 1 dona tuxum oqi, 1 osh qoshiq asal suyuq xamir holiga kelgunicha yaxshilab aralashtiri- ladi. Tayyor bo’lgan aralashma yuzga surtilib, 10-15 daqiqadan so’ng iliq suvda yuviladi.
Bodringli niqob
3 osh qoshiq maydalangan bodringning ustiga 1 stakan qaynatilgan suv quyiladi, qopqoq bilan yopi- lib, qaynash uchun 15 daqiqaga bug’ ustiga qo’yiladi. Olovdan olib, 40-45 daqiqa davomida sovutiladi, so’ng dokadan suzib olinadi. Tayyor bo’lgan masalliqqa 1 choy qoshiq asal qo’shib, erigunicha aralashtiriladi.
Bu niqob oldindan paxta yordamida tozalangan yuz va bo’yin terisiga surtiladi. 30 daqiqadan so’ng iliq suvda yuvib tashlanadi.
Moychechak damlamasidan tayyorlangan niqob
2 osh qoshiq asal 50 millilitr moychechak damlama- siga solib, aralashtiriladi (damlama uchun 1 qism moychechak o’tiga yarim litr qaynatilgan suv quyiladi va 5 daqiqa davomida bug’ ustida qaynatiladi). Tayyor bo’lgan damlama bir haftada bir marta oldindan tozalab olingan yuz terisiga surtiladi, 20-25 daqiqadan so’ng yuvib tashlanadi.
Kepak qo’shilgan asalli niqob
1 dons* ‘gG’xum oqi ko’pirtirilib, birin-ketin 1 choy qoshiqdan asal, sut, limon sharbati, shuningdek, kepak qo’shiladi. Tayyor bo’lgan bo’tqa yuzga surtilib, 20 daqiqadan so’ng iliq nam sochiq bilan artiladi va yuz moychechak damlamasi qo’shilgan suv bilan chayib tashlanadi. YOGLI YUZ
Tvorogli niqob
2 osh qoshiq tvorog, yarim choy qoshiq suyuq asal va 1 dona tuxum yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan niqob yuz terisiga 15-20 daqiqaga surtib qo’yiladi, so’ng avval iliq suvda, keyin sovuq suvda yuvib tashlanadi.
Petrushkali niqob
Petrushka, limon va bodring qirgichning mayda tishlaridan o’tkazilib, yaxshilab aralashtiriladi.
20-25 daqiqadan keyin avval iliq, so’ngra sovuq suv bilan yuviladi. Ushbu usulda tayyorlangan niqob yuzni tiniqlashtirib, taranglashtiradi, shuningdek, husn- buzarlarning kamayishiga yordam beradi.
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:
Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi
Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari
Ayol xionat qilishiga sabab nimada
Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir
Glitserinli nitsob
Bitga tuxum oqi kupirtirilib, unga ikkita limon- ning suvi qo’gailadi, sungra atir suvi (odekolon) solib, oipoq holga kelgunicha aralashtiriladi. Shundan keyin pichoq uchida tuz, 1 choy qoshiq glitserin solinadi. Ushbu aralashma bilan yuz tungi uyqu oldidan artiladi.
Tuxumli niqob
Bitta kupirtirilgan tuxumning oqiga 2~3 tomchi limon sharbati qushiladi. Aralashtirilgach, yuzga bir tekis qilib surtiladi. Yuz ustida yupqa parda hosil bulganidan sung ikkinchi marta yana surtiladi va 20 daqiqadan sung yuvib tashlanadi. Ushbu niqob yuzni parvarish qilishda hamda ajinlarni yuqotishda juda qul keladi. YOGLI YUZ
Karamli niqob
1 dona tuxumning sarig’i bilan 2-3 tomchi limon sharbati yoki qirg’ichning mayda tishidan utkazilgan tuzlangan karam aralashtirilib, 10-15 daqiqaga yuzga surtiladi. Sungra iliq suv bilan yuvib tashlanadi.
Smetanali niqob
Ikkita tuxum sarig’i, 100 gramm smetana, 50 gramm och rangli odekolon, 1 dona limonning sharbati yaxshilab aralashtirilib, tozalangan yuzga yupqa qilib surtiladi.
Xamirturushli niqob
20 gramm xamirturush, 1~2 tomchi limon sharbati va 3 %li vodorod peroksidi aralashtiriladi va ko’pi- rishi bilan 15-20 daqiqaga yuzga surtiladi. So’ngra yuz avval iliq, keyin sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.
Maxsus aralashmali niqob
1 dona tuxum oqi ko’pirtiriladi, unga 1 dona limon sharbati, 4 gramm glitserin, 100 gramm aroq qo’shib aralashtiriladi. Uni erta bahordan to kech kuzgacha tayyorlab, surtish mumkin.
BOARING va limonli niqob
O’rtacha kattalikdagi bodring va yarimta limon qir- g’ichning mayda tishidan o’tkaziladi. Ushbu massa bir tekis qilib yuzga surtilgach, 10 daqiqadan so’ng iliq suv bilan yuvib tashlanadi.
Sabzili nnqob YOGLI YUZ
Qizil sabzi qirg’ichning mayda tishidan o’tkazilib, 2-3 tomchi limon suvi, 1 choy qoshiqdan zaytun yog’i va gu- ruch uni bilan aralashtiriladi. Yuz va bo’yin terisiga bir tekis surtilib, taxminan 20 daqiqalardan so’ng sovuq suv bilan yuvib tashlanadi. YOGLI YUZ
Ushbu maqolalarni ham o’qing: