YUZ TERISI TURLARI VA XUSUSIYATLARI

YUZ TERISI TURLARI  Foydali

YUZ TERISI TURLARI VA XUSUSIYATLARI

Yuz terisi ayol kishi tanasining fiziologik, jismoniy, gormonal tuzilishidan kelib chiqib, quruq, yogli, normal yoki aralash bo’ladi. Yuzni parvarish qilish uchun yuz terisining qay holatda ekanini bilish juda muhim. Quyida keltirilgan izohlardan teringizning qaysi turga mansubligini bilib olishingiz mumkin. YUZ TERISI TURLARI

Ushbu maqolalarni ham o’qing:

tushda olgan

chayon tushda

toshbaqa tushda

tushda tuxum

Quruh teri

— mayin, yupqa va chiroyli, teshikcha(pora)lari ko’zga tashlanmaydi, ammo noto’gri parvarish qilinsa, quruqshab, tez ajin tushadi. Sovuq havo yoki shamolda oson yoriladi. Bu turdagi teriga qo’llaniladigan oziqlantiruvchi vositalar tarkibida lipidlar ko’p bo’lishi lozim.

Tonal kremlari ham yogliroq bo’lgani ma’qul. Quruq terini tozalash uchun spirt aralashgan vositalardan iloji boricha foydalanmagan ma’qul. Bunday yuz uchun maxsus sut

(molochko) yoki tarkibida yog’ bo’lgan vositalar asqatadi. Shuningdek, haftada 2~3 marta tarkibida lanolin, o’simlik moyi bo’lgan oziqlantiruvchi muolajalar ham yuz terisini yaxshilashga xizmat qiladi. Agar teri allergiyaga moyil bo’lsa, dog’lanmagan o’simlik yog’lari (pista yog’idan tashqari) bilan tozalash muolajalarini amalga oshirish mumkin.

Buning uchun oz miqdordagi yog suv bug’ida 10-15 daqiqa qaynatiladi. So’ngra paxtali tamponlar yordamida asta-sekinlik bilan yuz terisiga surtiladi, yog’ qoldiqlari yumshoq salfetka bilan olib tashlanadi. YUZ TERISI TURLARI

Yogli teri

— qalin, dag’al, yog bezlarining jadal faoliyati tufayli yaltirab turadi. Kengaygan teshiklari bois ba’zan limon po’stining dagalligini eslatadi. Yog’li terida qora nuqtalar (kamedonlar), husnbuzarlar va sepilgan donga o’xshash oq doglar tez- tez paydo bo’lib turadi. Bu oshqozon-ichak, endokrin va jigar faoliyatining buzilishi bilan bog’liq.

Normal teri

— toza, silliq, och pushti rangda, bir tekis bo’ladi. Unda yog’lilik, namlilik darajalari ham me’yorida. Normal teri faqat soglom kishilarda uchraydi. Yosh o’tgan sayin teri quruqlashib borgani tufayli 25 yoshdan boshlab namlantiruvchi va oziq- lantiruvchi krem, niqoblar bilan yuz terisini parvarish qilish lozim.

Aralash teri

—yog’ qatlamining notekis joylashishi bilan xarakterlanadi. Peshana, burun, iyak sohasi yogli, lunj, qovoq, bo’yin qismi esa quruq bo’ladi.

Agar barmoq uchi bilan yuzning yonoq qismiga bosib ko’rilganda, bosilgan joyning o’rni bilinsa, bu yuz terisining elastikligi kamayganligidan dalolat.

Bu esa yuz terisini yanada oqilona, ehtiyotkorona parvarish qilish lozimligidan darak beradi. Parhez, soglom turmush tarzi, jismoniy harakatlar, mashqlar har qanday yuz terisi epidermisidagi lipid va suv almashinuvini yaxshilashga xizmat qiladi. YUZ TERISI TURLARI
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi

Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari

Ayol xionat qilishiga sabab nimada

Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir

Ayolni qoniqtirish

(Visited 1,469 times, 1 visits today)
Rate article
( No ratings yet )
Tush tabiri mukamal sayt
error: Content is protected !!