YUZ TERISI VA UNING PARVARISHI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Ayol zoti yaralibdiki, o’ziga oro berishni, doimo go’zal bo’lishni istaydi. Kim bilsin, balki bu uning o’ziga xos bo’lgan tabiatidandir. Qadimdan ayollar xushbo’y gullarning efir moylaridan foydalangan holda vanna qabul qilganlar.
Shuning uchun terilari nuqsonsiz va mayin bulgan. Yuzlarini parvarish qilishda esa tabiiy mahsulotlardan, ya’ni sabzavot, mevalar, sut, qatiq, asal va limon suvidan foydalanib kelishgan.
Bu mahsulotlar nafaqat yuzni chiroyli qilishga, balki undagi hujayralarni oziqlantirishga ham yordam beradi. Chunki mazkur mahsulotlardagi darmondorilar yuzdagi mavjud teshikchalar orqali asta- sekin singib, ayol chehrasiga ijobiy ta’sir o’tkazadi.
Tibbiyot xodimlarining e’tirof etishlaricha, teri inson organizmining sog’lom yoki nosog’lomligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham har bir ayol yuz terisining kurinishi uning qanchalik sog’lomligiga bog’liq ekanligini bilishi lozim. YUZ TERISI
Teri organizmni tashqi muhitning noqulay ta’siridan saqlab turadigan tashqi qatlam hisoblanadi.
Teri odamning yoshi, organizmning ahvoli, shuningdek, turli tashqi sharoitlar ta’siriga kura har xil buladi.
Agar teri sog’lom bulsa, har kuni suv bilan, haftada 2-3 marta maxsus (“Bolalar” yoki turli yuz terisi uchun maxsus ishlab chiqarilgan) sovunlar bilan yuvib turishning uzi kifoya.
Yuzni to’g’ri kelgan sovun bilan har kuni yuvish uning quruqlashib ketishiga sabab bo’ladi. Ba’zi kishilar ertalab yuzni sovuq suvga yuvish kerak, deb o’ylaydilar. Agar yuz har kuni sovuq suvga yuvilsa, qon tomirlar torayib, qon aylanishi qiyinlashadi. Bunda terining oziqlanishi ham murakkablashadi.
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:
Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi
Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari
Ayol xionat qilishiga sabab nimada
Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir
Aksincha, yuz terysini issiq suv bilan ham yuvib bo’lmaydi.
Bunda tomirlar kengayib, turli xil qizil dog’lar paydo bo’ladi, shuningdek, yuz terisi bushashib qoladi. Yaxshisi, suv xona haroratida bulishi lozim. Yoki avval issiq, keyin sovuq suv ketma-ketligiga amal qilib, yuvilgan yuz terisi tomirlarining holati, qon aylanishi va oziqlanishi yaxshilanadi.
Yuz terisi yuvib bo’lingach, uning yaxshilab artilishiga ham katta ahamiyat qaratish lozim. Aks holda suv qoldiqlari sovib, tomirlar torayadi, yog’, ter bezlarining ishi yomonlashadi.
Shifokorlarning aytishicha, teri noto’tri parvarish qilinganda yiringli kasalliklar paydo bo’lar ekan. Shuningdek, u yupqalashib, quruqlashib qoladi. Buning natijasida yuzga mayda ajin tushishi, sho’rlashi, qizil dog’lar paydo bo’lishi mumkin. YUZ TERISI
Har bir ayol yuz terisi parvarishini o’ziga xos tarzda amalga oshirishi kerak.
Esingizda bo’lsin, bir yuz terisiga to’g’ri kelgan niqob ikkinchi yuz terisiga nojo’ya ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun ham uy sharoitida tayyorlangan niqoblardan foydalanish uchun yuzingizning turini bilib olishingiz zarur. Pardoz qilish yoki niqoblardan foydalanish uchun teri xossalari va bajaradigan funktsiyalarini hi- sobga olish zarur.
Ushbu maqolalarni ham o’qing: