YUZ TERISINI PARVARISH QILISH UMUMIY QOIDALARI
Avvalo, shuni aytish lozimki, zamonaviy go’zallik salonlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar maxsus kompyuter dasturlari yordamida har bir mijoz uchun pardozning o’ziga xos, muayyan yuzga muvofiq variantlarini tanlab berishadi.
Buning uchun monitor ekraniga mijozning fotosurati joylashtiriladida, o’nlab, yuzlab variantlar ichidan mazkur chehraga pardozning eng maqbul shakli aniqlab olinadi.
Biz bunday tanlov imkoniyatiga ega bo’lmasak-da, yuz terisining xususiyatlari, to’tri parvarish qilinishi, pardoz-andoz bo’yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo’lib, har qanday texnika uskunasidan qolishmaydigan tarzda o’zimiz uchun yarashadigan pardoz turini aniqlab olishimiz mumkin.
Yana shuni yodd,a tutish lozimki,
gavsiya etilayotgan muolajalarni doimiy ravishda bajarish orqaligina kutilgan natijalarga erishishi mumkin. Hatto, eng oliy sifatli kosmetika vositalari ham pala-partish qo’llanilganda hech qanday foyda bermaydi.
Diqqatingizni olimlar tomonidan o’tkazilgan bir tajribaga qaratmoqchimiz. Bir necha ming ayollarga 10 turdagi, ammo bir xil idishdagi krem tarqatildi. Ular bir oy davomida orada biror kun qoldirmay kremni yuzlariga surtishlari lozim edi.
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:
Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi
Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari
Ayol xionat qilishiga sabab nimada
Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir
YUZ TERISINI PARVARISH QILISH
Ulashilgan kremlar sirasida maxsus tayyorlanganlari, qimmatbaholari, dorixonalarda sotiladiganlari, arzonlari va hatto oddiylari ham bor edi. Tajriba nihoyasida o’tkazilgan so’rovnomadan arzon va oddiy kremlar ham qimmatbaho pardoz vositasi beradigan natijani ko’rsatgani ma’lum bo’ldi. YUZ TERISINI PARVARISH QILISH
Olimlar buning siri pardoz vositalarining narxi va sifatidan ko’ra, undan uzluk- siz foydalanishda ekanligini ta’kidlashdi. Demak, har kuni yuz terisining parvarishi kanda qilinmasa, ularning samarasi yanada yaxshiroq bo’lar ekan.
Yuz terisi uchun xarid qilingan loson, niqob, kremlar, umuman, har qanday yangi pardoz vositasini avval qo’l terisida sinab ko’rish lozim. Surtilgan vosita natijasida qo’lga biror toshma toshmasa, qichishmasa, qizarmasagina, u yuz terisiga surtiladi.
Bundan tashqari, loson, niqob va kremlar yuzga ma’lum bir yo’nalishdagi doiraviy harakatlar bilan surtilishi kerak. Barmogingiz yostiqchasiga olingan krem iyakdan quloq yostiqchalari tomonga, og’iz burchagidan quloq o’rtasi tomon, burundan quloq tepasi tomon, peshana o’rtasidan ikki chakka tomonga asta- sekin, mayin va engil harakatlar bilan ilgarilashi kerak.
Biz yuqorida teri turlari haqida birmuncha ma’lumotga ega bo’ldik.
Endi yuz, bo’yin, qo’l terisining parvarishi alohida 4 bosqichdan iborat ekanligi va ularning usullari haqida to’xtalib o’tmoqchimiz. Uning tozalash, namlantirish, oziqlantirish va himoyalash bosqichlari mavjud.
Ushbu maqolalarni ham o’qing: