YUZNI TOZALASH UCHUN KERAKLI NARSALAR

YUZNI TOZALASH Foydali

YUZNI TOZALASH UCHUN KERAKLI NARSALAR

Yuz terisi normal hamda sog’lom ko’rinishga ega bo’- lishi uchun to’g’ri nafas olishi, toza havo va yorug’lik bilan etarli to’yinishi lozim. Buning eng asosiy sharti — tozalik va pokizalikdir.

Yuz terisining ustki — epidermis qavatining parvarishi aynan chang, mikroorganizmlar, ortiqcha yog’, ulik hujayralar, krem va upa qoldiqlarini olib tashlashdan boshlanadi.

Hozirda zamonaviy guzallik salonlarida yuz terisini tozalash bo’yicha turli muolajalar tavsiya etilmoqda. Jumladan, piling (o’lik hujayralar qatlami, eski terini yo’qotish), skrablar yordamida, lifting (terini tortish) va hokazo o’zbilarmonlarcha bajarilgan bunday muolajalar ba’zida asorat qoldirayotganligi haqida ham bot-bot gapirilmoqda.

Uy sharoitida yuz terisi parvarishini boshlashdan avval mutaxassis- shifokorga uchragpish kerak.

Chunki uning maslahatlari va ko’rsatmalari yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noxush holatlarning oldini olishga yordam beradi. YUZNI TOZALASH

Yuzni tozalash uchun gazlanmagan ma’dan (mineral) suvi va (“Dav”, “Niveya” kabi) kremli sovunlardan foydalanish mumkin. Suyuq yoki gel ko’rinishidagi maxsus loson, tonik, skrab kabi vositalar ham mavjud.

Ammo ularni tanlash va qo’llashdan oldin ayol kishining yoshi, yuz terisining, epidermisning holati, allergiyaga moyilligi kabi jihatlar hisobga olinadi. Jumladan, yog’li yuzlarga loson, gel yoki ko’pik holidagi surtmalar, quruq teriga esa oziqlantiruvchi demakiyatorlar qo’llash lozim.

Demakiyatorlar hozirda krem to’plamlariga ham qo’shilmoqda. Krem hamda demakiyatorning qo’llanilishi yuz terisi parvarishida yaxshigina samara bermoqda. Eng muhimi, ularning qo’llanilishi juda oddiy. Ya’ni paxta tamponlari yordamida 5-10 daqiqaga surtilgach, artib tashlanadi, xolos.

Ushbu maqolalarni ham o’qing:

tushda olgan

chayon tushda

toshbaqa tushda

tushda tuxum

Sungra avval iliq, keyin sovuq suvda chayib olinadi. YUZNI TOZALASH

Normal, aralash va yog’li yuz terilariga ushbu usul qo’l kelsa, quruq teri bu borada alohida yondapguvni talab etadi. Bunda tozalash vositalarining to’g’ri tanlanishi juda muhim.

Go’zallik salonlarida yuz terisini chuqur tozalash muolajalari ham mavjud bo’lib, ular yogli teri uchun haftada 1~2 marta, quruq va normal teri uchun esa oyda 2~3 marta o’tkaziladi. Uy sharoitida ham bu muolajani amalga oshirish mumkin.

Buning uchun chuqur idishga qaynoq suv solinadi. Suv o’rnida quruq yoki normal yuz terisiga malina, qora qorag’at, ertut yaproqlari, moychechak, yalpiz, jo’ka (lipa), atirgul, jasmin gullari, yog’li teri uchun qichitqi, zubturum, aloe, dalachoy, evkalipt, bo’yimodaron damlamalarini ishlatish mumkin.

Sochlar yig’ilib, ro’mol yoki sochiq bilan o’ralganidan so’ng damlama bug’iga yuz tutib turiladi, muolaja jarayoniga putur etmasligi uchun bosh ustidan sochiq yopiladi.

Bug vannasida 5-10 daqiqa ushlab turilgan yuz terisi mayinlap1adi.

Shunda teri tozalovchi loson bilan artilib, kontrast (dastlab issiq, so’ngra sovuq) suvda yuviladi. Ushbu muolaja orqali teri oziqlanadi va tozalanadi. Tabiiy vositalar bilan ham yuz terisini tozalash mumkin. Masalan, suli yormasi go’sht maydalagichdan o’tkazilib, iliq suv bilan bo’tqa holiga keltiriladi.

Shundan so’ng yuzga surtib, engilgina uqalash yo’li bilan tozalanadi. Ko’z atrofini tozalashda juda ehtiyot bo’lish kerak. Qovoq terisi ostida yog’ — kletchatka (biriktiruvchi to’qima) qavati yo’q, epidermisning elastikligi ham kam, shu bois ko’z atrofidagi pardoz vositalari qoldiqlari asta-sekin tozalab olinadi.  YUZNI TOZALASH

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi

Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari

Ayol xionat qilishiga sabab nimada

Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir

Ayolni qoniqtirish

(Visited 8,253 times, 1 visits today)
Rate article
( No ratings yet )
Tush tabiri mukamal sayt