Bolalarda bo‘y o‘sishining orqada qolishi: sabablari va Davolash yo’llari
Bo‘y o‘sishi — bu hujayralar va hujayra bo‘lmagan tuzilmalar soni va massasining ortishi natijasida azoizm yoki tana a’zolari hajmining kattalashuvi hisoblanadi. Bo‘y o‘sishi aksariyat odam bosh miyasining pastki ortig‘i, qalqonsimon bezlar va jinsiy bezlar gormonlari ta’sirida amalga oshadi. Odamning o‘sishi muhit va irsiy omillarga bog‘liq. O‘sish davrlari farqlanadi: tug‘ilgandan voyaga yetguncha bo‘lgan davrda o‘sish sekin, voyaga yetganda jadal, undan keyin esa sust yoki deyarli to‘xtaydi. Bolalarda o‘sish tabiiy jarayon hisoblanib, bazi hollarda o‘sish sekinlashishi yoki umuman to‘xtashi mumkin.
Bo‘y o‘sishini sekinlashtiruvchi omillar
Bo‘y o‘sishi bir qancha omillarga bog‘liq. Irsiy faktorlar va gormonal o‘zgarishlar asosiy narsalar hisoblanadi. Qalqonsimon bez va gipofiz bezlari faoliyatidagi buzilishlar, azoizmda zarur bo‘lgan vitamin va minerallarning yetishmasligi, noto‘g‘ri ovqatlanish ham bo‘y o‘sishini sekinlashtiradi.
Bo‘y o‘sishini tabiiy usullar bilan oshirish
- Asal iste’mol qilish:
- Har kuni asal iste’mol qilish azoizm uchun foydali hisoblanib, bolalarning o‘sishini rag‘batlantiradi. Asal ichki sekretsiya bezlarining faoliyatini kuchaytiradi, immunitetni mustahkamlaydi va o‘sish jarayonini tezlashtiradi.
- Sabzi va qaymoq aralashmasi:
- Kuniga 200 gramm qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzi qaymoq bilan aralashtirib iste’mol qilinsa, bu azoizmga zarur bo‘lgan vitaminlarni yetkazadi va bo‘y o‘sishini yaxshilaydi. Sabzi tarkibidagi beta-karotin, A va E vitaminlari o‘sishni tezlashtirishda yordam beradi.
- Jiyda mevasidan tayyorlangan damlama:
- Jiyda mevasi tarkibida B1, B2, PP va E vitaminlari mavjud hisoblanib, bu damlama ko‘plab kasalliklarni davolaydi va o‘sishga ham foydali. Buning uchun 50 gramm jiyda mevasiga yarim litr suv quyib, qaynatiladi. Suzib olingan damlama ovqatdan so‘ng kuniga ikki osh qoshiq ichiladi. Ayniqsa qish va bahor fasllarida bu damlama bolalar uchun zarur.
- Iliq sut va tuxum aralashmasi:
- Kuniga uch mahal 2 stakan iliq sutga bir dona xom tuxum aralashtirib ichish tavsiya etiladi. Ushbu aralashma azoizmga oqsil va kalsiyni yetkazib beradi, bu esa suyaklarning mustahkamlanishiga va o‘sishiga yordam beradi.
Ushbu xalq tabobati yo’llari bolalarning bo‘y o‘sishini rag‘batlantiradi va tabiiy o‘sish jarayonini yaxshilashga yordam beradi.
Husnbuzar tushda
tushda sumalak ko’rish
tushda oyoq kiyim
folbin-tushda
soch-tushda