Bosh va Orqa Miya Pardasining Yallig‘lanishi: Meningit sabablari

Davolash
Meningit

Bosh va Orqa Miya Pardasining Yallig‘lanishi:Meningit sabablari va Davolash yo’llari

Meningit — bu bosh va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi hisoblanib, turli mikroazoizmlar tomonidan qo‘zg‘atiladi. Meningit birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Birlamchi meningit mustaqil kasallik sifatida xosil bo‘ladi, ikkilamchi esa boshqa kasalliklar, masalan, gripp, qizamiq, tepki, zaxm, o‘rta quloq va burun yondosh bo‘shliqlarining yallig‘lanishi, sil va boshqa infektsiyalar oqibatida rivojlanadi. Shuningdek, chivin va kanalar kabi parazitlar yuqtiradigan kasalliklar ham meningitga olib kelishi mumkin.

Meningit aksariyat yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi bo‘lgan odamlarda tez-tez uchraydi va kuz, qish, bahor fasllarida keng tarqaladi. Boshqa odamlar bilan bevosita aloqa qilish, ya’ni gaplashish, o‘pish, aksirganda yoki yo‘talganda havo orqali kasallik o’tishii mumkin. Aksariyat hollarda bu kasallik bolalarda uchraydi va kop hollarda to‘satdan boshlanadi​.

Meningit

Meningitning belgilari

Meningit belgilari juda tez rivojlanadi va kasalda keskin harorat oshishi, qattiq bosh og‘rig‘i, qusish, umumiy holsizlik va badanning uvushishi bilan boshlanadi. Kattaroq yoshdagi bolalar bosh og‘rig‘i haqida shikoyat qilishadi, kichik bolalar esa bosh og‘rig‘i tufayli chinqirib yig‘lashadi. bazi hollarda tirishishlar va hushdan ketish kuzatiladi, kasalning holati tezda og‘irlashib, harorat 38-40 darajaga yetishi mumkin. Ular kuchli yorug‘lik va baland tovushga nisbatan juda sezgir hisoblanib qolishadi.

Meningitning og‘ir turlarida kasalning boshini orqasiga egib yotishi, oyoqlarini qorin tomon tortib olishga intilishi kuzatiladi. Nafas olish tezlashadi, lablar ko‘karadi va ovqatlanish istagi yo‘qoladi. Kichik bolalar emishni to‘xtatadi va tez-tez qusadi. Agar kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, u asoratlar qoldirishi, masalan, g‘ilaylik, eshitishning pasayishi, tutqanoq yoki bosh miya istisqosi kabi muammolar xosil bo‘lishi mumkin

Meningitni xalq tabobati bilan davolash yo’llari

Meningitda kasallarni darhol shifoxonaga yotqizish zarur. Ammo xalq tabobati yo’llari ham qo‘llaniladi, ular kasallikni yengillashtirishda yordam beradi.

  1. Zuluk qo‘yish:
    • Meningit davosida boshga va bo‘yin pastrog‘iga zuluk qo‘yish foydali sanaladi. Zuluk qo‘yish orqali qonni chiqarish miya va orqa miya pardalaridagi yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi.
  2. Yalpiz va gulxayri ildizidan tayyorlangan damlama:
    • Yalpiz va gulxayri ildizidan teng miqdorda olib, 100 grammidan aralashtiriladi va termosga solib, ustiga ikki stakan qaynoq suv quyiladi. Kechasi damlab qo‘yib, ertalab suziladi va kun davomida ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.
  3. Arpa bargi bog‘lamasi:
    • Arpaning ho‘l barglarini ezib, boshga bog‘lash miya va uning pardalarini yallig‘lanishidan himoya qilishga yordam beradi. Ushbu usul qadimdan meningit va boshqa bosh miya kasalliklari uchun qo‘llanilgan.
  4. Valeriana ildizi damlamasi:
    • Valeriana ildizidan tayyorlangan damlama asab tizimini tinchlantirish va bosh og‘rig‘ini kamaytirishda yordam beradi. Har kuni ovqatdan oldin ichish tavsiya etiladi.

Qo‘shimcha davolash yo’llari

  1. Qo‘qio‘t sharbatidan foydalanish:
    • Qo‘qio‘tning bahor faslida yig‘ilgan sharbati kuniga bir osh qoshiqdan ichish miya va orqa miya pardalaridagi yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi.
  2. Kokildor ildizidan tayyorlangan damlama:
    • Kokildor ildizi bilan tayyorlangan damlama bosh terisiga surtilsa, bosh og‘rig‘i kamayadi va umumiy holat yaxshilanadi. Bu damlama kuniga ikki-uch marta ishlatiladi.
  3. Pion gullari va ildizlaridan tayyorlangan damlama:
    • Pion gullari va ildizlari qaynoq suvda damlab tayyorlanadi. Kuniga uch mahal ovqatdan oldin ichish tavsiya etiladi. Ushbu usul miya faoliyatini yaxshilaydi va yallig‘lanishga qarshi kurashadi.
  4. Meningit

Meningit va uning alomatlarini o‘z vaqtida davolash katta ahamiyatga ega. Xalq tabobati yo’llari bilan kasallikni engillashtirish va asoratlarning oldini olish mumkin bo‘lsa-da, mutaxassis yordamiga murojaat qilish juda muhim.

Husnbuzar tushda
tushda sumalak ko’rish
tushda oyoq kiyim
folbin-tushda
soch-tushda

 

(Visited 16 times, 1 visits today)
Rate article
( No ratings yet )
Tush tabiri mukamal sayt