Bronxial astma va uning davolash yo’llari
Bronxial astma — nafas yo‘llarining surunkali kasalligi hisoblanib, kop hollarda kichkina bronxlarning kichrayishi, shilliq pardasining ko‘pchishi va ichiga shilimshiq to’planishi natijasida nafas qisishi va bo‘g‘ilish hujumlari bilan bo’ladigan allergik kasallik hisoblanadi. Bu kasallik kop hollarda allergenlar (bazi kimyoviy narsalar yoki fizik omillar)ga sezuvchanligi oshgan odamlarda xosil bo‘ladi.
Bronxial astma bilan kasallangan kasallar kop hollarda hayvonlarning juni, pati, ba’zi o‘simlik changlari, chang, ovqat mahsulotlari (tuxum, apelsin) yoki dorilar bilan aloqador allergik ta’sirlarga duch kelishadi. Kasallik aksariyat kuz va bahor oylarida namoyon hisoblanib, kop hollarda havo namligi oshganda hujumlar kuchayadi. Shuningdek, asab va endokrin tizimining muhim roli ham bronxial astma hujumlarini olib kelishimumkin.
Astmaga qarshi xalq tabobati yo’llari
Kasallik davosida xalq tabobati yo’llari keng qo‘llaniladi. Quyida ayrim samara beruvchi davolash yo’llari keltirilgan:
- Sebarga gullari damlamasi: Sebarga gullaridan bir choy qoshiq olib, bir stakan qaynoq suvga damlab, kuniga 2-3 mahal yarim stakandan ichish tavsiya etiladi. Bu usul balg‘amni tez va yaxshi ko‘chiradi.
- Binafsha damlamasi: Kechqurun 2 osh qoshiq binafsha o‘tini termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va ertalab suzib, ovqatdan yarim soat oldin ichish kerak.
- Sarimsoq va limon: 100 g sarimsoqni kichkinalab, 5 dona limonni ustidan o‘tkazib, ustiga 1 litr qaynatilgan suv quyib, 5 kun davomida tindiriladi. Har kuni 1 osh qoshiqdan ovqatdan oldin ichish tavsiya etiladi.
- Evkalypt bargi damlamasi: Evkalypt bargidan 2 osh qoshiq olib, ustiga 1 stakan qaynoq suv quyiladi. Suv hammomida 15 daqiqa qaynatib, damlab qo‘yiladi va kuniga bir necha marta tomoq chayish uchun ishlatiladi.
- Arpa qaynatmasi: Har kuni 3-4 mahal arpa qaynatilgan suv ichish nafas olishni yaxshilaydi.
- Kiyik o‘tining damlamasi: Kechqurun 1 osh qoshiq kiyik o‘tini termosga solib, ustiga qaynoq sut quyiladi. Bu damlama ertalab va kechqurun iliq holda ichiladi.
- Sebarga, issop va mavrak damlamasi: 100 g sebara, 100 g issop va 100 g mavrak o‘tlari aralashtirib, termosga solinadi va ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Bu damlama ertalab suzib olinib, kuniga 4 mahal ovqatdan oldin 150 g dan ichiladi.
- Yalpiz va dalachoy damlamasi: Yalpiz va dalachoy aralashmasi bir osh qoshiq olinib, ustiga qaynoq suv quyiladi va kuniga bir necha marta ichiladi. Bu damlama qon to‘xtatishda va balg‘am chiqarishda foyda beradi.
- Oq giloy va asal: 200 g asal, 3 dona qalampir, zanjabil aralashmasi bilan qaynatilib, ovqatdan oldin bir osh qoshiq ichiladi.
- Sarimsoq aralashmasi: Sarimsoq va erqalampir aralashmasi bilan tayyorlangan malham kuniga bir osh qoshiq iste’mol qilinsa, astmaga yordam beradi.
- Sholg‘om sharbatiga asal qo‘shib: Har kuni sholg‘om sharbatini asal bilan aralashtirib ichish nafas olishni yengillashtiradi va balg‘am chiqarishda yordam beradi.
- Qarizmi o‘simligi: Har kuni qaynatib, 50 g dan ichib yurilsa, bronxial astmaga yordam beradi.
Shuningdek, bu kasallikni davolashda muntazam ravishda o‘pka va nafas yo‘llarini tozalash uchun turli damlamalar va malhamlar ishlatiladi.
Husnbuzar tushda
tushda sumalak ko’rish
tushda oyoq kiyim
folbin-tushda
soch-tushda