Miokard infarkti va uning davolash yo’llari
Miokard infarkti yurak mushaklarining bir qismiga qon kelmasligi yoki kam kelishi natijasida yuzaga keladi. Bu holat ko’pincha toj arteriyalarning tiqilishi yoki qon laxtasi hosil bo’lishi natijasida yuzaga keladi. Miokard infarkti og’ir va hayot uchun xavfli kasallik hisoblanadi, shunday bo’lsada, uning oldini olish va davolashning bir necha yo’llari mavjud.
Miokard infarktining asosiy sabablari
- Ateroskleroz: Yurakni qon bilan ta’minlovchi toj arteriyalarining ateroskleroz ta’sirida kichrayishi yoki tiqilishi miokard infarktining asosiy sabablari dan biridir.
- Qon laxtasi: Qon ivishi va laxta hosil bo’lishi qon tomirini bekib qolishiga olib keladi, bu esa yurakning normal ish faoliyatini buzadi.
- Ortiqcha vazn va stress: Semizlik va asabiy zo’riqish infarkt kopayishi xavfini oshiradi. Shuningdek, chekish va alkogoldan ortiqcha foydalanish ham ushbu kasallikka sabab bo’lishi mumkin.
Miokard infarktining belgilari
Miokard infarktining asosiy belgisi bu ko’krak sohasidagi kuchli og’riqdir. Og’riq ko’pincha ko’krak qafasining markazida bo’lib, chap qo’lga, orqaga yoki pastki jag’ sohasiga tarqalishi mumkin. Boshqa belgilar quyidagilar bo’lishi mumkin:
- Hansirash: Yurakning to’g’ri ishlashi buzilganda, qon aylanishi ham izdan chiqadi, bu esa nafas qisilishini olib keladi.
- Muzdek ter: Infarkt davomida tananing terlashi ko’payadi, bu o’lim vahimasi hissi bilan ham kechishi mumkin.
- Yurak sanchishi: Infarktda nitroglitserin qabul qilinganida og’riq butunlay o’tmaydi, ammo uning ta’siri biroz yengillatadi.
Xalq tabobatida miokard infarktini davolash
- Piyoz va asal aralashmasi: Piyoz sharbati va asalni teng miqdorda aralashtirib, kuniga 2-3 mahal bir osh qoshiqdan ichish tavsiya etiladi
- Chetan va asal aralashmasi: Bir kilogramm chetan mevasiga ikki kilogramm asal qo’shib, kun davomida bir osh qoshiqdan iste’mol qilish infarktni davolashda yordam beradi.
- Limon va sarimsoq aralashmasi: Bir kilogramm asalga 10 dona limon va 5 dona sarimsoq aralashtirilib, kuniga bir choy qoshiqdan ichish mumkin.
- Lavlagi va sabzi sharbatlari: Lavlagi, sabzi va turp sharbatlari bilan aralashtirib, kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan ichish infarktning oldini olishda yordam beradi.
Zamonaviy tibbiy davolash yo’llari
- Shoshilinch tibbiy yordam: Miokard infarktining birinchi soatlarida shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish muhimdir. kasal tezda shifoxonaga yotqizilishi va uning ahvoli doimiy ravishda nazorat qilib turilishi zarur.
- Antikoagulyantlar: Qon ivishiga qarshi dorinarsalari kasalning qon aylanishini yaxshilash va qon laxtalari hosil bo’lishining oldini olish uchun qo’llaniladi.
- Operativ davolash: Jiddiy hollarda toj arteriyalarning tiqilishi jarrohlik orqali olib tashlanadi.
Profilaktika va parhez
Miokard infarktining oldini olishda to’g’ri ovqatlanish va zararli odatlardan voz kechish muhim ahamiyatga ega:
- Yog’siz parhez: Mayonez, yog’li taomlar va fastfud mahsulotlarini kamaytirish kerak.
- Mevalar va sabzavotlar: Limon, sabzi, lavlagi kabi mahsulotlar qon tomirlarini tozalashga yordam beradi.
- Yurak uchun foydali ichimliklar: Qora choy, do’lana va na’matak damlamalari yurak faoliyatini yaxshilashda yordam beradi.
Xalq tabobatida qo’llaniladigan qo’shimcha usullar
- Mumiyo va na’matak qaynatmasi: Mumiyodan 0,2 gramm olib, na’matak qaynatmasida eritib, ertalab va kechqurun ichish me’da-yurak kasalliklarida samaralinarsa hisoblanadi.
- Do’lana va bodrezak damlamasi: Bu o’simliklar yurak mushaklarini tiklashda yordam beradi.
Yuqoridagi davolash yo’llari miokard infarktida yordam beradi va salomatlikni tiklashga yordamlashadi.
Husnbuzar tushda
tushda sumalak ko’rish
tushda oyoq kiyim
folbin-tushda
soch-tushda