JINSIY ALOQA HAQIDA SIZNI QIZIQTIRGAN NARSALAR

JINSIY ALOQA JINSIY

JINSIY ALOQA HAQIDA SIZNI QIZIQTIRGAN NARSALAR

Jinsiy ishtiyoq (mayl) — bu ikki jins vakili- ning jinsiy yaqinlashuviga yo’naltirilgan orga- nizmning o’ziga xos faol holati. Bu organizmning o’sishi va rivojlanishi jarayonida qonuniy tarzda vujudga keladigan tug’ma instinktdir.

Kishida jinsiy qo’zg’alish asosan bosh miyaning katta yarim sharidagi po’stida vujudga keladi. Miya po’sti organizmning barcha hayotiy funktsiyalarini boshqarib turadi va kishining tashqi va ichki olam bilan aloqada bo’lishini amalga oshiradi.

Bosh miyaning ko’p sonli faoliyati bevosita asab va endokrin tizimning tug’ma xususiyatlari bilan, shuningdek, ijtimoiy muhit jarayonida vujudga kelgan odatlar bilan bog’langan. Shu bilan bir qatorda jinsiy sezgi va kechinmalar jadalligi, sifa- ti ham miya po’sti faoliyatiga bog’liq.

Masalan, jinsiy qo’zg’alish jadallik va tarang- lashuvning yuqori darajasiga kelishi, miya po’sti o’zining boshqaruvchilik rolini bajarishi holati- da bo’lmaydi va o’sha lahzalarda ishqibozlik ong ustidan vaqtincha ustun bo’ladi. JINSIY ALOQA

Jinsiy funktsiya organizm bilan birga asta-sekin boshqa funktsiyalar bilan teng pishib vujudga keladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, hayvonlar olamida jinsiy ishqibozlik yagona maqsad – ko’payish maqsadi uchun xizmat qiladi.

Odamlarda esa jinsiy ishqibozlik ko’payish maqsadidan tashqari shax- sning quvvat potentsiali, inson ishqiy hissiyotlarining vujudga kelishi va rivojlanishining tabiiy manbai hamdir.

JINSIY ALOQA IShQIBOZLIKNI QO’ZG’ATUVChILAR

Kishilarda jinslarning yaqinlashishi uchun eng kuchli omil jinsiy instinktgina bo’lib qolmay, shuningdek, u ishqiy tuyg’u bilan ham bog’liqdir.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi

Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari

Ayol xionat qilishiga sabab nimada

Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir

Ayolni qoniqtirish

Shahvoniy kechinma o’z-o’zidan yuz beradigan xarakterdagi ulkan hayajonga soluvchi jo’shqinlikka ega. Shuning uchun har doim ham shahvoniy ishqi- bozlik ustidan ong va tafakkur nazoratini o’rnatib bo’lmaydi.

Jinsiy qo’zg’alish holatida kishida tashqi qiziqishlar o’ta kamayib, e’tibor mutlaqo shahvoniy xursandchilikka qaratiladi. Xush, bu paytda batamom g’oyib bo’lmaydi, balki qo’zg’atishda yo’ldoshlik qiladi, ammo undan o’tib ketmaydi. JINSIY ALOQA

Kishida jinsiy ishtiyoq vujudga kelishi bilan o’zga jins tanasidagi hamma narsa — hid, unga tegish, uning harakatlanishi, qomati, ko’z ifodasi va bosh- qalar jozibador ko’rina boshlaydi, shu bilan birga, his qo’zg’atadigan istak shu darajaga etishi mumkinki, binobarin, qisqa muddat boshqa hamma narsa unutilib, jinsiy yaqinlashish mavjudlikning yagona maqsadidek namoyon bo’ladi, o’tkir jinsiy talab holati vujudga keladi.

Jinsiy ishtiyoq ko’pgina tashqi sabablar bilan bir qatorda ichki qoidalarga rioya qiladi va rag’bat oladi. Ichki gormonal qo’zg’atuvchilar jinsiy aloqaga tayyorlaydi va jinsiy ishtiyoqni keltirib chiqaradi. Tashqi qo’zg’atuvchilar vujudga kelgan jinsiy qo’zg’alishni kuchaytirib, jinsiy intilishni qo- niqtirilishiga olib kelishi mumkin.

Jinsiy ishtiyoqni ichki qo’zg’atuvchiga qon bilan gormonal to’yinishi bilan bir qatorda erkaklarda
moyak yorg’og’ida urug’ yo’llarida urug’ to’planishi, jin- siy sohaga oid retseptor va boshqa a’zolar -urug’ pufakchalari, prostata bezi, siydik pufakchasi, shilliq, to’g’ri ichaklarning qo’zg’alishini kiritish mumkin. Oqsil va vitaminlarga mo’l, boy ovqat, unga qo’shiladigan o’tkir ziravorlar jinsiy tuyg’uni kuchaytiradi.

Jinsiy istak o’smirlarda shahvoniy tasavvurlar va sevgan qizi haqidagi orzular qilish yo’li bilan paydo bo’lishi mumkin. Jinsiy istak, shu mavzudagi kitoblarni o’qish, xushomad qilish, o’ynashish va boshqa ko’pgina jinsiy yaqinlikka tayyorlovchi boshqa sabablar ta’sirida vujudga keladi.

Bunday ishqibozlikning vujudga kelishi har xil ma’lum bir imoishorali harakatlar, tabassumlar, nigohlar, ko’krakni ushlash kabilar bo’lib. ular quyushqondan chiqib ketmasa o’zaro yaqinlik odatdagidek bo’lishi mumkin.

Alloma Kinzining tasdiqlashicha, ishqibozlik ayollarni fiziologik orgazm (jinsiy maylning qon- tsirilishi)ga tayyorlaydi. Ishqibozlikni (flirt) nozu karashmalar bilan aralashtirish kerakmas, chunki u har doim ikki shaxs o’rtasida kechadi. Nozu karashma esa bir shaxsning uslubidir.

Jinsiy ishqibozlikning kuchayishida ko’rish taassuroti katta ahamiyat kasb etadi.

Ko’z yordamida atrof-muhitdagi 80 foiz voqelikni idrok qiladi. Insonning birorta a’zosi ko’z kabi taassurot berolmaydi. Har xil shahvoniy ko’rinishdagi ko’z- ga tashlanadigan voqeliklar jinsiy qo’zg’atishning kuchli mexanizmidir.

Jinsiy ishtiyoq tovush taassurotida ham vujudga kelishi mumkin.

Ikki og’iz gap uyat haqida. Uyat tushunchasi niho- yatda shartlidir. Ba’zi taraqqiy etmagan Janubiy Braziliya aholisi butun umr deyarli yalong’och yuradilar, ularda kiyinib yurish bizda yalang’och yurish uyat sanalganidek uyat hisoblanadi. JINSIY ALOQA

Turk ayollari o’z yuzlarining yarmini berkitmay yurishni uyat sanaydilar. Boshqa millatlar orasida ham badanini yoki badanining bir qismini ko’rsatishni uyat hisoblovchi xalqlar bor.

Uyat – nomunosib xatti-harakatning darajasini nazorat qiluvchi hissiyotdir.

Kishi tanasida erogen zonalar mavjud bo’lib, jinsiy a’zolardagi joylarning ta’sirlanishidan tashqari qitiqlanishi natijasida jinsiy qo’zg’a- lishni kuchaytiradi.

Ularga og’iz va labning shilliq qavatlari, ko’krak so’rg’ichlari, boshning ensa qismi, orqa teshik atrofi, dumba terisi, qorin pasti va yorg’oq terisi, ayollarda esa yuqoridagilardan tashqari, sonning ichki yuzasi, qinning kiraverish joyi hamda kichik lablari, qin devori, bachadonning qin qismi, ayniqsa, klitor taalluqli bo’lib, jinsiy qo’zg’atishning noyob retseptori hisoblanadi.

Er- kaklardan farqli o’laroq, ayollarning qo’l kaftlari, tovoni, qo’ltiq osti chuqurchalari ham erogen zona bo’lishi mumkin. Erkaklarning eng ta’sirchan va qo’zg’aluvchan terisi olatining boshchasidir.

Ushbu maqolalarni ham o’qing:

tushda olgan

chayon tushda

toshbaqa tushda

tushda tuxum

Olat terisini qo’zg’atish, uning tubini bosish ham jinsiy qo’zg’atishni keltirib chiqaradi. Odatdagi- dek sezish qobiliyatiga ega kishilarda bunday erogen zonalar alohida ahamiyat kasb etmaydi, chunki unday odamlar uchun sevgan kishisining butun tanasi “ero- gen zona” bo’lib xizmat qilaveradi.

O’pishning o’ziga xos tomonlari haqida shuni aytish mumkinki, u lab sezgisining eng nozik ifoda- sidir. Ko’pchilik, agar o’smir qizni o’pgan bo’lsa, bu jinsiy aloqaga kirishish uchun signal deb hisoblaydilar. Bu har doim to’g’ri bo’lavermaydi. Chunki qarindoshlar, do’stlar o’rtasida, muvaffaqiyatlarga erishilganda tabrik sifatida ham o’piladi. Lekin “jinsiy” yoki erotik bo’salar uzoq, “shirali” bo’ladi.  JINSIY ALOQA

(Visited 23,448 times, 1 visits today)
Rate article
( 1 assessment, average 3 from 5 )
Tush tabiri mukamal sayt
error: Content is protected !!