JINSIY ALOQA QILISH HAQIDA KERAK BO`LADIGAN

JINSIY ALOQA QILISH JINSIY

JINSIY ALOQA QILISH HAQIDA KERAK BO`LADIGAN

Kishining jinsiy hayoti degan so’z keng ma’noda barcha jismoniy (badan) va ruhiy jarayonni, jumladan, biologik ko’payish bilan bog’liq hodisalar- ni qamrab oladi. Birmuncha torroq, oddiy ma’noda — jinsiy yaqinlashish va uning ruhiy — jismoniy kechinmalari majmuasi anglanadi.

Jinsiy hayot degani, bu ayrimlar o’ylaganidek, faqatgina jinsiy aloqadangina iborat degani emas, balki erkak va ayol o’rtasida qurilajak jinsiy yaqinlik hamda uning ajralmas bo’laklari bo’lgan jinsiy yaqinlikning madaniyati, er-xotinlikning o’zaro munosabatlari singari barcha hissiyotlarni kuchaytirishga yo’naltirilgan hodisadir.

Jinsiy aloqa nasliy shartsiz refleks

bo’lib, jinsiy hayot tsiklining pirovard bosqichini tashkil etadi. Ammo bu butun murakkab jinsiy hayot majmuasini bildirmaydi, u kishilarda juda ko’p shart va holatlar bilan aniqlanadi. Uning pirovard natijasi ko’plab o’zaro munosabatlar omilidan vujudga keladi.

Kishida jinsiy aloqa qator ruhiy va fiziologik omillardan tabiiy tarzda bir-birini almashtiradigan ma’lum bir davr ko’rinishidagi shartli-shart- siz reflekslardan iborat g’oyat murakkab jarayondir. Shu bilan birga, har bir navbatdagi davr vujudga kelib o’zidan avvalgi faza rivojlanishning ma’lum yuksakligiga erishganidan so’ng qo’shiladi.

Boshqacha qilib aytganda, birorta davr avvalgisining fiziologik poydevoriga tayanmay paydo bo’lmaydi va davom etmaydi. Masalan, sog’lom erkakda jinsiy ishtiyoq bo’lmay turib maqsadga yo’naltirilgan erektsiya ro’y bermaydi, erektsiyasiz friktsiya bo’lmaydi, eyakulyatsiyasiz orgazm sodir bo’lmaydi.

Bunda har bir davr keyingisining kelishini nafaqat unga hamroh bo’ladi, balki faol ko’maklashadi ham. Shunday qilib uzluksiz qo’zg’atish jarayonining o’sib borishi vujudga kelib, organizmning barcha fiziologik tuzilmalarini butkul qamrab oladi.

Organizmning butun faoliyati jinsiy faoliyatning bajarilishiga safarbar qilinadi va jinsiy dominantni kuchaytiradi: hidlash, eshitish, qo’rish, taktil (tekkanda sezish), neytrogumorol ta’sirlanishlarni jamlash vujudga keladi. Pirovard yakunlovchi bo’g’in erkak va ayol to- monidan orgazmni |his etishdir.

https://www.youtube.com/watch?v=hY8i7WZrWHE

Erkaklarda jinyoiy aloqa paytida

barcha fiziologik reaktsiyalar tez kechadi va ayollarga nisbatan erta tugaydi. Ayollarda tayyorgarlik davri ko’p vaqt talab etadi, shuningdek, jinsiy qoniqish hissiyoti ham kechroq va sekinlik bilan keladi. Agar ayol erkakni sevsa, unda uning ruhiyagi erkak bilan jinsiy yaqinlik qilishga engilroq ko’nikadi. Ayoldagi qo’zg’alish va uning jinsiy qoniqishi erkakning rohatlani- shi hissiyotini kuchaytiradi. Shahvat tashlash bilan birgalikda kechadigan erkak orgazmi o’z navbatida ayollarning jinsiy qo’zg’alishini kuchaytiradi.

Me’yordagidek kechgan jinsiy aloqadagi hissiyot hissining zo’riqishi yurakning kuchayib ishlashi, qon aylanishining tezlashishini, yurak qisqarishi ritmining tezlashuvini, bosh miya tomirlarining qisqarishi va kengayishining tez-tez almashinuviga, nafas olishning tezlashuvini, to’g’ri ichak, qo’l-oyoq uchlaridagi tos muskullarining qisqarishini, mo’l ter ajralishini keltirib chiqaradi. Oqibatda ushbu jinsiy aloqadan keyin kishi o’zini tamoman holdan toyganligini, mushaklari bo’shashganligini, ba’zi ruhiy siqilishlarni his etadi.

Jinsiy aloqa chog’ida qon bosimi oshadi

, orgazm chog’ida puls daqiqasiga 120-180 tani, 40 tagacha nafas olishni tashkil etadi, bu eng shiddatli sport musobaqalaridagi ko’rsatkichdir. Miyaga birdaniga bo’ladigan qon quyilishi ba’zan qisqa vaqtga uning ruhiy faoliyatini buzadi.

Qon quyilishidan ko’z kon’yunktivlari, yuz va quloq terisi qizaradi, ko’z qorachiqlari kengayadi, ko’z birmuncha chaqchayib, o’ziga xos tarzda yaltiraydi. Nafas olish o’zgaradi. Qon quyilishi oqibatida erkaklardagi kabi ayollarning jinsiy apparatida harorag oshadi. JINSIY ALOQA QILISH

Ushbu maqolalarni ham o’qing:

tushda olgan

chayon tushda

toshbaqa tushda

tushda tuxum

Aloqa paytida erkaklarning moyagi chot tomon, olat tubiga yaqin birmuncha cho’ziladi. Bu holat qandaydir darajada shahvat otilishi kuchi va orgazmning o’tkirligi bilan bog’liqdir. Aloqa paytida ba’zi erkaklarning ko’krak sug’onlarida shishish kuzatiladi. Shahvat to’- kilgach, birmuncha vaqtdan keyin u g’oyib bo’ladi.

Qonga to’la miyaning jinsiy aloqa paytida qon bosimi oshishi yosh va sog’lom kishilar uchun xavfsiz.

Ammo yoshi o’tganlar uchun bu boshning siqilib og’rishiga, ba’zan sog’liq uchun xavf solishiga, ayniqsa, u yurak-tomir tizimi kasalliklarida, erkaklarda miya arteriyasi va yurakning vena tomirlari sklerozida salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Ayniqsa, u odam jinsiy aloqadan avval to’yib ovqatlangan va spirtli ichimlik iste’mol qilgan bo’lsa, bu yanada xavfli ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun keksaygan paytda, ayniqsa, u yoki bu darajadagi tomir sklerozi, bronxial astma, stenokardiya, avval o’tkazilgan miokard infarkti, insultga duchor bo’lganlar juda ehtiyot bo’lib, jinsiy aloqa qilishning maqbul rejimiga rioya qilishlari lozim.

Shahvoniy qo’zg’alish paytida va jinsiy aloqada ayollarning ko’krak so’g’onlari to’lishadi, katta va kichik jinsiy lablar vena qoniga to’ladi, bunda qin kanali birmuncha uzayadi, qinning o’zi bir oz egilib, jinsiy ta’sirlangandan keyin butun bo’yi bilan namlanadi.

Jinsiy aloqa poyoniga etay deganda orgazm sodir bo’lishidan oldin ayollar qinining oldi tomonining uchdan bir qismi shishib, o’sha joyning sharoitini vujudga keltiradi, olatni zich qamrab olgach, qo’shiluvchilar o’zaro aloqani yanada yaxshiroq his eta boshlaydilar. Orgazm nihoyasida ayol avvalo tos atrofida, so’ngra butun tanasi bo’yicha qizishni boshdan kechiradi.

Me’yordagide^; oxiriga etkazilgan jinsiy qo’shi- lishda to’kilgan issiqlikni sezgach, ayolning butun jinsiy apparatida kuchli noixtiyoriy ritmik qisqarish paydo bo’ladi. Bu paytda bachadonning teshigi ham ochilib, unga spermatozoidlarning kirishi uchuN imkon yaratiladi. Shu tarzda shahvatning bachadonga kirib borish jarayoni haqida avvalgi boblarda keltirilgani bois u haqida to’xtalib o’tirmaymiz. JINSIY ALOQA QILISH

Jinsiy aloqa paytida erkakning ayolga nisbatan

qattiq charchashini, uning ko’proq dam olishga muhtojligiga odatda ayollar kamroq e’tibor beradi. Shuning uchun ba’zi ayollar buni o’zlariga nisba- tan erkaklarning befarqligi deb ham tushunadilar, vaholanki, etarli darajada dam olgan va kuchini tiklagan erkakda ayolga nisbatan qiziqish qaytadan kuchayadi va o’sib boradi.

Orgazm holati tugagach, jinsiy organlar va tos muskullarining umumiy bo’shashishi ro’y beradi. Shahvat tashlash qanchalik shiddatli o’tsa, jinsiy apparat o’ziga to’lib-toshgan qon va limfalardan shunchalik qizg’in va batamom xalos bo’ladi. Shu bilan jinsiy qo’zg’alish vaqtincha to’xtaydi.

Qo’shilishdan keyingi erkak va ayol holati keskin farq qiladi.

Erkak bo’shashgach, charchagan, uyquga moyil bo’ladi. Ayolda esa shahvona hissiyot ancha uzoqroqsaqlanadi, ishtiyoqhatto kuchayadi, agar avval bo’lmagan bo’lsa, endi qo’zg’aladi. Shuning uchun ayol ko’pincha aloqaning takrorlanishini erkakdan ko’ra ko’proqtalab qiladi, chunki u jinsiy qoniqishning yuqori nuqtasiga ba’zan ketma-ket bajarilgan ik- kinchi qo’shilishdagina erishishi mumkin.

Biroq eya- kulyatsiyadan keyin darhol ikkinchi jinsiy aloqani boshlay olishmaydi. Hatto kuch-quvvatli erkak uchun 5 daqiqadan kam bo’lmagan xotirjamlik vaqti kerak. Ko’pincha takroriy funktsiya odatda 30-40 daqiqadan keyin, ba’zi erkaklarda esa ancha kechroq vujudga keladi. Ikkinchi jinsiy aloqada erkaklarda orgazm sekin-asta boshlanadi, shahvat kamroq ajraladi.

Ayolning jinsiy aloqada ishtiroki nechog’li ulkan bo’lsa-da, faqat qisqa muddatli darmonsizlikni his etadi va bu holat erkaklarga nisbatan ancha kam bo’ladi, shuning uchun ular yangidan jinsiy aloqani boshlash imkoniga ega bo’ladilar.

Ba’zi ayollar jimo’ (koitus) dan keyin uxlaguncha talab nafaqat yo’qoladi, balki kayfiyatli holati ham o’zgaradi.
Keraksiz takrorlangan jinsiy aloqadan keyingi kayfiyat odatdagi qo’shilishdan keyingi kayfiyatdan keskin farq qiladi.

Ularni qandaydir tushunarsiz hazin kayfiyat, charchoq, yoqimsiz bezillash, boshqa og’irlik, sust fikrlash, qimirlashga istak yo’qligi hissiyotlari qamrab olsa, me’yordagidek jinsiy aloqadan keyin bor-yo’g’i engilgina charchoq, uyqu- chanlik kuzatiladi. JINSIY ALOQA QILISH

Jinsiy qo’shilish uchun kechqurun, uxlash oldidan tanlangan vaqt juda maqbuldir, binobarin ayrim shaxslar uchun jinsiy aloqa o’ziga xos uxlatuvchi vo- sita o’rnini bosadi. Tungi uxlash payti kuchni yaxshilab tiklash davridir.

O’rtamiyona va me’yorida bajarilgan jinsiy aloqa odatda lazzatlanish, kayf olish, vaqtixushlik kayfiyatini beradi va asab ti- zimlarini tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Sog’lom kishilar jinsiy qo’shilishdan keyin odatda hech qanday yoqimsiz tuyg’ularni his etmaydi. Ertasi kuni ham ular hatto boshqa kunlardagidan mutlaqo sog’lom va tetik bo’ladilar.

Ertalab, ishga borish oldidan jinsiy aloqa tavsiya etilmaydi. JINSIY ALOQA QILISH

Biroq ayrim kishilarda bartaraf etish mumkin bo’lmagan sabablarga ko’ra kechqurun kuzatilmaydigan, faqat ertalab sodir bo’ladigan jinsiy olatnin]g ko’tarilishidan foydalanish maq- sadida yo’l qo’yiladi.

Biroq shuii unutmaslik kerakki, ertalab bajarilgan jinsiy aloqa ko’pincha kun bo’yi, juda bo’lmaganda bir necha soat holatning shalvirab, tinka- mador qurishiga olib keladi. Ertalabki jinsiy qo’shilishning darmonsizlantiruvchi ta’siri ko’- pincha zaif va nevrostaniya (asab tizimi charchashidan kelib chiqadigan kasallik) xastaligi bor kishilarda keskinroq namoyon bo’ladi.

Yosh, sog’lom kishilarda birinchi jinsiy yaqinlashishda jinsiy aloqaning davom etish vaqti o’rtacha me’yordagidek holatda 2-5 daqiqa, kamdan-kam paytlarda 10 daqiqagacha boradi. Jinsiy aloqa takrorlanganda cho’zilib, uzayib ketishi mumkin.

Ayniqsa, erkak kishi mast holatda bo’lsa, bu jinsiy aloqaning cho’zilib ketishiga olib keladi. Mutlaqo sog’lom, juda zo’r g’ayratli yoki juda kuchli jinsiy qo’zg’aluvchi kishilarda shahvat tashlanishi o’rtacha eng kam vaqtdan kamroqni tashkil etadi.

Urug’ning tez tashlanishi erkak orgazmining kuchini kamaytirmaydi, lekin bunday tezlashgan jinsiy aloqa ayollar uchun yoqimsiz bo’lishi mumkin, chunki ular orgazm paydo bo’lishi uchun etarli darajada qo’zg’alishga erishmaydilar. JINSIY ALOQA QILISH

Ko’pgina erkaklarning yoshi 35 dan o’ggach, jinsiy qo’zg’alish darajasining umumiy pasayishi bilan jinsiy aloqa davom etish muddati ham asta-sekin o’eib boradi.

Jinsiy aloqaning davom etish muddati orgazmli eyakulyatsiya vaqtini belgilaydi. Ayollarda orgazmning kelishi tezligi esa erkaklardagi kabi ko’pgina sabablarga bog’liq bo’ladi: bunda temperamentning o’ziga xos xususiyatlari katta rol o’ynaydi.

Erkaklarda orgazm odatda ayollarga nisbatan oson va tez boshlanadi.

Ayollarda bu jinsiy aloqa boshlangandan orgazmga etguncha bo’lgan davr 2-3 barobar ko’proq vaqtni oladi. Lekin ba’zi ayollar erkak jinsiy aloqani tugatgunga qadar 2-3 marta orgazmni bosh- dan kechirishga ulguradilar. Shu bilan bir vaqtda, shunday ayollar ham borki, to’laqonli cho’ziladigan orgazmni bir soat va undan ko’proq vaqt kechiradilar, lekin ular mutlaqo kam uchraydi.

Ayollardagi orgazmning intensivligi va davom etishi erkaklarga nisbatan sezilarli darajada ko’proq o’zgarib turadi. Ayrim ayollarda muvofiq keladigan jinsiy ta’sirlanishlar oqibatidagi orgazmning takrorlanishi 20-30 daqiqalik tanaffusdan keyin, ko’pincha bir necha soat o’tgach sodir bo’lishi mumkin. JINSIY ALOQA QILISH

Agar sog’lom kishi qo’shilishdan keyin keskin zaiflik va behollikni his etmasa, qisqa muddatli dam olishdan so’ng o’zini tetik va mehnatga layoqatli sezsa – bu uning me’yordagidek jinsiy aloqa qil- ganligidan dalolat beradi.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi

Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari

Ayol xionat qilishiga sabab nimada

Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir

Ayolni qoniqtirish

 

(Visited 18,372 times, 1 visits today)
Rate article
( No ratings yet )
Tush tabiri mukamal sayt